Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Konkordantlik va diskordantlik. Sitogenetik metod
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolamizda konkordantlik va diskordantlik , sitogenetik metodlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida. Kalit so‘zlar: Transplantatsiya, eritrosit, dermotoglifka, yo‘ldosh, irsiyat, mutatsiya, polisimpton, monozigota, dizigota. Biz bilamizki genetika fanida konkordantlik va diskordantlik tushunchalari bir organizmga oid belgilarni egizaklar yoki qarindoshlar orasida solishtirishda qo‘llaniladi. Bu tushunchalar ayniqsa egizaklar ustida olib boriladigan tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, irsiyat va muhit ta’sirini ajratib ko‘rsatishda juda katta yordam beradi. Konkordantlik – lotincha concordare - “mos kelmoq”- bu ikkita yoki undan ortiq shaxsda biror belgi yoki kasallikning mavjudligi bir xil bo‘lish xolatidir. Diskordantlik esa, konkordantlikka zid bo‘lgan holat bo‘lib, egizaklardan yoki qarindoshlardan faqat birida ma’lum belgi yoki kasallik mavjud bo‘lsa, bu holat diskordantlik deb ataladi. Egizaklar usuli birinchi bor ingliz olimi F. Galton tomonidan 1875-yilda fanga kiritilgan . Bu usul eng qadimgi irsiy tekshirish usullaridan biri bo‘lib, hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Galton egizaklarni bir tuxumli va ikki tuxumlilarga ajratgan. Bir tuxumlilarni (monozigot- MZ) va Ikki tuxumlilar (dizigot- DZ) deb ajratib olgan. Keyinchalik esa bu usul boshqa olimlar tomonidan ancha takomillashtirilgan va o‘rganilgan. Ushbu egizaklar usuli yordamida kasallikning rivojlanishida irsiyat va muhit ta’sirining roli aniqlanadi. Egizaklarni tekshirishda birinchi navbatda ularning mono yoki dizigotali ekanligini aniqlash muhimdir. Ularning qon guruhi, qon zardobidagi oqsillar, tana rangi, ko‘zining tuzilishi, qosh va sochning shakli, lab shakli, burnining tuzilishi, xramasomalar tahlillari natijalari orqali farqlanadilar. Agar biron-bir yagona farq topilsa demak bular dizigotalidir. Barcha tekshiriladigan holatlarda monozigotalik yoki dizigotalikni aniqlashda asosan ularning o‘xshashligi 459 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 emas, balki o‘xshamasligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Zigotalikni aniqlashda yaxshi natija beruvchi yordamchi usullardan biri bu Dermatoglifka usulidir. Ushbu usulda faqat sifat ko‘rsatkichlarinigina emas, balkiy miqdoriy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish mumkinligi, ko‘pincha aniq natijalarni berib kelmoqda. Egizaklar usulidan: Belgining rivojlanishida irsiyat va muhitning rolini aniqlashda; Belgining irsiy yoki irsiylanmasligini o‘rganishda; Belgining penetrantligini aniqlashda ; Dori preparatlarining samaradorligini aniqlashda foydalaniladi. Bu usulni qo‘llashdan oldin ularning mono yoki dizigotaligi aniqlanadi va quydagi tekshirishlardan o‘tkaziladi. Morfologik va fizialogik belgilarini solishtirish. Buning uchun konkordantlik va diskordantlik tushunchalari keng qo‘llaniladi. Egizaklarning paydo bo‘lishiga onaning yoshi ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli bor. Uning sababi, ayrim oilalarda onaning yoshi ancha ulg‘aygan sari egizaklarning tug‘ilish miqdori ortishiga oid ma’lumotlar to‘planib borgan. Ayrim monozigotali egizaklarning ko‘rinishi g‘ayritabiiy holda bo‘ladi, yani ikki boshli yoki tanasining ma’lum qismi bo‘yicha bir birlari bilan qo‘shilgan holda bo‘ladilar. Dizigotali egizaklar esa oilada turli vaqtda tug’ilgan aka-uka, opa-singillar kabi bir-birlaridan birmuncha farq qiladi. Bunday egizaklarning oiladagi boshqa farzandlardan farqi homiladorlik va tug‘ilgandan keyin bir xil muhit omillari ta’sirida rivojlanishidir. Monozigotalik egizaklarga 1811-yili Tailandning Siam qishlog‘ida tug‘ilgan Chang va Eng o‘z tanalarini ayrim qismlari orqali qo‘shilgan bo‘lib, 63 yil birga hayot kechirishgan. Ular opa singillarga uylangan bo‘lib, Chang 12, Eng esa 10 nafar bolaning otasi bo‘lganlar. Bu egizaklar ko‘p yillar davomida ko‘plab sayohatlarni amalga oshiradilar va “Siam egizaklari” degan nom oladilar. Chang va Eng larning anomaliyasi qorin qismidan birlashib ketgan mushak, pay va umumiy jigarni o‘z ichiga oladi. 1874-yili Chang o‘pka shamollashidan vafot etgan bo‘lsa, 2 soatdan keyin soppa-sog‘ Eng ham hayotdan ko‘z yumgan. 460 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Birikkan egizaklarning rentgen tasviri Bunday turdagi siam egizaklari nafaqat Tailandda balki, O‘zbekistonda ham uchragan. Ular O‘zbekistondagi yagona ajralmas Siam egizaklari Fotima va Zuhra Holiyevalardir. Ushbu egizaklarimiz 2012-yilda dunyoga kelgan. Hozirda ular 13 yoshda bo‘lgan egizaklar 2017-yil Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Nogironligi bo‘lgan shaxslar muruvvat uyiga olib kelingan. Shundan buyon ular mana shu maskanda ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Mutaxasislar tomonidan mazkur egizaklarni operatsiya qilish va ajratish masalasi bir necha marotaba o‘rganilgan. Biroq ularning ayrim a’zolari bitta ekanligi sabab operatsiya qilish mumkin bo‘lmagan. Egizaklar hayot tarzida juda ko‘pl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda konkordantlik va diskordantlik , sitogenetik metodlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda konkordantlik va diskordantlik , sitogenetik metodlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eritrosit, polisimpton, monozigota, yo‘ldosh, dermotoglifka, Transplantatsiya, mutatsiya, dizigota., irsiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025