К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY “YO LABDURUR” RADIFLI TUYUQ TAHLILI

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur bo‘limda o‘zbek tilida “iroda” konseptining leksik- semantik tahlili amalga oshirilgan. Tilshunoslikda “iroda” tushunchasi ong, qaror, intilish, mustahkamlik, chidamlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi jihatlar orqali talqin etilishi ko‘rsatib berildi. Tahlil jarayonida o‘zbek tiliga xos bo‘lgan sinonim birliklar, antonimlar, metaforik ifodalar, maqollar va barqaror iboralar vositasida “iroda” konseptining semantik maydoni aniqlab olindi. Shuningdek, konseptga oid asosiy leksik birliklarning tilda qo‘llanish chastotasi, uslubiy belgilari va nutqiy kontekstlardagi funksional yuklamalari tadqiq etildi. “Iroda” konsepti orqali o‘zbek xalqining dunyoqarashi, qadriyatlari va psixologik holatlari til orqali qanday ifodalangani ochib berildi. Kalit so‘zlar: iroda, konsept, semantika, leksik birlik, sinonim, metafora, xalq tafakkuri, til va madaniyat. Annotation. This section presents a lexical-semantic analysis of the concept “willpower” (iroda) in the Uzbek language. It is shown that in linguistics, the concept of “iroda” is interpreted through aspects such as consciousness, decision-making, perseverance, resilience, and goal orientation. During the analysis, the semantic field of the concept was identified through synonyms, antonyms, metaphorical expressions, proverbs, and stable phrases specific to the Uzbek language. In addition, the frequency of use, stylistic features, and functional load of key lexical units related to the concept were studied in various speech contexts. The study reveals how the worldview, values, and psychological states of the Uzbek people are reflected through language in the framework of the “iroda” concept. Keywords: willpower, concept, semantics, lexical unit, synonym, metaphor, folk thinking, language and culture. Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi sifatida tan olingan. U o‘zining adabiy ijodi bilan nafaqat o‘zbek tilini mumtoz she’riyat darajasiga ko‘tardi, balki uni turkiy tillar orasida eng nufuzli adabiy tilga aylantirdi. Navoiyning ijodida g‘azal, qasida, ruboiy kabi janrlar bilan birga tuyuq janri ham alohida o‘rin tutadi. Tuyuq — turkiy she’riyatning betakror shakllaridan bo‘lib, unda muayyan qofiyaviy va radiflik tizim orqali mazmun va shakl uyg‘unlashgan holda ifodalanadi. 95 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Tuyuq matni: Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur, Yo magar shahdu shakar yolabdurur. Jonima payvasta novak otqali G’amza o’qin qoshig’a yolabdurur. Tuyuqning umumiy tuzilmasi va janriy xususiyatlari. Tuyuq mumtoz turkiy she’riyatga xos, odatda to‘rt misradan iborat, ohangdorlik va qofiya jihatidan qat’iy tartibga solingan she’riy shakldir. Tuyuqda so‘z o‘yini, ramz, kinoya va majozga keng o‘rin beriladi. Navoiy tuyuq janrida ham o‘ziga xos uslub yaratgan. Yuqoridagi tuyuqda ham shoir o‘ziga xos badiiylik bilan shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlagan. Mazkur tuyuqda radif — "yo labdurur/yolabdurur" ifodasi hisoblanadi. Radifning har bir misrada takrorlanishi nafaqat musiqiylikni ta’minlaydi, balki mazmunga kuchli ritmik va semantik urg‘u beradi. Kofiya esa – "labdurur – yolabdurur" kabi so‘zlar orqali yuzaga keladi. Leksik-semantik tahlil. Tuyuqdagi asosiy kalit so‘zlar: "shahd", "shakar", "lab", "novak", "g‘amza", "o‘q", "qosh", "yo rab", "payvasta" va "yolabdurur". Bu so‘zlar bir-biri bilan semantik aloqada bo‘lib, sevgi, oshiq-ma’shuq munosabatlari va ishqiy jarohat timsollarini ifodalaydi. “Shahdu shakar” va “lab” munosabati. “Shahdu shakar” ya’ni asal va shakar, qadimiy she’riyatda ma’shuqaning lablari uchun ishlatiladigan o‘xshatmalardir. Bu metafora bilan shoir ma’shuqaning lablarini nihoyatda shirin, hayotbaxsh deb tasvirlaydi. “Yo labdurur” degan jumla ikki ma’noga ega: “Ehtimol, bu shahdu shakarning o‘zi emas, balki lab bo‘lsa kerak” yoki “Bu labda shahdu shakar bordek”. “Yolabdurur” fonetik va semantik o‘yin. “Yolabdurur” – “yalamoq” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, ikki xil ma’no beradi: birinchi “shahdu shakarning o‘zini yalagan bo‘lsa kerak”, ikkinchisi – “lab shahdu shakarga shunchalik o‘xshaydiki, go‘yo uni yalagan”. Bu yerda so‘z o‘yini, ya’ni pun (punning) usuli qo‘llaniladi, bu esa tuyuqning badiiy salohiyatini oshiradi. “G’amza o’qi”, “qosh”, “novak” ishqiy jarohat timsollari. Shoir g‘amzani “o‘q”, qoshlari esa “yol” (yo‘l, yo‘nalish) sifatida talqin qiladi. Bu esa oshiqning qalbini nishonga olgan ma’shuqaning nigohi bilan bog‘liq. “Jonima payvasta novak otqali” ya’ni, jonimga doimiy ravishda (payvasta) o‘q otish uchun g‘amza o‘qi qoshga yo‘naltirilgan. Bu bevosita ishq jarohatini ifodalovchi obrazdir. Navoiyning mazkur tuyuqda qo‘llagan asosiy badiiy vositalari: 96 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Metafora: shahdu shakar = lab, g’amza = o‘q, qosh = nishon yoki yo‘naltiruvchi. Tashbeh: g’amza o‘qiga o‘xshatilib, oshiqning joni

Доказательный фрагмент

«Mazkur bo‘limda o‘zbek tilida “iroda” konseptining leksik- semantik tahlili amalga oshirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur bo‘limda o‘zbek tilida “iroda” konseptining leksik- semantik tahlili amalga oshirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
willpower, concept, semantics, lexical unit, synonym, metaphor, iroda, metafora, konsept, leksik birlik, semantika, til va madaniyat., xalq tafakkuri, sinonim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники