К содержанию
РецензированоEN2025

Nurota tumani rekreatsiya imkoniyatlari

UZBEKISTAN” JURNALI · Qilichev Shoxrux Botirovich

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article is dedicated to analyzing the recreational potential of the Nurata district in the Navoi region of the Republic of Uzbekistan. The district stands out for its natural landscapes, historical monuments, sacred springs, and ecotourism opportunities. The article examines the available resources, infrastructure, and development prospects for enhancing the tourism potential of the Nurata district. Additionally, proposals for developing tourism in the region are presented. Keywords: Nurata district, recreation, ecotourism, natural resources, historical monuments, Chashma complex, Aydarkul, tourism infrastructure. Kirish: Nurota tumani O‘zbekistonning Navoiy viloyatida joylashgan bo‘lib, o‘zining xilma-xil tabiiy landshaftlari va boy tarixiy-madaniy merosi bilan mashhur. 374 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Tuman shimoliy va g‘arbiy qismlarida Qizilqum cho‘li va Aydar sho‘rxoklari, janubiy va sharqiy qismlarida esa Nurota va Oqtog‘ tizmalari joylashgan. Ushbu geografik xilma-xillik Nurotani turistik va rekreatsion maqsadlarda jozibador hududga aylantiradi. Maqola Nurota tumanining rekreatsion imkoniyatlarini tahlil qilish va turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Asosiy qism: Tabiiy resurslar-Nurota tumanining tabiiy resurslari uning rekreatsion salohiyatining asosini tashkil etadi. Tuman hududida joylashgan Aydarko‘l sohilidagi landshaftlar sayyohlar uchun jozibador bo‘lib, bu yerda baliqchilik, qushlarni kuzatish va tabiatda dam olish imkoniyatlari mavjud. Aydarko‘l atrofida 8 ta baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritadi, bu esa ekoturizm va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, Sentob qishlog‘i o‘zining so‘lim tabiati, toza havosi va Qizil kitobga kiritilgan noyob flora va fauna turlari bilan ekoturizm markazi sifatida e’tirof etiladi. Tuman hududidagi tog‘ yonbag‘irlari va yaylovlar piyoda sayohatlar, otda sayr qilish va alpinizm kabi faol dam olish turlari uchun qulay sharoit yaratadi. Qizilqum cho‘li esa cho‘l sayyohligi va ekspeditsiyalar uchun imkoniyatlar taqdim etadi. Tarixiy va madaniy meros Nurota tumani o‘zining boy tarixiy merosi bilan ham ajralib turadi. Tuman markazidagi Nurota shahri miloddan avvalgi 327-yilda Iskandar Maqduniy tomonidan asos solingan Nur qal’asi sifatida tanilgan. Shahar Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘ida joylashgan bo‘lib, o‘tmishda yirik savdo va harbiy-strategik markaz bo‘lgan. Hozirgi kunda Nur qal’asi qoldiqlari va uning suv ta’minoti tizimi sayyohlar e’tiborini tortadi. Chashma majmuasi Nurota tumanining eng muhim tarixiy va diniy yodgorliklaridan biridir. Bu majmua XVI-XVII asrlarda barpo etilgan bo‘lib, muqaddas buloq va masjidni o‘z ichiga oladi. Shayx Abulhasan Nuriy sharafiga nomlangan bu majmua diniy ziyoratgoh sifatida ham, tarixiy sayyohlik ob’ekti sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tumanda Abdullaxon II davrida qurilgan Xonbandi suv ombori va qadimiy koriz (yer osti suv tizimlari) kabi gidrotexnika inshootlari saqlanib qolgan. Bu inshootlar qadimgi sug‘orish texnologiyalarining noyob namunasi sifatida sayyohlar uchun qiziqarli hisoblanadi. 375 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Rekreatsion infratuzilma Nurota tumanida avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 500 km ga yaqin bo‘lib, asosiy transport turi avtomobil transportidir. Nurota shahridan Navoiy, Kattaqo‘rg‘on va boshqa yo‘nalishlarda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Biroq, turistik infratuzilma hali to‘liq rivojlanmagan. Mehmonxonalar, dam olish uylari va sayyohlik majmualari soni cheklangan bo‘lib, bu sayyohlar oqimini oshirishda ma’lum darajada to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Tumanda “Chashma” o‘lkashunoslik muzeyi, 26 ta sport maydonchasi va 3 ta stadion mavjud bo‘lib, ular mahalliy aholi va sayyohlar uchun dam olish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi, jumladan, markaziy kasalxona va qishloq vrachlik punktlari sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Muhokama Nurota tumanining rekreatsion imkoniyatlari katta salohiyatga ega bo‘lsa-da, bir qator muammolar mavjud. Birinchidan, turistik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi sayyohlar oqimini cheklaydi. Ikkinchidan, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun reklama va axborot tarqatish tizimi yetarlicha samarali emas. Uchinchidan, tabiiy resurslardan foydalanishda ekologik muvozanatni saqlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Masalan, Aydarko‘l atrofidagi baliqchilik xo‘jaliklari va turistik faoliyatning ko‘payishi ekologik muammolarga olib kelishi mumkin. Biroq, tumanning boy tarixiy-madaniy merosi va tabiiy landshaftlari uni O‘zbekistonning muhim turistik yo‘nalishlaridan biriga aylantirish imkonini beradi. Xususan, Sentob qishlog‘ining

Доказательный фрагмент

«This article is dedicated to analyzing the recreational potential of the Nurata district in the Navoi region of the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is dedicated to analyzing the recreational potential of the Nurata district in the Navoi region of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nurata district, recreation, ecotourism, natural resources, historical, tarixiy yodgorliklar, Chashma majmuasi, Aydarko‘l, turistik infratuzilma., rekreatsiya, ekoturizm, tabiiy resurslar, Nurota tumani
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники