К содержанию
РецензированоUZ2026

TIL O‘QITISH NAZARIYASIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Tojiboyeva Sevinch Ikrom qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda til o‘qitish nazariyasidagi bir qator dolzarb muammolar va ularning tahlili haqida so‘z yuritiladi. Globalizatsiya sharoitida ko‘p tillilikning ortishi, texnologiyalarning o‘qitish jarayoniga ta’siri, o‘rganuvchilarning xilma-xilligi, motivatsiyani saqlash va baholashning samaradorligi kabi asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi va ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan zamonaviy yechimlar to‘g‘risida ham so‘z boradi. Kalit so‘zlar: nazariya, globalizatsiya, evolyutsiya, prinsip, ko‘p tillilik, o‘qitish metodologiyasi, madaniy kontekst, kommunikativ ko‘nikma, motivatsiya, baholash samaradorligi, kompetensiya, universal nazariya, hobbi. Bugungi zamonaviylashib borayotgan ta’lim jarayonida til o‘qitishning nafaqat amaliy shakliga, balki nazariyasiga ham e’tibor tobora kuchayayotganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Til o‘qitish nazariyasi o‘rganish davomida yangi g‘oyalarni o‘quvchi va talabalarga tushuntirish orqali yetkazib berishga qaratilgan tamoyil hisoblanadi. Va albatta, bu tamoyilga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib borar ekan, u orqali erishilgan natijalardan ko‘zimiz quvonadi, ammo shu asnoda u bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ham nazardan chetda qoldirish juda mushkul. Kundan kunga turli yangi bilimlarni egallashga, o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borar ekan, til o‘qitish nazariyasining evolyutsiyasi va uning oldida turgan bir qator zamonaviy muammolarni tahlil qilish dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Barchaga ma’lumki, til o‘qitishda nazariyaning ahamiyati juda ham katta. Avvalambor, nazariya pedagogning bilim, ko‘nikma, o‘zlashtiruvchi shaxsning faoliyat turlari, o‘qitishning mazmuni va usullaridan kelib chiqqan holatda o‘rganuvchilarga jarayonni ilmiy asoslash orqali yetkazib beriladigan ma’lumotdir. Nazariya ikki jihatdan ko‘rib chiqiladi: o‘qitishning yondashuvlari va prinsiplari. O‘qitishning yondashuvlari – o‘qituvchining bilimi va bu bilimga ega bo‘lish yo‘lidagi shaxsiy qarashlarini ifodalaydi va prinsip – mana shu egallangan bilimlarning tartibga soluvchi normasi sifatida ishlashga yordam beradigan ifoda. Bular asosida o‘qitish usullari, beriladigan ma’lumot va turlarini tanlash ancha oson kechadi, ya’ni o‘qituvchining samarali strategik usullar orqali professional rivojlanishiga ulkan zamin yaratilsa, o‘quvchilarning o‘rganish va bu bilimlarni amaliyotda erkin qo‘llay olish tajribasini boyitish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. ~ 348 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Bundan ko‘rinib turibdiki, nazariyalar asosida tilni o‘rganishning foydali tomonlari ham yetarlicha. Shu bilan birga, til o‘qitish nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar ko‘zga tashlanib turadi. Jumladan, bugungi globalizatsiya sharoitida ko‘p tillilikning ortishi, texnologiyalarning sezilarli evolyutsiyasi, nazariy va amaliy bilimning o‘rtasidagi ulkan farq, muvafaqqiyatsizlik tufayli o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi va motivatsiyani yo‘qotish va baholash samaradorligining sustligini bunga misollar sifatida keltirishimiz mumkin. Bunda ularning har biri til o‘qitishda turli to‘siqlarni keltirib chiqarishi mumkin: 1) Ko‘p tillilik tufayli kelib chiqayotgan muammolar: Ko‘p tillilik, polilingvizm (yunoncha “pol-ko‘p” va lotincha “ppyopa-til”) muayyan ijtimoiy birlik doirasida bir nchta tilning qo‘llanishi; yakka shaxsning bir vaqtning o‘zida bir nechta tildan foydalanishi. U aksar hollarda bilingvizm (ikki tillilik) shaklda amalga oshishi ham mumkin. Ko‘p tillilik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolardan biri bu - o‘qitish metodologiyasiga turlicha o‘zgarishlarning ko‘p va tez-tez kiritilishi zarurligidir, chunki har bir o‘quvchi ma’lumotni turli usullar, metodlar orqali o‘rganadi va bunda har kim o‘zi uchun qulay va moslashuvchan usullarni afzal ko‘radi. Shunday ekan, o‘qituvchi ko‘p hollarda o‘z metodikasini har bir o‘quvchi uchun turlicha usulda ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, til o‘rganish statik emas, balki doimiy o‘zgarib turuvchi jarayon, ya’ni u grammatika, talaffuz, madaniy kontekts va kommunikativ ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, har bir nazariya bu jihatlarning ayrimlarigagina e’tibor qarata oladi, lekin ularning barchasini to‘laligicha qamrab ololmaydi. 2) Texnologiyalar evolyutsiyasining ta’siri: Ta’lim jaarayonida zamonaviy texnologiya qurilmalaridan foydalanish bugungi kundagi o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Bunga asosiy sabab, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga va xulosalashga o‘rgatadi. Ammo texnologiya evolyutsiyasi tufayli nazariyaga to‘g‘ri-noto‘g‘ri o‘gartirishlar kiritilishi va u barcha uchun ochiq va ximoyalanmagan holda taqdim etilayotgani ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. 3) Nazariya ning amaliyotga tatbiq etilishidagi bo‘shliq: Nazariy tatdiqot

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda til o‘qitish nazariyasidagi bir qator dolzarb muammolar va ularning tahlili haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda til o‘qitish nazariyasidagi bir qator dolzarb muammolar va ularning tahlili haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qitish metodologiyasi, baholash samaradorligi, kommunikativ ko‘nikma, ko‘p tillilik, universal nazariya, prinsip, motivatsiya, globalizatsiya, evolyutsiya, kompetensiya, hobbi., nazariya, madaniy kontekst
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники