К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK VA KOREYS TILLARIDA HURMAT IFODALARINING LINGVISTIK TAHLILI

LINGVISTIK TAHLILI · Toshboyeva Durdona Fayzi qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda oʻzbek va koreys tillarida hurmat ifodalarining lingvistik xususiyatlari taqqoslab tahlil qilingan. Har ikki tilning morfologik, sintaktik va pragmatik jihatlari oʻrganilib, hurmat darajasining ifodalanish usullari aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, koreys tilida hurmat tizimi murakkabroq bo‘lib, oʻzbek tiliga nisbatan grammatik jihatdan boy tizimga ega. Kalit so‘zlar: hurmat ifodalari, lingvistik tahlil, oʻzbek tili, koreys tili, morfologiya, pragmatika, sintaksis. Annotation: This thesis presents a comparative linguistic analysis of honorific expressions in Uzbek and Korean. It explores how respect is expressed through morphological, syntactic, and pragmatic means. The study shows that Korean has a more structured and complex system of honorifics, while Uzbek mainly relies on lexical strategies. Key words: honorifics, linguistic comparison, Uzbek language, Korean language, morphology, pragmatics, syntax. Hurmat ifodalari har bir xalq tilida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu ifodalar nafaqat muloqot etikasini belgilaydi, balki jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, mavqe, yosh, martaba kabi omillarni ham aks ettiradi. Tilshunoslikda bu holat pragmatik birliklar yoki kommunikativ nutq vositalari sifatida o‘rganiladi. Koreys va oʻzbek tillari, turli til oilalariga mansub bo‘lishiga qaramay, ikkalasi ham hurmatga asoslangan ijtimoiy madaniyatni aks ettiradi. Biroq ushbu hurmat ifodalarining lingvistik shakllari sezilarli darajada farq qiladi. Koreys va o‘zbek tillaridagi hurmatni ifodalovchi lingvistik shakllarni ko‘rib chiqishdan oldin pragmatik birlik va lingvistika tushunchalarini bilib olishimiz zarur. Pragmatik birliklar — bu til vositalari bo‘lib, ular so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat, nutqning maqsadi va kontekstga qarab ma'no hosil qiladi. Pragmatik birliklar faqat grammatik shakl emas, balki gapirayotgan odamning niyatini, hurmatini, iltimosini, so‘rashini, rad etishini, kinoyasini va hokazolarni ifodalaydi. Lingvistika esa tilshunoslik bo‘lib, tilga oid bo‘lgan barcha muammolarni o‘rganadi. Lingvistik yo‘nalish bo‘yicha har bir tilning leksik, fonetik, grammatik o‘zgarishlari o‘rganiladi. Koreys tilidagi hurmat ifodalarini leksik jihatdan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, koreys tilida tinglochini hurmat qilib murojaat qilganda ularning nomlaridan so‘ng ~ 362 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “씨” qo‘shimchasini yoki lavozimi bilan ataganda, shu kishining lavozimidan so‘ng “-님” qo‘shimchasini qo‘shib ham hurmatni ifodalashi mumkin. Masalan: 가: 유리씨, 농구를 잘하네요! – Yuri, voleybolni yaxshi o‘ynar ekansiz! 가: 교수님, 수업 죽제 좀 알려 주시겠어요? – professor, dars mavzusini aytib yuboralisizmi? Hurmat ifodalovchi qo‘shimchalarning ba’zilariga to‘xtalib o‘taylik. Quyidagi qo‘shimchalar shaxsga qo‘shilib hurmat ma’nosini ifodalaydi: -는/은-께서는–urg'u ifodalovchi qo'shimcha; -이/가-께서-bosh kelishik qo'shimchasi; -에게-께–jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi; -에게서-께–chiqish va o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi. Masalan: Singlim ko‘chaga chiqdi – 여동생은 밖에 나갔어요. Dadam ko‘chaga chiqdilar – 아버지께서밖에 나가셨어요. Men do‘stimga kitob sotib olib berdim – 나는 친구한테 책을 사줬습니다. Men oyimga kitob sotib olib berdim – 나는 어머니께 책을 사 드렸습니다. Hurmatni ifodalovchi so‘zlarga kelsak, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 먹다–드시다–잡수시다 – yemoq; 자다–주무시다 – uxlamoq; 생일–생신 – tug‘ilgan kun; 이름–성함 – ism; 밥–진지 – ovqat; 살–연세 – yosh; 사람–분 – odam; 죽다–돌아가시다 – o‘lmoq; Bu so‘zlar ham so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan bo‘lgan hurmatini ifodalaydi: 성함이 어떻게 됩니까? – Ism-sharifingiz nima? 할머니는 작년에 돌아가셨습니다. – Buvim o‘tgan yili qazo qildilar. ~ 363 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 저분은 누구입니까? – bu kishi kimlar? Agarda murojaat qilayotgan kishining yoshi kattaroq bo‘lsa yoki ijtimoiy mavqei yuqori bo‘lsa, fe’l o‘zagiga (으)시hurmat yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish mumkin. Bu qo‘shimcha faqatgina gapning subyekti tinglovchi yoki uchinchi shaxs bo‘lganda ishlatiladi. Masalan: 할아버지께서 신문을 읽으십니다. – Bobom gazeta o‘qiydilar 할머니께서 직접 음식을 만들어 주십니다. – Buvijonim o‘z(lar)i ovqat pishirib beradilar. Tarjimada ham ko‘rinib turibdiki, (으)시 hurmat yasovchi qo‘shimchasining ayni tarjimasi o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lib, –lar deb tarjima qilinadi. Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, “주다” – “bermoq” so‘zining hurmat shakli ikki xil bo‘lib, o‘zining qat’iy qo‘llanilishi kerak bo‘lgan joyi bor. Masalan; muayyan ish- harakatni obyekt bajarsa, “주시다” shaklidan foydalaniladi. 선생님은 이 주제 내용을 자세히 설명해 주셨습니다. – Ustozim bu mavzu ma’nosini yaxshilab tushuntirib berdilar. Agar ish-harakat subyektga qaratilsa, “드리다” shakli qo‘llaniladi. 제가 선생님께 선물을 드립니다. – Men ustozimga sovg‘a beraman. Xulosa qilib aytganda, koreys tilidagi hurmat ifodalari turli xil va murakkab bo‘lib, o‘rganuvchini ozgina shoshirib qo‘ysa-da, lekin yanada qiziqtirib ham qo‘yadi. Grammatik, lersik va pragmatik jihatdan o‘zbek tilidagi hurmat ifodalariga qaraganda qat’iy va boy tizimga ega. A

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda oʻzbek va koreys tillarida hurmat ifodalarining lingvistik xususiyatlari taqqoslab tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda oʻzbek va koreys tillarida hurmat ifodalarining lingvistik xususiyatlari taqqoslab tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
honorifics, linguistic comparison, Uzbek language, Korean, sintaksis., oʻzbek tili, koreys tili, lingvistik tahlil, pragmatika, morfologiya, hurmat ifodalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники