К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK ADABIY TILINING IJTIMOIY VAZIFASI

Shukurova Nodira Nazimovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary language in the period of independence. Key words: literary language, independence, social function of the literary language, polyvalence, national spirit. Nazariyotchi tilshunos M.M.Guxman milliy adabiy tilning xususiyati haqida shunday deb yozgan edi: Rivojlangan milliy tillar vujudga kelgan davrda adabiy tilning bu turi asta-sekin tilning boshqa mavjudlik shakllarini siqib chiqaradi, ularning ijtimoiy ahamiyatini pasaytiradi va umummilliy normaning ifodachisi, milliy til mavjudligining oliy shakliga, lisoniy aloqaning universal vositasiga aylanadi. Shu munosabat bilan savol tug‘iladi. Xo‘sh, davlat tili haqidagi qonun qabul qilinib istiqlolga erishganimizdan keyin o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasi (polivalentligi) to‘liq shakllandimi? O‘zbek milliy adabiy tili lisoniy aloqaning universal vositasiga aylandimi? Afsuski bu savolga ha deb javob bera olmaymiz. Chunki o‘zbek adabiy tilining istiqloldan keyingi ahvolini kuzatsak “Davlat tili haqida”gi qonun talablarining ko‘p holda bajarilmayotgani, davlat tilining amaliyotga keng joriy qilinmayotgani jonajon poytaxtimiz ko‘chalari ajnabiy yozuvlarga to‘lib ketayotgani, shahar maktablari imijimida ruslashtirilayotgani, qonunlarimiz hali ham boshqa tilda ijod qilinayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Shuning uchun ham O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudentsiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to‘laqonli qo‘llash bilan bog‘liq” degan edi. O‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasini to‘liq bajarishi davlat (aniqrog‘i davlatning til siyosati)ga, jamiyat (xalq) va shaxsning ruhiyatiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki til haqidagi qonun qabul qilinib (1989), keyinchalik uning tahrir etilishi (1995) bilan davlat bu boradagi o‘z vazifa-sini bajardi. O‘zbek adabiy tiliga siyosiy va huquqiy erk berildi. Binobarin mamlakatda o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasini cheklaydigan siyosiy va huquqiy kuch yo‘q. Mazkur qonunning amal qilishi aniqrog‘i adabiy til ijtimoiy vazifasini to‘la bajarishi uchun esa «xalqimiz ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘i darkor. Ruh 122 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bedorligiga uning rahbar-rahnamolari, olimu ziyolilari, barcha farzandlari mas`uldir». Binobarin malomatli maraz bo‘lgan mustamlakachilik asoratini mahv etish yo‘llarini ko‘rsatish ham tilshunos, ham adabiyotshunosning birlamchi vazifasi bo‘lmog‘i darkor. SHu munosabat bilan milliy ruh masalasi dolzarb muammoga aylanadi. Negaki milliy ruh uyg‘oq bo‘lib yuqori darajada zuhur etgan taqdirdagina polivalentlik to‘la shakllanadi, aks holda adabiy tilimiz ijtimoiy hayotning hamma sohasida barcha tomonidan qo‘llanadigan bo‘lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi. Sotsialistik tuzumda kommunistik mafkura, ateistik dunyoqarash yakka- hokim bo‘lganidan ruhiyat masalalari e’tibordan chetda qoldi. Ma’lumki, milliy ruh uzvli tushuncha bo‘lib milliy ong (aql, tafakkur) va milliy tuyg‘u (idrok)dan tuzilgan. Milliy adabiy tilning ahvoli ana shu ma’nodagi milliy ruhga bog‘liq bo‘ladi. Afsuski hozircha barcha ijtimoiy guruh (jamoa) va tabaqada shunday ruh ustuvor deya olmaymiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kamol Matyoqubovning so‘zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi: Umuman olganda, “Davlat tili haqida”gi qonunga, farmonga bunday e’tiborsizliklarning, sohada yuz berayotgan yuqoridagidek kamchiliklarning asl sababi nimada degan savol tug‘iladi. Sababi oddiy. Aksariyatimizning qalbimizda davlat tiliga, ya’ni o‘zbek tiliga, garchi, bu tilni nihoyatda sevamiz, deb to‘tiqushdek ming martalab takrorlasak ham, mehrmuhabbat yo‘q, undan chinakamiga faxrlanish, iftixor qilish, g‘ururlanish tuyg‘ulari yo‘q. Shu bois adabiy tilimiz ijtimoiy vazifasini to‘la bajarmayapti. Harbiy soha, sport, fan-texnika, tibbiyot, ish yuritishga adabiy tilning kirib kelishi qiyin kechmoqda. Masalan tibbiyotda ilmiy tadqiqotni qo‘yib turayligu oddiy retsept yozish yoki kasallik varaqasini to‘ldirish hozirgi kunda ham asosan rus tilida bo‘lyapti. Buning sababi yoshi kattaroq shifokorlar sho‘ro farzandi bo‘lib rus tilida o‘qiganligidan ruscha fikrlashdan qutula olmayotgan bo‘lsa hozir bitirayotganlarga ham shunday professor-o‘qituvchilar dars berayotganligidir. Davlat boshqaruvi organlarida rus tili “katta obro‘”ga ega bo‘lsa-da, oxirgi yillarda hujjatlarni o‘zbek tilida yuritish o‘sib bormoqda. Ba’zi siyosatchilar hamma hujjatni o‘zbek tiliga o‘tkazishga chaqirmoqda. Ammo shu narsa ayonki, markaziy ijroiya qo‘mitalari va respublika parlamenti rus tilida faol sur`atda hujjat yuritayotgan ekan, bu sohada siljish bo‘lishi qiyin masala. Viloyatlarda “quyi” ma’muriy idoralar o‘zbek tilidan foydalanadi. Ammo “yuqori”ga jiddiy biror “his

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary language in the period of independence.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary language in the period of independence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literary language, independence, social function of the literary, national spirit., social function of the literary language, polyvalence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники