К содержанию
РецензированоUZ2026

XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA SAMARALI METODLARNING O‘RNI

SAMARALI METODLARNING O‘RNI · Raxmatova Shaxrizoda Ramiz qizi · Ikramova Ra’no

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada til o‘rganishning zamonaviy strategiyalari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni samarali o‘rganish, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, ta’lim jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada kommunikativ yondashuv, immersion, gamifikatsiya, sun’iy intellekt imkoniyatlari va O‘zbekistondagi yangi metodik yo‘nalishlar yoritiladi. Shuningdek, til o‘rganishda mustaqillik va shaxsiylashtirilgan ta’limning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: xorijiy til, til o‘rganish strategiyasi, kommunikativ yondashuv, immersion usuli, aralash ta’lim, gamifikatsiya, sun’iy intellekt, mustaqil o‘rganish, zamonaviy metodologiya. Til o‘rganishning zamonaviy strategiyalari va metodologiyasi Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganish nafaqat shaxsiy taraqqiyot, balki professional muvaffaqiyat uchun ham muhim vositaga aylanmoqda. Dunyodagi axborot oqimi va xalqaro aloqalarning ortib borayotgani, talabalar va mutaxassislar oldiga xorijiy tillarni chuqur bilish zaruratini qo‘ymoqda. Shu sababli, til o‘rganish jarayonini yanada samarali va zamon talablari asosida tashkil qilish dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada zamonaviy til o‘rganish strategiyalari, metodologik yondashuvlar va texnologik imkoniyatlar yoritiladi.Bugungi kunda ko‘plab til o‘rgatishva o‘rganish usullari mavjud: Kommunikativ yondashuv Bugungi kunda til o‘rganishda eng keng qo‘llanilayotgan usullardan biri bu — kommunikativ yondashuvdir. Ushbu metodda asosiy e’tibor grammatik qoidalardan ko‘ra, tilni real hayotda qo‘llay olishga qaratiladi. Dars jarayonlarida suhbatlar, rolli o‘yinlar, muhokamalar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘rganuvchining til faoliyatini kuchaytirishga intilinadi. Masalan: Darsda o‘qituvchi bizga ikki kishilik suhbat topshirig‘i beradi. Masalan, do‘konga borish yoki avtobusda chipta so‘rash haqida ingliz tilida gaplashamiz. Bu bizga tilni amalda qo‘llashga yordam beradi. Immersion (sho‘ng‘ish) usuli ~ 271 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Immersion usuli orqali til o‘rganish muhitida to‘liq xorijiy tilga sho‘ng‘ish ta’minlanadi. Masalan, barcha fanlar o‘rganilayotgan tilda o‘qitiladi yoki xorijda qisqa muddatli til kurslarida qatnashish orqali tilni jonli muhitda egallash imkoniyati yaratiladi. Bu usul o‘quvchini tabiiy til muhitiga yaqinlashtiradi va tez natija beradi. Masalan: Bir tanishim yozda 2 hafta davomida ingliz tili lageriga borgan. U yerda faqat ingliz tilida gaplashish mumkin bo‘lgan. Shu sababli u tezroq tilni o‘rganib ketgan. Aralash ta’lim (Blended Learning) An’anaviy dars jarayonlarini raqamli resurslar bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy metodlardan biri hisoblanadi. Masalan, universitetda grammatikani o‘rganish bilan birga, onlayn platformalarda (Quizlet, Memrise, Duolingo) mustaqil mashg‘ulotlar olib boriladi. Bu esa o‘rganilayotgan tilning barcha ko‘nikmalarini (o‘qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish) rivojlantiradi. Masalan: Men darsda ingliz tili grammatikasini o‘rganaman, lekin uyda telefonimda Duolingo ilovasi orqali mashqlar qilaman. Dars bilan internetni birga ishlataman. Gamifikatsiya va motivatsiya Gamifikatsiya — bu til o‘rganish jarayonini o‘yin shaklida tashkil etish. Bunday yondashuv o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, darslarni qiziqarli va interaktiv qiladi. Ballar yig‘ish, darajalar o‘tish, onlayn testlar o‘yin vositasida til o‘rganishga rag‘bat uyg‘otadi. Masalan: Quizizz degan o‘yin orqali sinfda test o‘ynaganimizda barchamiz qiziqib ishtirok qilganmiz. Har kim ball to‘plab, g‘olib bo‘lishga harakat qiladi. Sun’iy intellekt va texnologiyalarning o‘rni Bugungi texnologik taraqqiyot til o‘rganish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Sun’iy intellekt yordamida til o‘rgatuvchi ilovalar nafaqat mashqlarni avtomatik baholaydi, balki o‘quvchining individual yondashuvini shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, ChatGPT yoki boshqa AI-chatbotlar bilan mashq qilish orqali o‘rganuvchi muloqot qilish malakasini oshiradi. Masalan: Talaba yozgan inshoni Grammarly ilovasi orqali tahrir qiladi. AI xatolarni aniqlab, to‘g‘ri shaklini taklif qiladi. Bundan tashqari, ChatGPT’dan savollar so‘rab, suhbatlar qurib, mashq qiladi — bu muloqot ko‘nikmasini oshiradi. Mustaqil o‘rganish va shaxsiylashtirilgan metodlar Har bir o‘quvchining bilish darajasi, o‘rganish uslubi va qiziqishlari har xil. Zamonaviy metodologiyalar aynan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni ilgari suradi. O‘quvchi o‘z tezligida, o‘z qiziqishiga mos yo‘nalishda til o‘rganadi — bu esa natijaning yanada mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan: O‘quvchi kuniga 30 daqiqa sevimli podkastni ingliz tilida eshitadi va undan foydali so‘zlarni daftarchaga yozib boradi. Har hafta o‘z-o‘ziga "Word Test" ~ 272 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tuzadi. Bu orqali o‘quvchi o‘ziga qulay va mustahkam o‘rganish tizimini yaratgan bo‘l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada til o‘rganishning zamonaviy strategiyalari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada til o‘rganishning zamonaviy strategiyalari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aralash ta’lim, xorijiy til, gamifikatsiya, kommunikativ yondashuv, mustaqil o‘rganish, til o‘rganish strategiyasi, sun’iy intellekt, immersion usuli, zamonaviy metodologiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники