Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
ALISHER NAVOIY RUBOIYLARIDA PANDONA RUH
Tojiboyeva Zulfiya Olimjon qizi
Interpretation and researches · 1959
Аннотация
Alisher Navoiyning ruboiylari, turkiy adabiyotning buyuk shoirlaridan biri sifatida, chuqur falsafiy va axloqiy qarashlarni aks ettiradi. Uning asarlari, xususan, “Hazoyin ul-Maoniy” to‘plamida joylashganlar, insoniy munosabatlar, ishq va haqiqat izlash haqida hikmat, maslahatlar va tushunchalarni taqdim etadi. Ushbu maqolada Navoiyning ruboiyalaridagi “Pandona” yoki axloqiy o‘gitlar o‘rganiladi. Uning asarlaridan namunalar tahlil qilinib, Navoiy haqiqatda sodiqlik, samimiyat va sabr-toqatni ishq va hayotda qadrini ta‘kidlaydi. Sun‘iylik, materializm va ikkiyuzlamachilikdan voz kechish haqidagi uning maslahatlari o‘quvchiga doimiy ravishda shaxsiy rivojlanish va axloqiy hatti-harakatlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi. Ushbu tahlilda biz Navoiyning she‘riy hikmatining dolzarbligini va uning jamiyatdagi qadriyatlarni aks ettirishini ko‘rib chiqamiz. Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, ruboiylar, axloqiy ogitlar, pandona, turkiy adabiyot, falsafa, hikmat, ishq, etika. Haqiqiy ijod o‘lmaydi, u mangulikka dahldor bo‘ladi. Shu jihatdan barchamiz qutlug‘ nomi adabiyotga muhrlangan Mir Alisher Navoiy hazratlaridek zot bilan haqli ravishda faxrlanamiz, g‘ururlanamiz. Navoiy hazratlari butun hayotini ijodga bag‘ishladilar. U o‘zining turkiy tilida yozgan butun lirik merosini umrining to‘rt fasliga moslashtirib to‘rt devonga ajratadi va uni “Hazoyin ul-maoniy” deb nomlaydi [Alisher Navoiy, 1959-60]. Bu kulliyotning birinchi devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”da jami 133ta ruboiy keltirilgan bo‘lib, ularning mavzu ko‘lami ham turlicha va o‘ziga xos. Navoiy lirikasidagi ishq talqini butunlay o‘zgacha ruhda. Shuningdek shoir dahosini uning pandona, ibratomuz ruboiylaridan ham kashf etishimiz mumkin. Quyida Hazrat Navoiyning o‘git, pand-nasixat ruhidagi ruboiylariga to‘xtalamiz: Gar oshiq esang mehr-u vafo qilma havas, Dard istavu daf’ig‘a davo qilma havas. Hijron-u visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdin g‘ayri rizo qilma havas. Navoiy ushbu ruboiysida, agar sen oshiq bo‘lsang yoringdan sira mehr-u vafo kutmagin, uning marhamatidan umidvor bo‘lmagin. Oshiqlikdek dardni ko‘nglingga ista-yu, ammo uni daf etmoq, darddan xalos bo‘lmoq uchun davodan umid qilma. Ya’ni, bu bedavo dard. Agar uning davosi visol bo‘lsa, bor umring hijronda kechar, ~ 352 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman visolni esa mutlaqo havas qilma, undan umidvor bo‘lmagin. O‘z sevikli yoring, dildoringdan o‘zgasining roziligini orzu etma. Neki qilsang o‘z mahbubang roziligi uchun qil. Neki sitam cheksang o‘z yoringni deb qayg‘urgil [Alisher Navoiy, 1959- 60]. Ya’niki, haqiqiy oshiq o‘z muhabbatiga evaz talab qilmaydi, o‘z holini o‘ylamaydi, mahbubasidan o‘zgasiga nazar tashlamaydi, demoqchi bo‘ladi.Navoiyning nazdida, haqiqiy ishq zahmatli bo‘lishi lozim. Haqiqiy ishq sohibi esa oshiqlikni tanlagan ekan, bu yo‘ldan sira chekinmaydi, sinovlarga dosh berishga qodir bo‘ladi. Shu o‘rinda Navoiy oshiq ahliga ibrat ko‘zgusini tutib, haqiqiy oshiq qanday bo‘lishi lozimligi haqda uqtirib o‘tadi [N.Mallayev, 1976]. Oshiqlikni havas etganlarga nasihat qiladi, bu yo‘lning zahmatlaridan ogoh etmoqchidek bo‘ladi. Quyidagi ruboiy ham yuqorida keltirilgan ruboiyga hamohang, go‘yoki uning davomi kabi jaranglaydi: Gar oshiq esang zeb-u takallufni unut, Yaxshi-yuyomon ishda taxallufni unut. O‘tkan gar eruryomontaassufniunut, Kelgan gar erur yaxshi tasarrufni unut. فلكت-(takalluf)- sun’iylik, soxtalik, serhashamlik, jimjimadolik, iymanish, فسأت- (taassuf) - afsuslanish, achinish, kuyinish فرصت- (tasarruf)- o‘zi xtiyoriga olish, o‘zboshimchalik Navoiy ushbu ruboiysida ham yuqoridagi g‘oyalarni singdirishni maqsad qilgan, deyish mumkin. Agar deydi, shoirimiz, sen oshiq bo‘lsang, serxashamligu soxtalikni unutgin, o‘zingga ortiqcha zeb bera ko‘rma, rohat-u farog‘atni zinhor hayol etmagin. Yaxshi-yu yomonga kuyinmagin, o‘z ishqingga sadoqatli bo‘l [Alisher Navoiy, 1959- 60]. Ya’nikim, oshiqlik shunday mashaqqattalab yo‘lki, uni faqat ulkan bardoshli insonlargina bosib o‘tishlari mumkin, agar sen shu yo‘lda ekansan demak senga sadoqat-u bardoshdan yaxshiroq hamroh topilmaydi, deb uqtiradilar hazrat Navoiy. Keyingi ruboiyga ham nazar solaylik: Bir aybg‘a garchi xalq qilg‘ay mansub, Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub. Sidq ersa xud etmak kerak o‘z fe’lini xo‘b, Kizb ersa, malomat dag‘i bordur matlub. ب وسنم (mansub)- tegishli, aloqador, taaluqli, oid. )matlub(بلصم – talab, ehtiyoj, maqsad Ushbu ruboiyda Hazrat insonlarga ko‘zgu tutib, ularga o‘z akslarini ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar, nazarimizda. Agar xalq kishini biror bir noma’qul ishni qilganlikda ayblasa, kishini shu aybni qilishga qodir deb hisoblasa, buning bari shu kishining xatti-harakatlari, fe’l-u atvori sabablidir. Agar kishi rostgo‘y bo‘lsa u o‘z fe’lini yana ham yaxshilashi va yoki aksincha deganlarining bari yolg‘on kish I bo‘lsa ~ 353 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman unga xalqdan malomat, ta’na-yu dashnom toshl
Доказательный фрагмент
«Alisher Navoiyning ruboiylari, turkiy adabiyotning buyuk shoirlaridan biri sifatida, chuqur falsafiy va axloqiy qarashlarni aks ettiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAlisher Navoiyning ruboiylari, turkiy adabiyotning buyuk shoirlaridan biri sifatida, chuqur falsafiy va axloqiy qarashlarni aks ettiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoiy, ruboiylar, axloqiy ogitlar, pandona, turkiy, turkiy adabiyot, etika., falsafa, hikmat, ishq
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025