К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘zbek va ingliz tillarida to‘y bilan bog‘liq leksik birliklar tadqiqi: tilshunoslikda to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi

Uzakova Lola Anvarovna

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi umumiy tasnifi berilgan. Shuningdek, tilshunoslikda to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi hamda o‘zbek va ingliz to‘y so‘zining semantik va lingvokulturologik tahlil va muhokama qilingan. Shuningdek, to’y bilan bog’liq leksik birliklarning ishlatilishlarining o’xshash va qarama qarshiliklari ko’rib chiqilgan. Tilshunoslikda to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi, tо‘y bilаn bоq‘liq urf-оdаt udumlаrini оnоmоsiоlоgik tаdqiqi, tо‘y leksemаsini mа‘nо vа etimоlоgiyаsi hаqidа tаriхiy yоzmа mаnbаlаrdа аnсhаginа qiziqаrli fikrlаr mаvjud. Muallif o‘zbek nikoh to‘yining barcha jarayonlariga: sovchilik, fotiha, bevosita nikoh to‘yi urf-odatlariga va to‘ydan keyin o‘tkaziladigan udumlarga alohida e‘tibor qaratadi. Etnografiyaning nazariy muammolari sirasiga kiruvchi ma‘naviy madaniyatning muhim qismi bo‘lgan oila-nikoh masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot qarashlari keltirlgan. Maqola, lingvokulturologiya fenomeniga qiziqish ortib borayotgani, til, madaniyat, antropologiya, etnolingvistika va ko‘p tilli shaxsni rivojlantirish asoslari, madaniyatlararo muloqot sharoitida nutq xatti-harakatlarining sotsial-madaniy normalari kabi muammolarni muqarrar ravishda dolzarb qiladi. Shuningdek, har qanday xalqning 146 STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY to‘y bilan bog‘liq til madaniyati, urf-odatlari, marosimlari nuqtayi nazaridangina tushunishga yordam beradi. To‘y inson ijtimoiy hayotining muhim va ajralmas qismi bo‘lib, qadimgi davrlarga borib taqaladi. Shuningdek, u butun dunyodagi turli madaniyatlarning muhim belgisidir. To‘y marosim nomlarining lingvokulturologik tadqiqini amalga oshirish jamiyat tarixi va taraqqiyotini ifodalashga, ularning qadriyatlar tizimini qiyosiy jihatdan o‘rganishga yordam beradi. Ma’lumki, hozirgi kunda globallashuv tendensiyasi natijasida madaniyatlararo munosabatlarga o‘z ta’sirni ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, “Oila va nikoh to‘yi yer yuzidagi barcha odamlar ishtirok etadigan ijtimoiy institutlardir. ”O‘zbek tili izohli lug‘atida esa to‘y leksemasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 1. “Oilada bazm, o‘yin-kulgi va ziyofat bilan o‘tkaziladigan ko‘pgina marosimlarning umumiy nomi. Nikoh to‘yi. 2. Etn. Maslahat, kelishuvga binoan kuyov tomonidan (kelin)nikiga yuboriladigan pul, sarpo, don-dun hamda shu munosabat bilan kuyov xonadonida bo‘ladigan yig‘in, ziyofat. Ertaga to‘y, indinga nikoh. 3. Biror sabab tufayli bazm-ziyofat, o‘yin-kulgi bilan o‘tkaziladigan yig‘in, tantana, bayram. Hosil to‘yi”18. Ingliz tilining Oksford izohli lug‘atida esa to‘y leksemasi quyidagicha izohlanadi: “wedding19 - a marriage ceremony, and the meal or party that usually follows it. I dreamed of having a big wedding, with all my family and friends. I’m going to a wedding this weekend. Have you been invited to their wedding?; Television coverage of the royal wedding, at a wedding; I met her at my brother’s wedding; wedding to somebody; Over 300 guests attended his wedding to his childhood sweetheart;a wedding ceremony/reception; She looked beautiful on her wedding day; a wedding present/gift; All her friends could hear wedding bells (= they thought she would soon get married).” (“To‘y – nikoh marosimi va odatda undan keyin bo‘ladigan taom yoki ziyofat20. Men butun oilam va do‘stlarim bilan katta to‘y qilishni orzu qilardim. Men shu dam olish kunlarida to‘yga boraman. Sizni ularning to‘ylariga taklif qilishganmi? Qirollik oila to‘yini televideniyeda yoritish; U bilan akamning to‘yida tanishdim; kimningdir to‘yi. Uning bolalikdagi sevgilisi bilan bo‘lgan to‘yiga 300 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi; to‘y marosimi/ziyofat; U to‘y kuni go‘zal ko‘rinardi; to‘y sovg‘asi; Uning barcha do‘stlari to‘y qo‘ng‘iroqlarini eshitishdi (ular yaqinda turmushga chiqadi, deb o‘ylashdi)” Ko‘rinadiki, o‘zbek va ingliz tillarida to‘y so‘zining ma’nosi bir-biriga juda ham yaqin. Keltirilgan misollarda nikoh marosimi, tantana va ziyofat ma’nosida qo‘llaniladi. Biroq shuni aytish kerakki, o‘zbek tilida to‘y leksemasi bilan quyidagi so‘zlar assotsiatsiyaga kirishadi: beshik, fotiha, xatna va ushbu so‘zlar ingliz tilida uchramaydi. Professor Sh.Iskandarovaning fikricha, mazmuniy maydonlarning struktur nazariyasi ma’nolarni komponent tahlil qilishi maqsadga muvofiqdir21. Darhaqiqat, semantik tahlili uchun ichki munosabatlar batafsil tahlil qilinishi uchun komponent tahlil muhim o‘ringa ega. O‘zbek tilshunos olimasi R.Kasimova nikoh to‘yi leksemasini quyidagicha izohlaydi22: “Nikoh” arabcha so‘z bo‘lib, “er va xotinni shariat orqali qonuniylashtirish” deb izohlaydi va olima nikoh to‘y marosimini tuzilishiga ko‘ra uch bosqichga bo‘ladi: birinchi bosqich – to‘yga tayyorgarlik, to‘y 18 Hojiyev A., Nurmonov A., Zaynobiddinov S. Hozirgi о‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati – Тoshkent: Sharq, 2001. – 269 b. 19

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi umumiy tasnifi berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida to‘y bilan bo‘gliq leksik birliklarning o‘rganilishi umumiy tasnifi berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
wedding traditions, предложение руки и сердца, unashtirish, leksemalar, Английские свадебные ритуалы, брак, nikoh, proposal, marriage, Ingliz to’y marosimlari, taklif, свадебные традиции, lexemes, English wedding rituals, to'y an'analari, лексемы, engagement, помолвка
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники