К содержанию
РецензированоUZ2026

TELEKANALLAR DASTURLARIDA INFORMATSION KO‘RSATUVLARNING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

TELEKANALLAR DASTURLARIDA INFORMATSION · Hatamov Mirjamol To‘lakovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni auditoriyasini kengaytirish uchun yangicha shakl va uslublar, ta’sirchan vositalardan samarali foydalanish masalalarining dolzarbligi xususiyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: informatsiya, televidenieda tinglovchi, muharrir. Jamiyatda huquqiy-demokratik tamoyillarning qaror topishini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Televidenie omma fikrini, ma’naviyatini shakillantirishga xizmat etuvchi ta’sirchan vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Eng asosiysi, televidenie kishilarning axborot olish manbasi va madaniy xordiq chiqarishga xizmat qiluvchi san’at turidir. Shu bois, televidenie aholi uchun faqat hordiq vazifasi emas, balki tezkor axborot manbai sifatida xizmat qilishi zarurdir. Ammo, bugungi kunda xolis va tezkor axborot olish, xolis va tezkor axborot uzatish o‘zbek jurnalistkasining eng jiddiy muammolaidan ekanini tan olishimiz kerak. Bu borada Prezidentimiz, “Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni...kutadi” deya aytib o‘tgan. Natija va tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak OAVning har bir tizimida ma’lum yutuqlarga erishildi, shu jumladan, televideniyada ham, bugungi kunda televideniening imkoniyatlari qamrovi shu darajada kengaydiki, natijada bevosita shu daqiqaning o‘zida teletomoshabinlarga voqea-hodisani namoyish eta olish darajasida rivoj topdi. Televidenie voqealar jarayoni haqiqatni ko‘rsata oluvchi hamda unga hamohang va uyg‘un qadrlar teletomoshabin hotirasiga kirib, voqealar jarayonini kuzatishga va tushinishiga ko‘mak beradi. Shuningdek, “Televidenie faqatgina kadrlar va tasviriy tizma shaklida emas, balki axborot berish vositasi sifatida namoyon bo‘lishi zarurdir” . Hozirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida to‘rtta kanal faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu televizion kanallar orqali asosan uch janr asosidagi teleko‘rsatuvlar berib boriladi. Bular: 91 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1.Axborot janri – voqeani qisqa va lo‘nda tomoshabinga yetkazish, izchillik, holislik va oshkoralik. Bu turkum ko‘rsatuvlarning asosiy mezoni va o‘ziga xosligidir. 22.Publitsistik janr – bu turkumdagi ko‘rsatuvlar dramaturgiya qonunlariga bo‘ysingan, mavzu bir maqsadga yo‘naltirilgan, reja asosida amalga oshirilgan tarzda tayyorlanadi. 3.Badiiy janr – muallif tasavvurida o‘ylab topilgan, hayotiy voqelikni umumlashtirish, ularni tartibga solish, har xil janrlarda teletomoshabinga yetkazib beriladi. Demak, har bitta teleko‘rsatuv bevosita teletomoshabin ehtiyoji hamda madaniy hordiq olishiga qaratilgandir. Bu telekursatuvlar sirasida informatsion ko‘rsatuvlar alohida ahamiyat kasb etadi. E’tiborlisi, infomatsion ko‘rsatuvlar doymiy ravishda muhim bo‘lgan mavzularni yoritib bormoqda. Bu yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan fikrlarda ham o‘z aksini topgan, “Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni tanqidiy baholar ekanmiz, muhim bir masalaga e’tibor qaratishimiz zarur, deb o‘ylayman. Ya’ni, bu o‘rinda gap ommaviy axborot vositalari va davlat hokimyati organlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash, jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mehanizmlarini, axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda”. Informatsiya – nafaqat axborot manbai balki, tezkorlik hamda auditoriya ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Informatsiya – inson uchun muhim omil, balki kundalik ehtiyoj hamdir. Aslida, informatsiya tushunchasi nima? Bu atama asli lotincha so‘z bo‘lib. “informatsiya” ya’ni, bayon qilish, habar qilish, tushintirish, ma’lum qilish, ma’nolarini anglatadi. Bu o‘z navbatida, axborotning tabiati va mohiyatini talqin etish borasidagi yagona bir to‘htamga kelish masalasini yanada murakkablashtirgan janr hisoblanadi. Chunonchi, bu masalani mahsus tadqiq etgan olimlardan birining ta’kidlashicha, “Axborot bilimdan ajralmasdir – bilimning tarkibiy qismidir” . Ayni paytda berilayotgan har qanday axborot ham bilim axboroti bo‘la olmaydi, chunki berilayotgan har bitta informatsiya insoniyatning o‘zini o‘rab turgan tashqi olamini bilishda hamda o‘zaro muloqotda muhim rol o‘ynaydi. 92 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuningdek, informatsion ko‘rsatuvlarda berilayotgan axborot, faktlar haqidagi habardangina iborat bo‘lib qolmay, balki inson ichki ehtiyoji bo‘lishi muloqotni ta’minlovchi aloqa qilish amali va fikr almashish jarayoni hamdir. Bugungi kunda “Ommaviy axborot vositalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni auditori…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni auditori… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
televidenieda tinglovchi, informatsiya, muharrir.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники