К содержанию
РецензированоRU2026

ODAM TAYANCH HARAKATLANISH TIZIMI

Alimardonova Mutabar Xolmoʻminovna · Ziyotova Dildora Zikrillo qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika) · To'layeva Marjona (Shahrisabz davlat pedagogika instituti biologiya)

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

В статье рассматривается строение, функции и задачи опорно-двигательного аппарата человека. В статье мы также рассмотрим вопросы, связанные с позвоночником человека. Мы поговорим о натуральных средствах, укрепляющих костную систему. Ключевые слова: основа, система, движение, естественный, растение, кость, полость, длинный, короткий, молодость, позвоночник, бедренная кость, мозг, спинной мозг, ключица, ребро, копчик, хвост, шея, лицо, система Annotatsiya : Ushbu maqola odam tayanch harakatlanish tizimining tuzilishi, funksiyalari va vazifalari haqida .Maqolada insonda uchrovchi suyak bilan bog’liq bo'lgan moummolarni ham ko'rib chiqamiz .Suyak sistimasining mustahkamlovchi tabiiy sharoittagi dori vositalari haqida suhbatlashamiz. Kalit so'zlar : tayanch , tizim, harakat, tabiiy, o’simlik, suyak, g’ovak , uzun, kalta ,yoshlik ,umurtqa , son suyagi ,bosh miya ,orqa miya ,qul kamari , qovurg'a ,dumg'aza, dum ,buyin , yuz ,sistema. Odam tayanch harakatlanish tizimi, yoki skelet tizimi, inson tanasining muhim tuzilmasidir. U tanani qo'llab-quvvatlaydi, muvozanatni ta'minlaydi va harakatlanishni imkoniyatini beradi. Odam skelet tizimi bosh, qovurg'a, umurtqa va memberlar (qo'l va oyoqlar) suyaklaridan iborat. Odam tayanch harakatlanish tizimining asosiy qismlari: 142 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Suyaklar – odam skeletining asosiy mumtoz tuzilmalari bo'lib, ular tayanch, himoya, harakat va metabolizm funksiyalarini bajaradi. Suyaklar turli shakl va funktsiyalarga ega bo'lib, odam tanasidagi har xil yuklarni ko'tarishga va harakat qilishga yordam beradi. Quyida suyaklar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan: Suyaklarning asosiy funksiyalari: 1. Tayanch vazifasi: Suyaklar organizmning asosiy tayanch tuzilmasini hosil qiladi va tanaga shakl beradi. 2. Himoya: Suyaklar ichki organlarni tashqi ta'sirlardan himoya qiladi. Masalan, bosh suyaklari miya va yuz mushaklarini himoya qiladi, qovurg'a esa yurak va o'pka kabi organlarni himoya qiladi. 3. Harakatni ta'minlash: Suyaklar mushaklar bilan birgalikda harakatni ta'minlaydi. Mushaklar suyaklarga bog'lanib, ularni harakatlantiradi. 4. Qon ishlab chiqarish: Suyak ichida joylashgan qizil suyak iligi qizil qon hujayralari, oq qon hujayralari va trombositlarni ishlab chiqaradi. 5. Minerallarni saqlash: Suyaklar kaltsiy va fosfor kabi minerallarning saqlovchisi bo'lib, organizmning metabolizmi uchun zaruriy resurslarni beradi. Umurtqa tuzilishi: Umurtqa 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan bo'lib, ular navbatma-navbat joylashgan. Umurtqa quyidagi bo‘limlardan iborat: 1. Bo‘yin umurtqalari (cervical vertebrae): 7 ta umurtqadan iborat (C1 - C7). Birinchisi - "atlas", ikkinchisi - "axis", bu umurtqalar boshning harakatini ta'minlaydi. 2. O‘rta umurtqalari (thoracic vertebrae): 12 ta umurtqadan iborat (T1 - T12). Ular qovurg'alar bilan birlashib, ko'krak qafasini hosil qiladi. 3. Pastki umurtqalari (lumbar vertebrae): 5 ta umurtqadan iborat (L1 - L5). Ular eng kuchli va kengaygan tuzilishga ega bo‘lib, ko‘p yuklarni ko‘targanda yordam beradi. 4. Sakral umurtqalar (sacral vertebrae): 5 ta umurtqa (S1 - S5) birlashib, sakrumni hosil qiladi. Ushbu tuzilma belning o'rta qismida joylashgan. 5. Koksig (coccyx): 3-5 ta noaniq umurtqalar birlashib, kichik bir tuzilma hosil qiladi. Bu umurtqa odamning pastki qismida joylashgan. Umurtqaning funktsiyalari: 1. Himoya: Umurtqa orqa miyani himoya qiladi, bu esa asosiy nerv tizimining bir qismi hisoblanadi. 2. Tayanch vazifasi: Umurtqa tanaga shakl beradi va mushaklar bilan birga harakatni ta'minlaydi. 143 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3. Harakat: Umurtqa bir xil va turli yo‘nalishlarda harakatlarni bajarishga imkon beradi, mushaklar va bo‘g‘imlar bilan birgalikda. 4. Yuk tashish: Umurtqa tana yukini taqsimlash va muvozanatni saqlashni ta'minlaydi. Umurtqa muammolari: Umurtqaning sog'lomligi odamning umumiy harakatlari va hayot sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Umurtqaga ta'sir qiluvchi ba'zi umumiy muammolar: - Skolioz: Umurtqaning noziklik bilan qiyshayishi, bu esa tanada asimmetriyani keltirib chiqaradi. - Diskning o'zgarishi (prolaps): Umurtqa orasidagi intervertebral disklarni o'zgarishi va siqilishi, bu esa og'riq va harakatni cheklaydi. - Osteoxondroz: Umurtqaning suyak va yumshoq to'qimalarida degeneratsiya jarayonlari. Umurtqaning salomatligini saqlash uchun jismoniy faoliyat, to'g'ri ovqatlanish va zarur hollarda tibbiy ko'riklar o'tkazish muhimdir. Shu bilan birga, ortopedik do'kondan maxsus ortopedik kiyimlar va yostiqlar foydalanish umurtqa sog'lig'ini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Bo'g'im (artikulatsiya) — suyaklarning bir-biri bilan bog'lanishi va harakatini ta'minlovchi tuzilma. Bo'g'imlar odamning tayanch harakatlanish tizimining muhim qismi sifatida juda muhim rol o'ynaydi. Ular suyaklar orasidagi aloqa va harakat mexanizmini tashkil etadi. Bo'g'imlar turli qiyofalarda bo'lib, ularning har biri o'ziga xos funktsiyalarga ega

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается строение, функции и задачи опорно-двигательного аппарата человека.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается строение, функции и задачи опорно-двигательного аппарата человека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
support, system, movement, natural, plant, bone, hollow, long, g’ovak, dum, buyin, uzun, tabiiy, son suyagi, yoshlik, tizim, umurtqa, qul kamari, qovurg'a, kalta, yuz, tayanch, suyak, orqa miya, sistema., o’simlik, dumg'aza, harakat, bosh miya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники