К содержанию
РецензированоUZ2025

Leksik kompetensiyani shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvning o’rni va ahamiyati

Xabibullaeva Guljaxan Kengesbay qizi (University of California Press, 1985. – p 80.)

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 2025

Аннотация

Maqolaning nazariy-metodologik asosi sifatida kompetensiyaviy yondashuv xizmat qiladi.Leksik kompetensiya - bu muloqot ishtirokchisining muayyan nutqiy vaziyatda so‘zning kontekstual ma’nosini aniqlash, uning ikki tildagi ma’no hajmini taqqoslash, so‘z ma’nosining tuzilishini tushunish va undan nutqiy hamda lingvokulturologik vaziyatga muvofiq foydalanish qobiliyati bo‘lib, u leksik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, shuningdek, shaxsiy til va nutq tajribasiga asoslanadi. Kalit so‘zlar. Kompetensiya, ko‘nikma, bilim, tajriba, qobiliyat, og‘zaki, yozma, muloqot, lingvistika. So‘nggi o‘n yillikda ta’lim jarayonining mohiyatini aks ettiruvchi kategorial-tushuncha apparati o‘zgarmoqda. "Tayyorgarlik", "ma’lumotlilik", "malakalilik" tushunchalari o‘rnini "moslashuvchan ko‘nikmalar", "harakatchanlik", "kompetensiya", ta’lim oluvchilarning "kompetentligi" kabi tushunchalar egallamoqda. Oliy ta’limning an’anaviy kognitiv yo‘nalishlari bilan bog‘liq ziddiyatlarni hal qilish zaruriyati, birinchi navbatda, kompetensiyaviy yondashuvga bosqichma- bosqich o‘tishni taqozo etadi. Til shaxsiyatining rivojlanishini chet tilini o‘qitishda kompetentsiyaga asoslangan ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida tan olgan holda, bu rivojlanishning mohiyati haqidagi masalani ta’lim jarayonida hal qilish zarur. 149 STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY Faqatgina bilim uzatishga asoslangan ta’lim mustaqil va mas’uliyatli ishlashga tayyor, murakkab kasbiy muammolarni hal qila oladigan mutaxassisni tayyorlash imkonini bermaydi. An’anaviy ta’lim shakllari shaxsning salohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu munosabat bilan ko‘plab mamlakatlarda davlat darajasida ta’lim tizimi isloh qilinmoqda. Islohotning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchilarni tashabbuskorlik va mas’uliyatga asoslangan faoliyatga yo‘naltirish, shuningdek, umr bo‘yi uzluksiz o‘z ustida ishlashga o‘rgatishdir. Bu faoliyat doirasida bo‘lajak mutaxassislar aniq lavozim majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalarni shakllantirishlari va rivojlantirishlari lozim. Kompetentsiya - ichki, potentsial, yashirin psixologik yangi tuzilmalar (bilimlar, tasavvurlar, harakatlar dasturlari (algoritmlari), qadriyatlar va munosabatlar tizimlari) bo‘lib, keyinchalik kompetensiyalarda namoyon bo‘ladi. Kompetensiya - o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar, bilimlar va tajribaga asoslanib, berilgan vazifani bajarish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyatini ta’minlaydi. Bunga misol qilib tarjimonning o‘z kundalik ishida foydalaniladigan tilni bilish darajasini keltirish mumkin [1; 108-b.]. Zamonaviy metodikada kompetensiya tushunchasi nafaqat "xabardorlik, bilimlar majmuasi" (agar til bilimiga oid bo‘lsa), balki "qobiliyat" ham (agar ko‘nikma va malakalar hamda tilni amaliy egallashga oid bo‘lsa) deb tushuniladi [2; 110-113-b.]. Xorijiy tildan kommunikativ maqsadlarda foydalanish ma’lum darajadagi til, nutq va ijtimoiy- madaniy kompetensiyani talab etadi, shu sababli chet tillarini o‘qitish zaruriyati vujudga keladi. Bu jarayon o‘z mamlakati hamda o‘rganilayotgan til mamlakatining ijtimoiy va madaniy hayoti o‘ziga xosliklarini o‘rganish bilan uzviy bog‘liq holda olib borilishi lozim. Ingliz tilini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvni faoliyatga turli xil usullar orqali joriy etish mumkin. Innovatsion texnologiyalarning asosini o‘quv jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil etish tashkil qiladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning faolligi, ularning mustaqil va bilim olishga qaratilgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o‘quvchilarning o‘quv va asl matnlar bilan mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bularning barchasi ularda muammoli masalalar ustida ishlash, noaniq vaziyatlardan chiqish, zarur ma’lumotlarni mustaqil ravishda toppish, vaziyatlarni aniqlash, zarur ma’lumotlarni mustaqil ravishda topish va h.k., shu kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Ta’lim oluvchilarning kompetentligini shakllantirish bo‘lajak bitiruvchilar faoliyatining samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Shu sababli, ta’lim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni ularning o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘z ustida ishlash, ehtiyojlarini anglash va ijodiy salohiyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy metodistlarning (I. L. Bim, N. D. Galskova, R.P. Milrud, V. V. Safonova, Ye. N. Solovova va boshqalar) fikricha, chet tili kommunikativ kompetensiyasi - bu til egasi bilan chet tilida muloqot qilish qobiliyati va tayyorgarligi, suhbatdoshlarni idrok etish va tushunish, o‘z fikrlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ifodalash qobiliyatidir. Ta’lim talablarini inobatga olgan holda, bitiruvchining chet tili kommunikativ kompetensiyasi darajasi shaxslararo va madaniyatlararo masalalarni hal qilish uchun samarali og‘zaki va yozma muloqot olib borish uchun yetarli bo‘lishi kerak [1, 108-b.]. Xorijiy tillarni o‘qitishning vazif

Доказательный фрагмент

«Maqolaning nazariy-metodologik asosi sifatida kompetensiyaviy yondashuv xizmat qiladi.Leksik kompetensiya - bu muloqot ishtirokchisining muayyan nutqiy vaziyatda so‘zning kontekstual ma’nosini aniqlash, uning ikki til…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolaning nazariy-metodologik asosi sifatida kompetensiyaviy yondashuv xizmat qiladi.Leksik kompetensiya - bu muloqot ishtirokchisining muayyan nutqiy vaziyatda so‘zning kontekstual ma’nosini aniqlash, uning ikki til… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Компетентность, written, experience, устная, oral, knowledge, tajriba, ability, communication, Kompetensiya, yozma, письменная, lingvistika, коммуникация, знание, ko‘nikma, опыт, linguistics, bilim, og‘zaki, Competence, muloqot, способность, skill, умение, лингвистика, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники