К содержанию
РецензированоUZ2026

KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYA OLAMIZMI?

Qurbonaliyeva Maryamxon Xayotjon qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada davlatni yemiruvchi,insonlarni tubanlashtiruvchi illat – korrupsiyaga qisqacha ta’rif berildi. Korrupsiyaning qisman kelib chiqishi, ommalashib ketishi, uning keng taralgan turlari tanishtirildi. Bundan tashqari ushbu illat bilan samarali kurashayotgan ayrim davlatlar ko‘rib chiqildi va ularning korrupsiyani minimallashtirishda qo‘llagam samarali usullari keng ma’noda tahlil qilindi va o‘rganib chiqildi. Maqola so‘ngida muammo yuzasidan o‘rganilgan ma’lumotlarga qisqa xulosa berildi. Kalit so‘zlar: korrupsiya, poraxo‘rlik, antikorrupsiya, minimallashtirish, Transparency International, shaxsiy manfaatlar. Korrupsiya o‘zi nima? Bugungi kunda shiddat bilan globallashib borayotgan zamonda korrupsiya dunyo bo‘ylab dolzarb va keng muhokama qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy muammolardan biriga aylangan. ”Korrupsiya” atamasi (lotincha corrumpo-aynish,poraga sotilish)-mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish,ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi [1]. Bu atamaning kelib chiqish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Dastlab, tarixda qabila a’zolarining ma’lum bir mansabga ega bo‘lish maqsadida qabila sardoriga turli-tuman sovg‘alar berishidan boshlangan degan taxminlar mavjud. O‘sha davrlarda bu holat hech qanday tanqidga uchramagan va oddiy hol sifatida qabul qilingan. Vaqt o‘tib borgan sayin bu “oddiy” holat keng tarqala boshlagan va asta-sekin davlat boshqaruvini zaiflashtiruvchi asosiy omilga aylangan.Korrupsiya – har soha rivojida yetakchilik qilayotgan davlat va qoloq davlat– bularning har ikkisi uchun birdek g‘anim. Xalqni baxt-saodatdan, ilm ahlini o‘sishdan, ilmni yoyilishi va rivojlanishidan to‘sib turuvchi illat bu – poraxo‘rlik. Ilmsizlik avj olgan jamiyatdan faqat ochko‘z, ma’rifatsiz va noinsof insonlar yetishib chiqadi va kelgusida bunday shaxslar porani qonunga aylantirib, poraxo‘rlar jamiyatini quradi. Korrupsiya qurboni – oddiy xalq, natijasi esa ham ilmiy ham moddiy qashshoqlik bo‘lib qolaveradi. O‘tmishda davlatlar jamiyatning mana shu illat sabab buzilib ketishidan xavfsiragan. Bu kabi davlatlardan ilk bor Shumer davlati korrupsiyaga qarshi kurashgan davlat sifatida tan olindi. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida “fozil” jamiyatni adolat,axloq va aql ustuvor bo‘lgan jamiyat deya ta’riflaydi. Bunday jamiyatda rahbarlar xalq ~ 232 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman manfaatini o‘z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yadi. U “johil” jamiyatlarni esa axloqiy fazilatlardan mahrum bo‘lgan kishilar jamoasi deb ataydi. Bunday jamiyatlar o‘z hayoti, turmush tarzi va shuningdek, davlat boshqaruvida pora, adolatsizlik va axloqsizlik keng tarqalgan degan fikrni ilgari surgan[6]. Bugungi kunda esa yuqorida sanab o‘tilgan illatlarni korrupsiyaning turli ko‘rinishida ko‘rish mumkin. Masalan, 1. Ma’muriy korrupsiya 2. Siyosiy korrusiya 3. Iqtisodiy korrupsiya 4. Ta’limda korrupsiya. Ma’muriy korrupsiya – bu davlat xizmatida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida vakolatlaridan foydalanish. Korrupsiyaning bu turi,odatda, fuqarlarga hujjat tayyorlab berish,ruxsatnoma olish kabi vaziyatlarda pora talab qilish yoki taklif qilish,tanish-bilishchilik orqali davlat lavozimiga joylashtirish,yoki davlat mulkini noqonuniy o‘zlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Siyosiy korrupsiya – bu yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan o‘z vakolatlaridan shaxsiy yoki guruhiy manfaatlar yo‘lida foydalanish. Ushbu tur asosan saylov jarayonlarida ta’minlanishi kerak bo‘lgan shaffoflikning yo‘qligi va saylov natijalarining soxtalashtirilishi kabi vaziyatlarda kuzatilishi mumkin. Iqtisodiy korrupsiya – bu davlat yok xususiy sektor vakillarining o‘z vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishi oqibatida davlatning iqtisodiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar. Iqtisodiy korrupsiya bojxona tizimi va soliq tizimida noqonuniy imtoyozlar berilishi kabi holatlarda uchraydi. Bundan tashqari davlat mulkini asl narxidan arzonlashtirib, noqonuniy boylik jamg‘arish ham iqtisodiy korrupsiya natjasida sodir bo‘ladi. Ta’limda korrupsiya – bu ta’lim yo‘nalishidagi mansabdor shaxslarning o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida vakolatlaridan noqonuniy foydalanish oqibatida ta’lim jarayonidagi sifatning buzilishi, ta’limdagi adolatlilikka salbiy ta’siri. Ta’lim sohasidagi korrupsiya juda keng taralgan tur hisoblanadi,uning ko‘rinishlari imtihon natijalarini soxtalashtirish, ilmiy darajalarni noqonuniy yo‘llar bilan berishda namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta’riflangan poraxo‘rliklar natijasda aholi orasida davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonch pasayishi,davlat byudjetidagi mablag‘larning noqonuniy o‘zlashtirilishi, ham iqtisodiy ham ilmiy sohada o‘sishning sekinlashuvi yoki butkul to‘xtab qolishi kabi holatlar yuzaga kelmoqda. Bu illat dunyoning hech bir davlatini chetda qoldirmagan va har bir jamiyat bu ill

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada davlatni yemiruvchi,insonlarni tubanlashtiruvchi illat – korrupsiyaga qisqacha ta’rif berildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada davlatni yemiruvchi,insonlarni tubanlashtiruvchi illat – korrupsiyaga qisqacha ta’rif berildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korrupsiya, Transparency International, shaxsiy manfaatlar., antikorrupsiya, minimallashtirish, poraxo‘rlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники