К содержанию
РецензированоUZ2026

NOTIQLIK VA TILSHUNOSLIK

NOTIQLIK VA TILSHUNOSLIK · Rahmonova Umidaxon Xursanali qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada notiqlikning inson hayotidagi o‘rni qaysi jabhalarda insonlar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda va notiqlik mahoratini o‘zlashtirishda tilshunoslikning qay darajada muhim ekanligi tilshunoslikning bir necha yo‘nalishlari misolida yoritilgan.Bu maqola notiqlik mahoratini shakillantirish va tilshunoslikning nutq bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarini teranroq tushunish uchn foydali qo‘llanma bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: Komunikativ lingvistika, Komunikativ kompetensiya, Pragmatika, Kontekst, Nutq faoliyati, Paralingvistika, Fonatsiya vositalari, Kinetik vositalar, Grafik vositalar, Etnolingvistika. Notiqlik mahorati inson hayotida juda muhim darajaga ega. Negaki inson har jabhada o‘z nutqi orqali o‘z pozitsiyasini ko‘rsatib bera oladi. Ichki his tuyg‘ularini va kayfiyatini suhbatdoshi yoki auditoriyaga ko‘rsatib berishning ham o‘ziga yarasha chegaralari bor. Boshqalarda notog‘ri tushuncha shakllanmasligi, aytilayotgan suhbatning ta’sir doirasining kengligini taminlash uchun nutq so‘zlovchi voizmi u so‘zlovchimi bu chegaralardan xabardor bo‘lmog‘i shart. Bundan tashqari nutq o‘z o‘rnida madaniyat chegaralari bilan ham chegaralanadi. Qaysi jamoatga so‘zlayotganingizga qarab ma’lum bir so‘zlar va iboralardan foydalanishda e’tiborli bo‘lish va yana qaysidir birlariga ko‘proq urg‘u berish talab qilinadi. Bundan tashqari ma’lum bir harakatlar ya’ni tana tili bilanham inson boshqalarga axborot yetkazish qobiliyatiga ega. Albatta bularni bilish uchun tilshunoslik fani bizga yaqindan yordam berishi bor gap. Uning zamonaviy yo‘nalishlaridan bo‘lgan Komunikativ lingvistika va Paralingvistika notiqlik ilmi bilan o‘zaro mustahkam aloqaga kirishadi. Maqola davomida ushbu yo‘nalishlarning har biriga alohida yondashib ular aynan qaysi jabhada notiqlik bilan uzviy bog‘liqlik hosil qilishi tushuntirib o‘tiladi. Avvalo Komunikativ lingvistika haqida gaplashamiz. XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan shug‘ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Kommunikativ lingvistika tilning rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganishni yetakchi maqsad qilib oladi. Kommunikativ tilshunoslik tilni muloqot vositasi sifatida tadqiq qiladi, tildan foydalanishning ijtimoiy va pragmatik jihatlariga e'tibor ~ 250 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman beradi.Tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:1.Matn tilshunoligi 2.Sotsiolingvistika 3.Psixolingvistika 4.Lingvistik pragmatika. Insonning nutqiy faoliyati ya’ni odamlar o‘rtasidagi og‘zaki yoki yozma muloqot jarayonlari: tinglash, gapirish, o‘qish va yozishi Kommunikative lingvistikaning asoslaridan bo‘lgan kommunikative kompetensiya bilan uzviy bog‘liq. Kommunikative kompetensiya bu - insonning til vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish qobiliyati. Bu nafaqat grammatik bilim, balki madaniy, ijtimoiy va pragmatik bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. Pragmatika esa so‘z va iboralar ma’nosining vaziyatga qarab o‘zgarishi, ya’ni biror ibora aynan qanday kontekstda qanday tushunilishini o‘rganadi.Kontekst- muloqot paytidagi holat, joy, vaqt, ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabat va boshqa tashqi omillar. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki kommunikative kompetensiyasi qoniqarli bo‘lgan shaxslarda notiqlik qobiliyati vujudga keladi. Demak nutqning darajasini jumlalarda grammatik qoidalarga rioya qilish yoki qilmaslik, madaniyat jihatdan to‘g‘ri so‘zlardan foydalanish, so‘zlayotganda vaziyatni va joyni hisobga olish yoki olmaslik belgilab beradi. Til ijtimoiy hodisaki jamiyatdagi barcha jabhalarga ta’sir ko‘rsatadi.Grammatik qoidalarga amal qilmaslik yoki noto‘g‘ri jamoatga munosib bo‘lmagan jumlalardan foydalanish nutqni dag‘allashtirishi va fikr tugalligini ta’minlashda kamchiliklarga olib kelishi turgan gap. Shuningdek vaziyatni hisobga olish a’zada xursandchilik,to‘yda xafagarchilik qanchalik nomaqbul ko‘rinsa publisistik uslubda gapirish kerak bo‘lgan joyda badiiy yoki rasmiy uslubda so‘zlash ham shunchalik g‘alizlik keltirib chiqaradi.Biz hozir tilning verbal jihatlariga to‘xtalib o‘tdik ammo maqola boshida qayd etganimizdek nutqning “go‘zalligini” tana harakatlari ham ta’minlab beradi. Paralingvistika tilning noverbal jihatlarini o`rganadigan yo`nalishdir. U ovoz tonlari, intonatsiya, mimikalar va boshqa noverbal kommunikatsiya elementlarini tahlil qiladi. Paralingvistika odamlarning bir-birlari bilan muloqot qilishdagi nozik jihatlarni tushunishga yordam beradi. Paralingvistik vositalar XX asrning 30-yillarida o'rganila boshlandi. Kontseptsiyaning o'zi 1940-yillarda kiritilgan. Bu fan XX asrning 60-yillari boshida faol rivojlana boshladi.Paralingvistika uch turli vositalarni o‘z ichiga oladi bular-fonatsiya vositalari,kinetik vositalar va grafik vositalar.Bu vositalar ham o‘z na

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada notiqlikning inson hayotidagi o‘rni qaysi jabhalarda insonlar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda va notiqlik mahoratini o‘zlashtirishda tilshunoslikning qay darajada muhim ekanligi tilshunosl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada notiqlikning inson hayotidagi o‘rni qaysi jabhalarda insonlar hayotiga ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda va notiqlik mahoratini o‘zlashtirishda tilshunoslikning qay darajada muhim ekanligi tilshunosl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Paralingvistika, Fonatsiya vositalari, Nutq faoliyati, Komunikativ lingvistika, Etnolingvistika., Pragmatika, Kinetik vositalar, Kontekst, Grafik vositalar, Komunikativ kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники