К содержанию
РецензированоUZ2026

LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKNING O‘RGANILISH TARIXI

LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKNING O‘RGANILISH TARIXI · Raximova Shodiyona Shuxrat qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Maqola lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanish tarixini, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnolingvistika va psixolingvistika kabi sohalar bilan bog‘liq ravishda, lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy metodologiyasi va asosiy olimlarining yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada XX asr oxirida Moskvada shakllangan lingvomadaniyatshunoslik maktablarining metodologik yondashuvlari hamda til va madaniyatning o‘zaro ta’siri alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat, ilmiy metodologiya, filologiya, madaniyatshunoslik, etnolingvistika, psixolingvistika, XX asr, lingvomadaniyatshunoslik maktablari, tilshunoslik. Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir xalqning madaniyati uning tilida aks etadi. Lingvomadaniyatshunoslik aynan shu bog‘liqlikni o‘rganadigan fan sohasi sifatida shakllangan bo‘lib, uning tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimgi davrlardan beri mutafakkirlar til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini o‘rganib kelishgan, biroq mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida lingvomadaniyatshunoslik XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan. Ushbu fan filologiya, madaniyatshunoslik, psixolingvistika, etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, til orqali milliy o‘ziga xoslik va madaniy qadriyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Lingvomadaniyatshunoslikning rivojlanishiga Gumboldt, Sepir, Uorf kabi olimlarning asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning tadqiqotlari til faqat aloqa vositasi emas, balki xalqning tafakkuri va dunyoqarashini shakllantiruvchi omil ekanini ko‘rsatdi. Zamonaviy lingvomadaniyatshunoslik turli tillar va madaniyatlarni taqqoslash, tarjima jarayonlari, madaniy kodlar va milliy mentalitetni o‘rganish bilan ham shug‘ullanadi. Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy fan sifatida shakllanish tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlari haqida batafsil so‘z yuritiladi. “Lingvokulturologiya” atamasi birinchi bor 1996-yilda V.V. Vorobyov tomonidan yozilgan “Lingvokulturologiyaning nazariy va amaliy jihatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasida qo‘llanilgan. 1997-yilda esa u tomonidan “Lingvokulturologiya: nazariya va metodlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan [5,331]. ~ 267 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Tilshunoslikning yangi yo‘nalishi sifatida lingvokulturologiya rivojiga katta hissa qo‘shgan olima V. N. Teliya bo‘lib, u til va madaniyatni o‘zaro bog‘liq holda, ularning sinxroniy o‘zaro ta’siri doirasida chuqur tadqiq qilgan [6, 378]. Vilgelm Gumboldt ta’kidlaganidek, til insoniyat taraqqiyotidagi eng muhim antropologik omildir: “Inson faqat til orqali fikrlaydi, his qiladi va yashaydi hamda avvalo til orqali shakllanadi” [8]. Bu nuqtada tilshunoslikning natijalari va yutuqlari falsafa, psixologiya, antropologiya, madaniyatshunoslik, etnolingvistika, hattoki fiziologiya, biologiya kabi bir qator fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. XX asrning oxirlarida Moskvada lingvomadaniyatshunoslikning 4 ta maktabi vujudga keldi: 1) Yu.S. Stepanov maktabi. Bu maktab metodologik jihatdan E.Benvenist konseptsiyasiga mos kelib, maqsadi diaxron aspektda madaniyatning o`zgarmasligini tavsiflashdir. Uning mundarijasini tasdiqlash uchun turli davrlarga oid matnlarni xolis – tashqaridan turib tahlil qilish kerak [1]. 2) N.D.Arutyunova maktabi turli davr va turli xalqlarga oid bo`lgan matnlarda uchrovchi madaniyatning universal terminlarini tadqiq etadi. Bu terminlar ham til egasi sifatida emas, tashqi kuzatuvchi nigohi bilan izohlanadi [2]. 3) V.N. Teliya maktabi Rossiya va butun dunyo ilmida Frazeologizmlarni lingvokulturologik analiz qilish Moskva maktabi nomi bilan mashhur. V.N. Teliya va uning izdoshlari til borlig`ini jonli til egasi reflekslari orqali o`rganadilar, ya’ni madaniy semantika bevosita til va madaniyatning subyekti nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Bunday tadqiq usuli A.Vejbitskayaning qarashlariga mos keladi. Unda so`zlovchining nutqiy faoliyati uning ruhiy holati taqlidi hisoblanadi. 4) V.V. Vorobyov, V. M. Shakleyin va boshqa olimlar tomonidan Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universitetida tashkil etilgan lingvokulturologiya maktabi, E.M. Vereshchagin va V.G. Kostomarovning konsepsiyasini davom ettirgan holda rivojlantirilgan [4]. Lingvomadaniyatshunoslik bu nima degan savolga ba’zi tilshunoslar, lingvomadaniyatshunoslik — etnolingvistikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi desa (V.N. Telia, S.G. Vorkachev, A.T. Xrolenko, A.E. Karlinskiy), boshqalarning fikriga ko‘ra esa, bu fan lingvo-mamlakatshunoslikning tarkibiy qismi sanaladi (E.M. Vereshchagin, V.G. Kostomarov, V.P. Oshchepkova) [4]. Yana bir guruh olimlar uni madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasining bir bo‘lagi deb hisoblaydi (O.A. Leontovich), ayrimlar esa uni etnopsixolingvistika bilan bog‘laydi (Yu.S. Sorokin, V.P. Belyanin) [5]. A.A. Leontyev, N.I. Tolstoy va A.T. Xrolenkolarn

Доказательный фрагмент

«Maqola lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanish tarixini, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanish tarixini, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy metodologiya, etnolingvistika, psixolingvistika, tilshunoslik., XX asr, Lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat, lingvomadaniyatshunoslik maktablari, filologiya, madaniyatshunoslik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники