К содержанию
РецензированоUZ2026

O`ZBEK TILINI XORIJLIKLARGA O`RGATISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Sherikboyeva Sarvara Nurmuxammad qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish jarayonidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Asosan grammatik murakkabliklar, o‘quv materiallarining yetishmasligi, malakali o‘qituvchilarning kamligi va madaniy tafovutlar muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha xalqaro tajribalarga murojaat qilinib, zamonaviy metodikalar, interaktiv vositalar va onlayn o‘qitishning afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘zbek tilini samarali o‘rgatish uchun zamonaviy darsliklar yaratish, malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi takliflarni ilgari suradi. Mazkur maqola amaliy tilshunoslik sohasida tadqiqot olib borayotganlar, til o‘rgatuvchilar hamda til siyosati bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so`zlar: o‘zbek tili, xorijliklarga til o‘rgatish, amaliy tilshunoslik, til o‘rgatish metodikasi, grammatik murakkabliklar, o‘quv materiallari, malakali o‘qituvchilar, madaniy tafovutlar, interaktiv o‘qitish, onlayn ta’lim, chet tili, pedagogika, til siyosati, xalqaro hamkorlik, o‘zbek tili darsliklari. Bugungi kunda xalqaro miqyosda ilm-fan, ta'lim, texnologiya va madaniyatlararo hamkorlik jarayonlari jadallik bilan rivojlanmoqda. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasining ham jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini mustahkamlash, uning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib etish, xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish imkonini bermoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosat yuritishi, viza rejimining yengillashuvi, xalqaro talabalar va sayyohlar sonining ortishi kabi omillar xorijliklarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirmoqda. Shu bilan birga, ularning o‘zbek tili, tarixi, adabiyoti va madaniyatiga bo‘lgan e’tibori ham ortib bormoqda.O‘zbek tili – turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega, boy lug‘at zahirasi, fonetik va morfologik tizimi, nozik ifoda vositalari bilan ajralib turadigan til sanaladi. U nafaqat O‘zbekiston Respublikasining davlat tili, balki millionlab insonlarning ona tili, milliy o‘zligining asosi va madaniy qadriyatlarining ko‘zgusidir. Shu bois, o‘zbek tilining xorijliklarga o‘rgatilishi nafaqat til o‘rganish, balki ular orqali o‘zbek xalqi madaniyati, urf-odati, tafakkur tarzi, hayot falsafasini tanitish yo‘lida xizmat qiladi. Bu esa tilshunoslik, pedagogika, psixologiya va madaniyatshunoslik sohalarini birlashtirgan muhim yo‘nalish bo‘lib, undan samarali ~ 326 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman foydalanish til diplomatiyasining rivojiga ham xizmat qiladi.Shunga qaramay, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishda turli xil muammolar mavjud: ta’lim metodikasi va texnologiyasining yetarlicha rivojlanmaganligi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining zamonaviy talabga javob bermasligi, o‘qituvchilarning tilni chet elliklar uchun qiyinchiliksiz va qulay tarzda o‘rgatish borasidagi malaka va tajribasining cheklanganligi, til muhitining yetishmasligi, psixolingvistik farqlar va motivatsiya yetishmovchiligi kabi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, xorijlik talabalar uchun grammatikani o‘zlashtirish, talaffuz va urg‘u tizimini anglash, leksik boylikni kengaytirish, nutqiy faoliyatni rivojlantirish kabi jarayonlarda ko‘plab to‘siqlarga duch kelinmoqda.Demakki, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri – xorijliklarga o‘zbek tilini samarali va zamonaviy usullarda o‘rgatish tizimini yaratish, mavjud muammolarni ilmiy asosda o‘rganish va ularning oqilona yechimlarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqola aynan shu yo‘nalishda olib borilgan tahliliy izlanishlarga asoslanadi. Unda o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishdagi asosiy muammolar ochib berilib, ilg‘or xorijiy tajribalarga tayanilgan holda amaliy va nazariy yechimlar taklif qilinadi. Shuningdek, maqolada metodik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, lingvodidaktik yutuqlar asosida samarali ta’lim strategiyalari muhokama qilinadi. O‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish – bu nafaqat tilshunoslik, balki pedagogika, madaniyatshunoslik va psixologiyani ham o‘z ichiga olgan murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Mazkur yo‘nalishda samaradorlikka erishish uchun mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va ularga mos ravishda zamonaviy, ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish zarur. Quyida bu jarayondagi asosiy muammolar va ularning mumkin bo‘lgan yechimlari tahlil qilinadi. 1. Metodik va didaktik muammolar: Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rganish jarayonida eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri – o‘qitish metodikasining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligidir. Hozirda mavjud darsliklar asosan o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, chet ellik talabalar ehtiyojlariga to‘liq mos kelmaydi. Darsliklarda lingvokulturologik yondashuv yetarlicha aks etmagan, shuningdek, o‘quvchilarning tilni bosqichma-bosqich egallashlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish jarayonidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatish jarayonidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
grammatik murakkabliklar, xorijliklarga til o‘rgatish, interaktiv o‘qitish, amaliy tilshunoslik, xalqaro hamkorlik, til siyosati, o‘quv materiallari, onlayn ta’lim, chet tili, o‘zbek tili darsliklari., til o‘rgatish metodikasi, pedagogika, madaniy tafovutlar, malakali o‘qituvchilar, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники