Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
FRAZEOLOGIZM:O‘ZBEK VA XITOY TILLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI
Tohirjonova Oygul Fazliddin qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Mazkur maqola o‘zbek va Xitoy tillarining frazeologizm solishtirma tahlilini frazeologik birliklarning shakl, mazmun va madaniy xususiyatlarini taqqoslash orqali yoritib berdi. Shuningdek, bu ikki xalqning tafakkuri, urf-odatlari va qadriyatlari frazeologizm orqali qanday aks etishi körsatildi. Ushbu taqdimot tilshunoslikda frazeologiyaning örni va ahamiyati haqida chuqurroq tasavvur hosil qilishga xizmat qiladi. Kalit soʻz va iboralar: Frazeologizm, o‘zbek tili, xitoy tili, solishtirma tahlil, frazeologik birliklar, milliy tafakkur, madaniyat. Til — har bir xalqning ma’naviy boyligini, dunyoqarashi va tafakkur tarzini ifodalovchi asosiy vositadir. Ayniqsa, frazeologik birliklar tilning obrazli va ifodali qatlamini tashkil qilib, xalqning qadriyatlari, urf-odatlari, madaniy tafakkuri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Har bir millat o‘zining tarixiy tajribasi, hayotiy falsafasi va hayot tarzini frazeologik birliklar orqali ifodalagan. Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema - ikki yoki undan ortiq so'zdan tashkil topgan, ma'noviy jihatdan o'zaro bog'liq so'z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko'chma ma'noda qo'llanadigan va bo'linmaydigan, barqaror (turg'un) bog'lanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar shaklan o'zlariga o'xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so'zlarni erkin tanlash, almashtirish yo'li bilan yuzaga kelmaydi, balki ma'no va muayyan leksik-grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo'llanadi, ya'ni frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urug'i, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sig'may ketmoq, kapalagi uchmoq, ko'ngli joyiga tushmoq, qo'li ochiq, qulog'i og'ir va boshqa frazeologizmlar tarixiy qo'llanish me'yorlariga, usullariga ega bo'lib, ularning ma'nolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. O‘zbek tilidagi frazeologizmlar xalqning qadimiy madaniyati, turmush tarzi va urf-odatlarini o‘zida aks ettiradi. Ular ko‘pincha obrazli tasvirlar orqali beriladi. Masalan: Ko‘ngli tog‘day ko‘tarilmoq – juda xursand bo‘lish. Ko‘z quvontiradigan – juda chiroyli, yoqimli. ~ 342 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Tiliga qalampir surtmoq – birovni ogohlantirish, qattiq tanbeh berish. Yuragi dovdiramoq – cho‘chimoq, qo‘rqmoq. Bu kabi iboralar o‘zbek xalqining hissiy ifoda vositalari boyligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida frazeologizmlar asosan og‘zaki nutqda keng qo‘llaniladi va ular ko‘pincha hikoyalar, maqollar, matallar bilan bog‘liq. Xitoy tilida frazeologik birliklar ko‘proq chengyu (成语) deb ataladi va ular ko‘pincha to‘rt belgidan iborat bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi qadimgi afsonalar, tarixiy voqealar yoki falsafiy g‘oyalarga asoslangan. Masalan: 画蛇添足 (huà shé tiān zú) – ilonga oyoq chizish, ya’ni ortiqcha harakat qilib ishni buzish. 亡羊补牢 (wáng yáng bǔ láo) – qo‘y yo‘qolgandan keyin to‘rni tuzatish, ya’ni kech bo‘lsa-da chora ko‘rish. 入乡随俗 (rù xiāng suí sú) – boshqa joyga borsang, urf-odatiga moslash, ya’ni “boshqa elda bo‘lsang, el qoidalariga bo‘ysun”. 对牛弹琴 (duì niú tán qín) – sigirga musiqa chalish, ya’ni noqulay kishiga dono gap aytish. Chengyular Xitoy xalqining qadimiy donishmandligiga asoslangan va ko‘pincha yozma nutqda uchraydi. Frazeologizmlarning o‘xshash va farqli jihatlari : O‘xshashliklar: 1. Har ikkala tilda ham frazeologizmlar xalq ijodi mahsuli sifatida shakllangan. 2. Ikkisida ham obrazlilik, majoziylik mavjud. 3. Madaniy kontekstda muayyan vaziyatni ifodalashda foydalaniladi. Farqlar: 1. O‘zbek tilidagi frazeologizmlar ko‘proq xalq og‘zaki ijodiga, urf-odat va hayotiy tajribaga asoslangan bo‘lsa, xitoy tilidagi chengyular ko‘proq qadimiy matnlardan olingan va tarixiy afsonalarga bog‘liq. 2. O‘zbek frazeologizmlarida tasvirlar ko‘pincha zamonaviy hayotga moslashgan, xitoy tilida esa ularning ifodasi ancha an’anaviy va qadimiy. Frazeologizmlar xalq tafakkurining oynasidir. O‘zbek tilida insoniy munosabatlar, ijtimoiy hayot, oilaviy qadriyatlar keng ifoda topgan bo‘lsa, xitoy frazeologiyasida esa donolik, sabr-toqat, axloqiy qadriyatlar va tarixiy saboqlar aks etadi. Masalan, “Ko‘ngli tog‘day ko‘tarilmoq” iborasi o‘zbek xalqining hissiyotlarga boyligini ko‘rsatsa, “亡羊补牢” esa xitoy xalqining ehtiyotkorlikka asoslangan tafakkurini anglatadi. ~ 343 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Xulosa qilib shuni taʼkidlashimiz mumkinki, o'zbek va xitoy tillaridagi frazeologizmlar har ikki xalqning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali milliy tafakkur, qadriyatlar, dunyoqarash va estetik did namoyon bo‘ladi. Solishtirma tahlil shuni ko‘rsatadiki, ikki til frazeologiyasi umumiy jihatlarga ega bo‘lishi bilan birga, har biri o‘z milliy xususiyatlariga ega. Ushbu tahlil tilshunoslik fanida frazeologiyaning o‘rni va madaniyatlararo tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.M
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola o‘zbek va Xitoy tillarining frazeologizm solishtirma tahlilini frazeologik birliklarning shakl, mazmun va madaniy xususiyatlarini taqqoslash orqali yoritib berdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola o‘zbek va Xitoy tillarining frazeologizm solishtirma tahlilini frazeologik birliklarning shakl, mazmun va madaniy xususiyatlarini taqqoslash orqali yoritib berdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- solishtirma tahlil, madaniyat., milliy tafakkur, Frazeologizm, xitoy tili, frazeologik birliklar, o‘zbek tili
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025