К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI O‘RGANUVCHILAR SONINING OSHISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

Shahrizoda Sayfiyeva Bekmurod qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot koreys tilining ommaviylashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillar – Janubiy Koreyaning iqtisodiy aloqalari, madaniy ta’siri (K-pop, K-dramalar, filmlar), ta’lim grantlari va ish imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘quvchilarning koreys tilini o‘rganishdagi motivatsiyasi, duch kelayotgan qiyinchiliklari va ushbu tilni o‘rganishga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga O‘zbekiston va Koreya madaniy aloqalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning tahlili va shunga qo‘shimcha tarzda uni yaxshilash uchun fikrlar mulohazalar beriladi. Kalit so‘zlar: Koreys tili, O‘zbekiston, til o‘rganish, K-pop, koreys madaniyati, xalqaro hamkorlik, ta’lim, grantlar, til kurslari Bugungi kunda bir nechta xorijiy tilni o‘rganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chet tilini bilish ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ochishdan tashqari, odamlar bilan haqiqiy aloqa o‘rnatishga va turli madaniyatlar, joylar va turmush tarzi haqida ko‘proq bilishga yordam beradi. Bu borada ko‘plab olimlar o‘z munosabatlarini bildirishgan. Mana shunday olimlardan biri, amerikalik tilshunos Edvard Sapir tilning inson tafakkuri va madaniyatiga ta’siri haqida shunday degan edi: "Til – bu inson tafakkuri va madaniyatini shakllantiruvchi kuchli omildir. Har bir til o‘ziga xos dunyoqarashni ifodalaydi va shu tilda so‘zlashuvchilar ongiga ta’sir ko‘rsatadi." Uning fikricha, til nafaqat muloqot vositasi, balki inson dunyoqarashi va fikrlash tarzini ham shakllantiradi. Shu sababli, har bir til o‘zining noyob madaniy va ijtimoiy xususiyatini aks etadi. Buning yaqqol misoli sifatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda nadaqat O‘zekistonda balki butun dunyoda koreys tiliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Bunga Janubiy Koreyaning iqtisodiyotida tutgan o‘rni, madaniy mahsulotlarining (K-pop, K-dramalar) asosan yoshlar orasida keng ommaviylashuvi, ta’lim va ish imkoniyatlari kabi bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Janubiy Koreyaning global iqtisodiyotga ta’siri shundaki, Samsung, Hyundai, LG, Lotte kabi yirik kompaniyalarning jahon bozoridagi muvaffaqiyatidan ham ko‘rish mumkin. 1997-yil sentabr oyida Venchur biznesini qo‘llab-quvvatlash ~ 317 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingandan so‘ng to‘rtta eng yirik konlomeratlar- Samsung, Hyundai, LG, va SK- va boshqalar o‘z faoliyatni boshladi. 2004- yilga kelib fan va texnalogiyani rivojlantirishga jami investitsiyalar 19 milliard dollar yetdi va bu mamalakat yalpi ichgi mahsuotining 2,85 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga Samsung, Hyundai, LG, Lotte kabi kompaniyalar Koreyaning iqtisodiy qudratini namoyish etadi va global bozorlar orqali koreys tilining tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular faqat texnologiya yoki sanoat sohalarida emas, balki madaniy almashuv va til o‘rganishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning muvaffaqiyati Koreya madaniyatiga global e’tibor qaratmoqda. Misol sifatida K-pop musiqalarining yoshlar o‘rtasida keng targib qilinishi tilni o‘rganishga bolgan qiziqishni oshirishning yana bir yo‘li. Qo‘shimcha tarzda shunday deyish mumkinki, K-popning global ta’siri orqali Koreyaning "Hallyu" (Koreya to‘lqini) madaniyati tarqalmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi K-pop o‘zi nima? K-pop — (inglizcha Korean Pop) Janubiy Koreya madaniyatining bir qismi sifatida Janubiy Koreyada paydo boʻlgan mashhur musiqa shakli. U an'anaviy koreys musiqasi ildizlariga qo'shimcha ravishda pop, hip-hop, R&B, eksperimental, rok, jaz, gospel, reggi, elektron raqs, folklor, country, disko va klassika kabi dunyoning turli uslublari va janrlarini o'z ichiga oladi. K-pop janri 1990-yillarda shakllana boshlagan bo‘lib, Seo Taiji and Boys guruhi 1992-yilda Janubiy Koreya musiqiy sahnasini o‘zgartirgan. Ularning musiqasi G‘arb uslubidagi pop va hip-hop elementlarini Koreya an‘anaviy musiqasi bilan uyg‘unlashtirgan edi.Koreya san’ati va madaniyati dunyoning turli burchaklarida faol ravishda qabul qilinmoqda. 1990-yillarning oxiri va 2000- yillarning boshlarida ko‘plab guruhlar mashhurlikka erishdi. 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, K-pop xalqaro sahnada tanila boshladi. 2010-yillarga kelib esa BIGBANG, Girls' Generation, EXO, BTS, BLACKPINK kabi guruhlar orqali global fenomenga aylandi. Misol uchun, BTS va BLACKPINK kabi guruhlar global miqyosda rekordlar o‘rnatmoqda va Koreya madaniyatini jahon bo‘ylab targ‘ib qilmoqda. Koreya iqtisodiyotiga K-popning ta’siri juda katta. "Hallyu" (Koreya to‘lqini) orqali K-pop, Koreyaning madaniy eksportini 2021-yilda 12,3 milliard dollarga etkazdi. Bu nafaqat musiqani, balki modani, kosmetikani, televizion seriallarni va boshqa madaniy mahsulotlarni ham o‘z ichiga oladi. Aynan mana shunday omillar koreys tili organishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Koreya Respubli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til o‘rganish, koreys madaniyati, K-pop, xalqaro hamkorlik, ta’lim, Koreys tili, O‘zbekiston, grantlar, til kurslari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники