Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON HUQUQLARI OMBUDSMAN
UZBEKISTAN” JURNALI · INSON HUQUQLARI OMBUDSMAN · Talabasi Abdumo'minova Begoyim Shuhratbek qizi · Ilmiy rahbar: Davronbek Isroilov · Kalit so‘zlar: Inson huquqlari (huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda Ombudsman institutining o‘rni tahlil) · Oliy Majlis, erkinlik (huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda Ombudsman institutining o‘rni tahlil)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada inson huquqlari tushunchasi, ularning xalqaro va milliy huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda Ombudsman institutining o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Ombudsmanning vakolatlari, faoliyat yo‘nalishlari va inson huquqlari sohasidagi islohotlardagi roli yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro huquqiy majburiyatlari va milliy qonunchilikdagi yangiliklar muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Inson huquqlari, Ombudsman, Oliy Majlis, erkinlik, konstitutsiya, xalqaro huquq, islohotlar, fuqarolik jamiyati, huquqiy kafolat, BMT, deklaratsiya. Inson huquqlari - har bir inson tug‘ilishi bilan ajralmas huquqlardir. Ular millati, irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari yoki boshqa ijtimoiy holatidan qat'i nazar, barcha insonlarga tegishlidir. Inson huquqlari xalqaro huquqning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” bu borada asosiy hujjatlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish va ularning buzilishiga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydigan institutlardan biri bu - Ombudsman instituti hisoblanadi. Rasmiy nomi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman). Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarda inson qadrini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. “Inson – jamiyat – davlat” paradigmasi asosida davlat xalqning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash va hech kimni muammosi bilan yolg‘iz qoldirmaslik ta’minlanmoqda. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hayot oldimizga yana qancha sinov va muammolarni qo‘yishi mumkin va biz har qanday holatga tayyor turishimiz zarur. Lekin qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, demokratik islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab 495 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi xalqimiz – kechagi xalq emas. Bugungi O‘zbekiston ham – kechagi O‘zbekiston emas”, deb islohotlar ortga qaytmas tus olganini ta’kidlagandi. Dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash jahon hamjamiyatining e’tibori markazida bo‘lmoqda. Parlament va hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodat. Bugun xalqimiz bilan yurtimiz taraqqiyotidagi butunlay yangi davrga qadam qo‘ymoqdamiz. Ishonchim komil, bu – Yangi O‘zbekistonimiz jadal rivojlanadigan, yanada yuksak taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etadigan davr bo‘ladi. Bu davr parlament va hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish bo‘yicha ibratli an’analar shakllanadigan va tarixga muhrlanadigan davr bo‘ladi, – dedi Prezident. Inson – hayot gultoji Inson huquqlari haqiqatan ham insoniyatning eng muhim va qimmatli yutuqlaridan biridir. Zotan shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar har doim murakkab bo‘lgan. Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Jon Lokk, Monteskьye va boshqa ko‘plab mutafakkirlar inson huquqlarini ta’minlashga oid turli yondashuvlarni taklif qilgan. Olimlar inson huquqlarining mohiyatini, birinchidan, inson qadri, ikkinchidan, tenglik tashkil etadi, deya ta’kidlaydi. Xususan, Alisher Navoiy besh asr avval inson qadr-qimmati haqida dunyoning bino bo‘lmog‘idan asl muddao inson ekani haqida quyidagicha yozadi: Ganjing aro naqd farovon edi, Lek boridin g‘araz inson edi. Davlatchilik markazida inson va uning manfaatlari turadi. Asosiy qonun inson omilidan kuch oladi va tirik organizm kabi xalq hayotining ajralmas bo‘lagiga aylanadi. Bashariyatning buyuk adiblaridan biri Uilyam Shekspir “Qonunlar mazmuni insonni qadrlashdir”, deya inson huquqlarining ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Darhaqiqat, 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Chunki bu hodisa inson huquqlari sohasida xalqaro normalar va standartlarning shakllanishiga poydevor bo‘ldi. Mutafakkirlar insoniyatning uzoq tarixi davomida odamlarga o‘z fikrlarini erkin bildirish, muhim qaror qabul qilishda ishtirok etish va manfaatlarini himoya qilish imkonini berishga qaratilgan demokratik institutlar haqida muhim g‘oyalarni ilgari surdi. Ammo 496 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 demokratiyaning o‘zi inson huquqlarini himoya qilishni kafolatlamaydi — ularni himoya qilish va ta’minlashga qodir kuchli institutlar va mexanizmlar mavjud bo‘lishi kerak. Ana shunday demokratik institutlardan biri inson huquqlari bo‘yicha ombudsmandir. Ushbu institut dunyoda ombudsman, parlamentning vakolatli a’zosi, fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissar, xalq advokati, fuqarolik h
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inson huquqlari tushunchasi, ularning xalqaro va milliy huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda Ombudsman institutining o‘rni tahlil qili…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inson huquqlari tushunchasi, ularning xalqaro va milliy huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda Ombudsman institutining o‘rni tahlil qili… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deklaratsiya., Ombudsman, Inson huquqlari, konstitutsiya, islohotlar, Oliy Majlis, huquqiy kafolat, xalqaro huquq, BMT, erkinlik, fuqarolik jamiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026