Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yurak kasalliklari turlari, xavf omillari, profilaktikasi va davolash usullari
UZBEKISTAN” JURNALI · Shavkatova Shahzoda Shavkatovna · Toshmurodova Sabrina Abdusattor qizi · Hamrayev Rashid Ravshan o‘g‘li
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Yurak va qon tomir kasalliklari (YQTK) butun dunyo bo‘ylab o‘lim darajasini yuqori belgilayotgan muhim tibbiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu kasalliklar nafaqat rivojlangan mamlakatlar, balki rivojlanayotgan davlatlarda ham keng tarqalgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda, yoshlar o‘rtasida yurak kasalliklarining o‘sishi jiddiy xavf tug‘diradi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlarga qaramay, yurak kasalliklari hali ham insonlar hayotini sezilarli darajada qisqartiradi va hayot sifatini yomonlashtiradi. Maqolada yurak kasalliklari, ularning turlari, rivojlanish sabablarini tahlil qilib, bu kasalliklarning xavf omillari va ularni oldini olish usullari haqida kengaytirilgan ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, yurak kasalliklarining davolash usullari, zamonaviy innovatsiyalar va ilg‘or tibbiy yondashuvlar taqdim etilgan. Ushbu maqola nafaqat yurak kasalliklarining muammolarini, balki kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va oldini olishni ko‘zda tutgan tibbiy profilaktik tadbirlarni ham yoritadi. Jahon miqyosida yurak va qon tomir kasalliklariga qarshi kurashish nafaqat individual, balki ijtimoiy masalaga ham aylanmoqda. Kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashishda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish va zararli odatlardan voz kechish kabi profilaktik choralar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqola yurak kasalliklarining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ilg‘or diagnostika va davolash usullarini keng jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Yurak kasalliklari, Arterial gipertoniya, Ishemik kasallik, Yurak etishmovchiligi, Infarkt miokard, Profilaktika Muammoning dolzarbligi 445 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Yurak va qon tomir kasalliklari bugungi kunda jahon bo‘ylab eng keng tarqalgan kasalliklar sifatida insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yib kelmoqda. Har yili yurak kasalliklari tufayli millionlab odamlar hayotini yo‘qotadi va ko‘plab insonlar nogironlikka uchraydi. Ushbu kasalliklar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda tez sur'atlar bilan tarqalmoqda. O‘zbekiston kabi mamlakatlarda ham yurak kasalliklari tobora ortib bormoqda. Bu kasalliklarning o‘sish sur'ati ko‘plab omillarga bog‘liq: noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning pastligi, chekish va alkogol iste'mol qilish, stress va ortiqcha vazn kabi omillar yurakni xavf ostiga qo‘yadi. Yurak kasalliklari faqat shaxsiy sog‘liqka zarar yetkazib qolmay, balki butun jamiyatga iqtisodiy va ijtimoiy zarar yetkazadi. Kasalliklar tufayli ishchi kuchining kamayishi, shifokorlar va tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar davlat iqtisodiyotiga katta yuk bo‘ladi. Ushbu kasalliklarning oldini olish va davolashni yaxshilash nafaqat individlarning, balki jamiyatning farovonligi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, yurak kasalliklarining rivojlanishida yashirin xavf omillari ko‘p. Ko‘p hollarda, odamlar yurak kasalliklarining belgilarini erta bosqichda sezmaydi, bu esa kasallikning yanada murakkablashishiga va davolanishning qiyinlashishiga olib keladi. Shuning uchun yurak kasalliklarini erta aniqlash va profilaktik choralarni amalga oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Shuningdek, jamiyatni yurak va qon tomir kasalliklarining xavf-xatarlaridan xabardor qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ham juda muhimdir. Hozirgi kunda yurak kasalliklarini davolashda yangi yondashuvlar va texnologiyalar mavjud bo‘lsa-da, kasalliklar sur'ati yuqorilab borayotgani sababli, ularni oldini olishning ahamiyati yanada ortmoqda. Ushbu mavzu zamonaviy tibbiyot, jamiyat salomatligi va ijtimoiy farovonlik nuqtai nazaridan juda dolzarbdir. Maqolada yurak kasalliklarini oldini olish, erta aniqlash va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot berish va bu masalalarga ijtimoiy e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlanadi.
Доказательный фрагмент
«Yurak va qon tomir kasalliklari (YQTK) butun dunyo bo‘ylab o‘lim darajasini yuqori belgilayotgan muhim tibbiy muammo bo‘lib qolmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюYurak va qon tomir kasalliklari (YQTK) butun dunyo bo‘ylab o‘lim darajasini yuqori belgilayotgan muhim tibbiy muammo bo‘lib qolmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yurak etishmovchiligi, Profilaktika, Ishemik kasallik, Arterial gipertoniya, Yurak kasalliklari, Infarkt miokard
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025