Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
TIL VA MADANIYAT. JAMIYAT O‘RTASIDA ULARNING O‘RNI
M. Sa’dullayeva · Саьдуллаевой Муштарий
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается взаимноевлияние языка и культуры, их роль в формировании человеческого мышления, а также значение в прагматическом и культурном контексте. Основная идея заключается в том,что изучение языка невозможно без поминания культурных основ, что подтверждается рядом теоретических подходов и примеров. Ключевые слова: язык, культура, мышление, прагматика, коммуникация. Asosiy matn: Til va madaniyat har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy qismlaridir. Ushbu ikki tushuncha jamiyatni shakllantiruvchi asosiy omillar bo‘lib, ularni bir-biridan alohida holda o‘rganish ilmiy nuqtai nazardan to‘liq tasavvur bera olmaydi. Til – insonlaro‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi kommunikativ vosita bo‘lsa,madaniyat esa bu muloqotda namoyon bo‘ladigan qadriyatlar,turmush tarzi va ijtimoiy tafakkurning ifodasi. Til orqali inson nafaqat o‘z fikrini bayon etadi, balki madaniyatini, dunyoqarashini ham ifodalaydi. Madaniyat esa tilning boyishiga, uning shakllanishiga xizmat qiladi. Aynan shu o‘zaro ta’sir tufayli til va madaniyat bir- birini to‘ldirib boradi. Ayniqsa, xorijiy tilni o‘zlashtirgan shaxs, shu tilga mansub ~ 299 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman xalqning madaniyatini ham anglay boshlaydi. Bu esa shaxsning ijtimoiy saviyasini oshirib,yangi axloqiy qoidalar va qarashlarni shakllantiradi. Shu sababli, til va madaniyatni birgalikda o‘rganish, ularning jamiyatdagi o‘rni va funksiyalarini tahlil qilish nafaqat nazariy,balki amaliy jihatdan ham dolzarb masala sanaladi. Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, ularning jamiyatdagi ahamiyati hamda inson tafakkuriga ta’siri yoritiladi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqllik. Til va madaniyat har bir jamiyatning asosiy ijtimoiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bu ikki tushuncha jamiyatdagi inson faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini tashkil qiladi va bir-biribilan chambarchas holda mavjud bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, inson faqat ilmiy tushunchalardan foydalanib fikr bildirsa, uning so‘zlari ko‘plab odamlar tomonidan to‘liq tushunilmasligi yoki sovuq qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun ham inson nutqining to‘liq,ravon va ta’sirli bo‘lishida madaniyat muhim o‘rin tutadi. Madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini tahlil qilganda, ularning pragmatik aspektlar bilan bog‘liq ekanini ham ko‘rish mumkin.Pragmatika – bu tilshunoslik yo‘nalishi bo‘lib, so‘z yoki gapning grammatik va lug‘aviy ma’nosidan tashqari, uning kontekstda qanday anglatilishini, ya’ni kim gapirayotganini, kimga murojaat qilayotganini, qayerda va qachon aytayotganini o‘rganadi. Madaniyat va pragmatika ba’zan bir-biriga juda yaqin tushunchalar sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, xalqimizda taziyaga borgan insonlar marhumning yaqinlariga “Bandalik ekan”,“Allohning irodasi” kabi yupatuvchi iboralar bilan hamdardlik bildiradi. Bunday holatlarda aytilayotgan gaplarning ma’nosi pragmatik jihatdan madaniyat bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi. Tilshunoslikda tilga berilgan eng mashhur ta’riflardan biri Ferdinand de Sossyurga tegishlidir. U tilni “ijtimoiy hodisa sifatida mavjud bo‘lgan belgi tizimi” deb ta’riflagan. Uning fikricha, til belgilar (signifiant) va ularning ma’nolari (signifié)o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida shakllanadi. Ushbu belgila rtizimi jamiyatda yashovchi kishilarning madaniy tafakkuri va ongi bilan uzviy bog‘liq. Til orqali madaniy tafakkur va qadriyatlarning ifodalanishi. Til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning tarixiy tajribasi,dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan madaniy merosdir. Har bir millat o‘z tili orqali o‘ziga xos tafakkur tarzini, fikrlash sistemasi, turmush tarzi,urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab, avloddan-avlodga yetkazadi. Masalan, o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan “isnod”, “ibo-hayo”,“sha’n” kabi so‘zlar xalqimiz madaniyatida sadoqat, halollik,vijdonlilik, oilaviy mas’uliyat va inson qadriyatlariga bo‘lgan chuqur munosabatni aks ettiradi. Bu so‘zlar tilning lug‘aviyboyligi bilan birga, xalq tafakkuri va axloqiy qadriyatlarining ham ifodasidir. ~ 300 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Bu kabi iboralarni tildan ajratib, alohida shaklda tasavvur qilish qiyin – ular xalq ongi va madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liq. Til madaniyatning tashuvchisi sifatida nafaqat ichki ijtimoiy tizim doirasida, balki boshqa xalqlar bilan madaniy aloqalarnio‘rnatishda ham muhim vositaga aylanadi. Xorijiy tilni o‘rganayotgan inson nafaqat grammatik va fonetik jihatlarni, balki o‘sha til orqali ifodalanayotgan madaniyatni ham o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi. Chunki har bir tilda o‘sha xalqqa xos iboralar,majoziy ma’nolar, kinoyaviy ifodalar mavjud bo‘lib, ularni faqat grammatik nuqtai nazardan tushunish yetarli emas. Masalan, ingliz tilida keng tarqalgan “How are you?” iborasi oddiy hol-ahvol so‘rash shakli sifatida ishlatiladi. Biroq boshqa tillarda bu ibora doimiy muloqot uchun emas, balki h
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается взаимноевлияние языка и культуры, их роль в формировании человеческого мышления, а также значение в прагматическом и культурном контексте.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается взаимноевлияние языка и культуры, их роль в формировании человеческого мышления, а также значение в прагматическом и культурном контексте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- язык, культура, мышление, прагматика, коммуникация, kommunikatsiya., tafakkur, til, pragmatika, madaniyat
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025