К содержанию
РецензированоUZ2026

TEXNOLOGIYA VA INTERNETNING O‘ZBEK TILIGA TA’SIRI

Sherikboyeva Sarvara Nurmuxammad qizi · • Kk- Kerak · • Bb= Bo‘lib · • Db= Deb

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va internetning o‘zbek tiliga ta’siri tahlil qilinadi. Internet kommunikatsiyasi orqali yangi so‘zlar, qisqartmalar va muloqot uslublari qanday shakllanayotgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internetning ijtimoiy va madaniy jihatdan til o‘zgarishiga ta’siri tahlil qilinib, til me’yorlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: internet tili, texnologiya, o‘zbek tili, lingvistik o‘zgarishlar, qisqartmalar, ijtimoiy tarmoqlar, xorijiy so‘zlar, kommunikatsiya, yozma madaniyat. Bugungi globallashuv davrida texnologik yutuqlar inson hayotining har bir jabhasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ayniqsa, internet va raqamli aloqa vositalarining rivojlanishi axborot almashinuvi, fikr bildirish, o‘zaro muloqot jarayonlarida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Raqamli kommunikatsiya imkoniyatlari insoniyatga tezkorlik, qulaylik, erkinlikni taqdim etgan bo‘lsa-da, u til, madaniyat, odob-axloq me’yorlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Xususan, o‘zbek tili ham bu o‘zgarishlardan chetda qolmadi.Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, Facebook, TikTok va boshqalar), messenjerlar va bloglar tili kundan-kunga o‘zgarib bormoqda. Bu sohalarda qisqalik, tezkorlik, vaqt tejalishi asosiy mezon hisoblanadi. Shu sababli foydalanuvchilar qisqartmalar, ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar, emodzilar, shuningdek, tovush o‘xshashligi asosida yangi yozuv shakllarini keng qo‘llamoqda. Bu so‘zlarning ba’zilarini quyida ko‘rib chiqishimiz mumkin: • Un,u-n,u/n uchun • Bn, b-n,b/n- bilan • Ln - Lekin • Kk- Kerak • Bb= Bo‘lib • Db= Deb •H= Ha • Yo= Yo‘q •”W” - Sh-harfining oʻrniga qo‘llaniladi. •”C” esa –Ch- harfining o‘rniga qo‘llaniladi. Bunday yozuv uslubi, ayniqsa, yoshlar orasida tezlik bilan tarqalmoqda. Ular telefon va internet orqali yozishganda ushbu uslublarni o‘zaro muloqot vositasi sifatida qo‘llaydilar. Bu esa asta-sekin rasmiy yozuvga ham singib borayotgani, hatto ayrim holatlarda darslarda, insholarda yoki rasmiy hujjatlarda ham kuzatilayotgani ~ 323 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman xavotirli holatdir.Yuqoridagi holatlar tufayli adabiy til me’yorlari zaiflashmoqda. Yozma nutqda grammatik xatolar, imlo buzilishi, gap qurilishi bo‘yicha kamchiliklar kuchaymoqda. Ayniqsa, tilga e’tiborsizlik natijasida yozma savodxonlik darajasi pasaymoqda. Yoshlar orasida fonetik yozuv, ya’ni qanday eshitilsa shunday yozish (masalan, "kelayapman" o‘rniga “kelayapman” emas, balki “kelayappan” kabi) keng tarqalmoqda.Tilshunoslar bu holatni "internet tili" deb ataydilar. Devid Kristalning fikriga ko‘ra, bu til o‘zining leksik va uslubiy xususiyatlariga ega bo‘lgan alohida submadaniyatga aylangan. U o‘zining “Language and the Internet” nomli asarida harflarni to‘g‘ri tanlash, ularni e’tiborsizlik bilan qisqartirmaslik, matn yozishda savodli bo‘lish muhimligini ta’kidlaydi. U, shuningdek, matn yozish orqali savodxonlik oshishini, ya’ni ko‘p yozgan kishi ko‘p o‘qiydi, ko‘p o‘qigan kishi esa savodli bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Bugungi kunda internetdagi aksariyat kontent ingliz tilida yaratiladi. Shu sababli inglizcha so‘zlar o‘zbek tiliga tez-tez kirib kelmoqda. Masalan, like, story, video, blogger, trend, meme, content, stream kabi so‘zlar endilikda kundalik nutqimizda bemalol qo‘llanilmoqda. Bunday o‘zlashmalar ba’zida muqobil o‘zbekcha atamalarning shakllanmasligiga sabab bo‘ladi.Shu bilan birga, ingliz tilidan so‘z olish muammo emas, agar ular o‘zbek tilining fonetik, morfologik va sintaktik me’yorlariga moslashtirilsa. Aks holda bu holat o‘zbek tilining o‘ziga xosligini zaiflashtiradi va tilda sun’iy gibridlik yuzaga kelishiga olib keladi.Tilni asrab- avaylash va uni zamonaviylashtirish mas’uliyati faqat filologlar yoki o‘qituvchilar zimmasiga yuklanmasligi kerak. Bu har bir fuqaroning, ayniqsa, yosh avlodning vatan oldidagi burchidir. Buni quyidagilar orqali amalga oshirish mumkin: Ta’lim tizimida tilga e’tibor: Maktab darsliklari zamonaviy til uslubini inobatga olgan holda, lekin adabiy til me’yorlariga asoslangan bo‘lishi kerak. OAV (Ommaviy axborot vositalari) va blogerlar mas’uliyati: Matbuot, televideniye, radio, blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari tildan to‘g‘ri va savodli foydalanishi, yoshlar uchun ijobiy til namunasi bo‘lishi lozim. Til siyosati va qonunchilik: Rasmiy hujjatlar, e’lonlar, reklama yozuvlarida adabiy tilning qat’iy me’yorlariga amal qilish zarur. Bunda Matbuot va tilni rivojlantirish agentliklari, tilshunos olimlar o‘zaro hamkorlikda ishlashlari kerak. Oiladagi tarbiya va ona tili: Til avvalo oila muhitida shakllanadi. Farzandlarga adabiy nutq namunalarini ko‘rsatish, ularga badiiy asarlar o‘qib berish orqali ularning til madaniyatini shakllantirish mumkin.Texnologiyalarni savodli ishlatish – bu ham zamon talabi. Ammo bu jarayonda tilni unutmaslik, balki uni yangi vositalar bilan boyitish, zamonga mos ifoda vositalarini ishlab chiqish kerak. ~ 324 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va internetning o‘zbek tiliga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va internetning o‘zbek tiliga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvistik o‘zgarishlar, kommunikatsiya, texnologiya, xorijiy so‘zlar, yozma madaniyat., qisqartmalar, ijtimoiy tarmoqlar, internet tili, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники