К содержанию
РецензированоUZ2026

TIL VA TAFAKKUR MUNOSABATI

Shomurodova Nilufar Sherzod qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada til o‘rganish jarayonida motivatsiya va ichki ishonchning o‘rni, vazifasi va ularning samaradorlikka erishishga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, til o‘rganuvchilarda motivatsiyani oshirish va ichki ishonchni shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘z va iboralar: motivatsiya, ichki ishonch, shaxsiy rivojlanish, til o‘rganish, aniq maqsad qo‘yish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, til o‘rganish strategiyalari, psixologik omillar. Bugungi global jamiyatda nafaqat shaxsiy rivijlanish, balki professional muvaffaqiyatga erishish uchun ham chet tilini bilish muhim o‘rin egallamoqda. Til o‘rganish biroz murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanib, bunda motivatsiya va ichki ishonch hal qiluvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Motivatsiyaning roli. Motivatsiya – bu insonni ma’lum bir belgilangan maqsad sari intilishga majbur qiladigan ichki kuchdir. Til o‘rganishda motivatsiya ikki turda ayon bo‘ladi: 1.Ichki motivatsiya – til o‘rganishga bo‘lgan ichki ishtiyoq va zavq. 2.Tashqi motivatsiya – moddiy mukofot, ijtimoiy maqom yoki jamiyatdagi mavqe kabi tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan rag‘bat. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ichki motivatsiyasi yuqori bo‘lgan til o‘rganuvchilar yangi tilni o‘zlashtirishda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadilar, chunki ular o‘zlarida tilni o‘rganishda ma’no va ahamiyat yaratadilar. Ichki ishonch va uning ahamiyati. Ichki ishonch – bu insonning o‘z qobiliyatiga chin dildan ishonishi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari tomon olg‘a qadam bosishidir. Til o‘rganuvchilar uchun ichki ishonch quyidagilarni ta‘minlaydi: • Xatolardan qo‘rqmay o‘z fikrini erkin ifoda eta olish. • O‘z o‘zini tahlil qilish va rivojlanishga intilish. • Mustaqil ravishda izlanish va yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish. O‘z imkoniyatiga shubha bilan qaraydigan va o‘ziga bo‘lgan ishonchi sust o‘quvchilar aksar hollarda til o‘rganishni erta tark etishadi va natijada muvaffaqiyatlarini e’tiborsiz qoldiradilar. ~ 332 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Motivatsiya va ichki ishonchni oshirish strategiyalari. 1. Aniq va kichik maqsadlar qo‘yish – har kuni kamida 10 ta yangi so‘z o‘rganish va ularni muloqotda qo‘llashga harakat qilish. 2. Qiziqarli materiallardan foydalanish – o‘rganayotgan tilda multfilm, kinolar ko‘rish va musiqa, podcastlar eshitish hamda do‘stlar bilan chet tilida suhbat qilib amalda qo‘llash orqali bilimni mustahkamlash. 3. Xatolarni tabiiy jarayon sifatida qabul qilish va ijobiy fikrlashni rivojlantirish – agar o‘quvchi biror bir xato qilsa, uni ijobiy qabul qilish va,, Bu men uchun o‘rganish imkoniyati! ‘‘– deb o‘zini ruhlantirish va har bir mashg‘ulotdan keyin o‘z-o‘ziga ,,Bugun men nimani o‘rgandim? ‘‘– deb savol berish orqali ijobiy javob yozib qo‘yish. 4. Yutuqlarni nishonlash – til o‘rganishda bir bosqichni tugatgandan so‘ng, o‘zini kichik mukofotlar bilan hursand qilish (masalan, sevimli shirinligini yeyish yoki ochiq havoda sayr qilish). Motivatsiya va ichki ishonch bir-biriga o‘zaro chambarchas bog‘liq: motivatsiya kuchaysa – o‘ziga ishonch oshadi, ishonch ortsa – harakat kuchayadi. Shunday ekan, til o‘rganishda bu ikki psixologik omilni birgalikda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Xulosa sifatida shuni takidlashimiz mumkinki, til o‘rganish nafaqat bilim, balki sabr, iroda, ishonch va ichki turtkini talab qiladigan jarayondir. Motivatsiya til o‘rganishga undasa, ichki ishonch bu yo‘lni bosib o‘tishga yordam beradi. Shu sababli, chet tilini o‘zlashtirish jarayonida motivatsiya va ichki ishonch bir-birini to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi omillar hisoblanadi. O‘quvchilarda ichki motivatsiyani va o‘ziga ishonchni hosil qilish til o‘rganishdagi muvaffaqiyatni sezilarli darajada ta’minlaydi. Shuning uchun o‘rganuvchilar ushbu psixologik jarayonlarga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Bandura, A. Self-efficacy: The Exercise of Control. Freeman. (1997). 2.Dörnyei, Z. Motivational Strategies in the Language Classroom. Cambridge University Press. (2001). 3.Gardner, R.C. Social Psychology and Second Language Learning: The Role of Attitudes and Motivation. Edward Arnold. (1985). ~ 333 ~

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada til o‘rganish jarayonida motivatsiya va ichki ishonchning o‘rni, vazifasi va ularning samaradorlikka erishishga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada til o‘rganish jarayonida motivatsiya va ichki ishonchning o‘rni, vazifasi va ularning samaradorlikka erishishga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, tilshunoslik., Sapir-Whorf gipotezasi, til, lingvistik nisbiylik, dunyoqarash, til va tafakkur munosabati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники