Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Transgen o’simliklar
UZBEKISTAN” JURNALI · Tojidinova Maftuna Abdunabi qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Transgen o’simliklar bu- boshqa o’simlik turlarining genini muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan o’simliklardir. Adabiyotlarda “Genetik modifikatsiyalangan (o’zgartirilgan) organizmlar” degan terminni uchratish mumkin, uni o’simliklar uchun ham qo’llash mumkin. Transgen o’simliklar ( genini o’tqazish-retsipient nuqtai nazaridan) inson uchun foydali bo’lgan yangidan-yangi xususiyatlarga ixtisoslashtirilmoqda. Jumladan, gerbitsitlarga yuqori chidamlilik, zararkunandalarga chidamlilik, virus va boshqa kasalliklarga chidamli o’simliklar yaratilmoqda. Mana shunday genetik o’zgartirilgan kulturalardan olingan ozuqa mahsulotlari boshqacha maza berish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin, yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin va uzoq saqlanishi mumkin. Bundan tashqari bunday o’simliklar ularning tabiiy holdagilariga nisbatan yanada boy va turg’un hosil berishi mumkin. Kalit so’zlar: Genlar ekspressiyasi, r-DNK, Plazmidalar, biotexnologiya, Nuklein kislotalar, Genom, Ribosoma, Bakteriofaglar, Gen muhandisligi, r-DNK , Transgen o‘simlik. Transgen o'simliklar turli xil to'qimalarga begona DNKni kiritish orqali yaratilishi mumkin. Transgenik boshqa turdagi bir yoki bir nechta DNK ketma- ketligi sun'iy ravishda kiritilganligini anglatadi. Hayvonlar ko'pincha urug'lantirilgan tuxum yoki rivojlanayotgan embrionga begona DNKning kichik ketma-ketligini kiritish orqali transgen bo'ladi. Gen muhandisligi texnologiyasi transgen o‘simlik olishning quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi: 1) genni tanlash va uni klonlash; 2) retsipient - o‘simlik genotipini tanlash; 3) genni kiritish va uning retsipient – o‘simlik genomiga ekspressiyasi; 4) transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash. 2. Genni tanlash va uni klonlash . Genni tanlash , o‘simlikka ho‘jalik ahamiyati qimmatli ma’lum bir belgini o‘tkazish zaruriyatidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda, asosan, o‘simliklar transformatsiyasi uchun monogen belgilar, ya’ni, pestitsidlarga chidamlilik, yoki boshqa xil stress omillarga chidamlilikni 437 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 belgilovchi genlar keng qo‘llaniladi. Bu belgilarga javobgar genlarning ko‘pchiligi bakteriya genomlaridan ajratib olingan. Keyingi vaqtlarda chidamlilik belgilariga javobgar donor sifatida yovvoyi o‘simlik turlari genomlari tanlanmoqda. Turli xil tur, avlod va hatto oilalarga mansub o‘simliklarning biologik jihatdan bir- biriga mos kelmasligi sababli bunday genlarni retsipient o‘simliklar genomiga jinsiy gibridizatsiya usuli orqaligina kiritish mumkin emas. Hal etilishi yanada murakkab muammo bir guruh sifat belgilari: urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish hisoblanadi. Retsipient o‘simlik genotipini tanlash. Retsipient sifatida ishlab chiqarish amaliyoti talablariga hosildorligi, urug‘ - mevasi sifati, biotik va abiotik stresslarga chidamliligi bilan javob bera oladigan, lekin faqat birgina salbiy belgi, masalan, zararkunanda hasharotga chidamsiz nav yoki liniyalar tanlab olinadi. Bunday o‘simliklar genomiga hasharotlarni nobud qiluvchi prototoksin oqsili ekspressiyasini ta’minlovchi bakteriya genini kiritish tanlab olingan navda hosildorlikni sezilarli oshishiga sabab bo‘ladi. Uning keng tarqalganligining sababi, transformatsiyani amalga oshirishning birmuncha soddaligi transgen o‘simliklarni ajratib olishda yuqori (o‘simlik turiga qarab, 10-60 %) samaradorligi bilan izohlanadi. Dastlabki material uchun vektor (binar, koingegrativ yoki muayyan transformatsiya turi uchun yaroqli boshqa biror) konstruksiyaga ega bo‘lgan agrobakteriya shtammi bo‘lishi lozim. Vektor o‘simlik genomiga kiritilishi lozim bo‘lgan gen ketma-ketligiga ega bo‘lishi kerak. Genning kelib chiqishi (prokariot yoki eukariot) transformatsiya uchun ahamiyatsizdir, lekin u o‘simlik hujayrasiga ekspressiya bo‘la oladigan promotor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Fuksional gendan tashqari, vektor, albatta, transformatsiyaning selektiv nishon belgisini saqlashi shart. Bunday nishon belgi sifatida antibiotiklar: kanamitsin (npt -geni), gigromitsin (npt -geni) va yoki gerbitsidlar xlorsulforon (ALS - geni), fosfinotritsin (bar - geni) (BASTA) ga chidamlilik belgisini yuzaga chiqaradigan genlar ishlatiladi. Bundan tashqari ,retsipient – o‘simlik navlarini tanlab olish lozim. Transformatsiya uchun eksplant sifatida steril o‘simlik barg plastinkalari olinadi. Biroq buning uchun yosh ildizlar (arabidopsisda), gipokotil (pomidorda), urug‘palla (pomidor, baqlajonda ),bo‘g‘im oralig‘i (kartoshkada) ham ishlatilishi mumkin. Eksplantlarni vektor konstruksiyali agrobakteriyalar saqlovchi suyuq muhitida inokulyasiya qilinadi. Inokulyasiya qilish muddati har bir tur o‘simlik uchun alohida 438 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2
Доказательный фрагмент
«Transgen o’simliklar bu- boshqa o’simlik turlarining genini muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan o’simliklardir.»
Образец извлечения
Демо-превьюTransgen o’simliklar bu- boshqa o’simlik turlarining genini muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan o’simliklardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- r-DNK, Genom, Genlar ekspressiyasi, Ribosoma, Nuklein kislotalar, Gen muhandisligi, Bakteriofaglar, Plazmidalar, Transgen o‘simlik., biotexnologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026