К содержанию
РецензированоRU2026

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TAʼLIM SIFATIGA TAʼSIRI

TAʼLIM SIFATIGA TAʼSIRI · Muratxo'jaeva Z.B. · Omirzagova Umida Rustam qizi · Teshaboyeva Gulshoda Umidjon qizi · Soatmurodova Durdona Fayzulla qizi

Академические исследования в современной науке · 2 · 51-57 · 2026

Аннотация

В статье анализируется понятие современных педагогических технологий, их основные виды и их влияние на образовательный процесс. В статье подчеркивается роль педагогических технологий в активизации процессов обучения студентов, развитии самостоятельности мышления и развитии творческого потенциала. В нем также показаны эффективные способы повышения качества образования за счет использования современных методов. Данная статья послужит полезным научным и практическим ресурсом для педагогов, исследователей и всех, кто интересуется инновациями в сфере образования. Annotation: The article highlights the role of pedagogical technologies in activating the learning process of students, developing independent thinking and creative potential. It also shows effective ways to improve the quality of education through the use of modern methods. This article will serve as a useful scientific and practical resource for educators, researchers and those interested in innovations in the field of education. XXI asr — innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va ilg‘or bilimlar asri sifatida qaralmoqda. Ushbu shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — zamon talablariga mos, bilimli, tafakkurli va raqobatbardosh shaxslarni tarbiyalashdir. Bu vazifani 167 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference amalga oshirishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Chunki ta’lim sifati bevosita ta’lim jarayonining qanday tashkil etilgani, qanday metodlar va vositalar qo‘llanilganiga bog‘liq. Tahlil va muhokama Zamonaviy jamiyatda “texnologiya” tushunchasi turli sohalarda keng qo‘llanilib, har bir sohada o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Umumiy ma’noda texnologiya — bu ma’lum bir mahsulot yaratish yoki xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan bilimlar, usullar, vositalar va amaliy faoliyatlar tizimidir. Texnologiya yordamida inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga aniq reja asosida, bosqichma-bosqich harakat qilgan holda samarali tarzda erishadi. Yunon tilidan olingan “texne” – san’at, mahorat, “logos” – ta’limot, bilim degan ma’nolarni anglatib, "texnologiya" — bu “mahorat haqidagi ta’limot” degan tushunchani bildiradi. Texnologiyaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Maqsadga yo‘naltirilganlik; Qadam-baqadamlik va izchillik; Takroriy qo‘llanish imkoniyati; Natijani oldindan prognoz qilish mumkinligi. Hozirgi kunda texnologiya tushunchasi nafaqat ishlab chiqarish yoki sanoat sohalarida, balki ta’lim, tibbiyot, madaniyat kabi gumanitar sohalarda ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimida “pedagogik texnologiya” degan tushuncha shakllanib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish va boshqarishning muhim vositasiga aylangan. Pedagogik texnologiya — bu ta’lim jarayonini oldindan aniq belgilangan maqsad asosida rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishning ilmiy asoslangan tizimidir. Bu texnologiya nafaqat dars jarayonining samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchining mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi, kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantiradi.Pedagogik texnologiya o‘z ichiga o‘qitish metodlari, vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, baholash mezonlarini ham oladi. Uning asosiy vazifasi — o‘quvchini faol o‘rganishga, fikrlashga, izlanishga undashdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar turlari: Hozirgi kunda ta’lim jarayonida bir qator ilg‘or pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Jumladan: - axborot-kommunikatsion texnologiyalar (akt); - modulli o‘qitish texnologiyasi; - muammoli o‘qitish; 168 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - o‘yinli texnologiyalar; - loyihaviy o‘qitish. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, darsni qiziqarli va samarali tashkil etish, bilimni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ular o‘qituvchining ham, o‘quvchining ham o‘rganishga bo‘lgan yondashuvini tubdan o‘zgartiradi. - O‘quvchilar mustaqil fikrlashga o‘rganadi - Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali har bir o‘quvchining individual salohiyati hisobga olinadi - Texnologiyalar yordamida bilim chuqur va barqaror o‘zlashtiriladi - Baholash tizimi shaffoflashadi va samaradorlik oshadi - O‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlari hamkorlik ruhida rivojlanadi Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar xilma-xildir. Ular o‘qituvchining maqsadi, o‘quvchilarning yoshi, fan xususiyati va o‘quv muhitiga qarab tanlanadi. Har bir texnologiya o‘ziga xos metodik yondashuv va samaradorlik mezoniga ega. Quyida zamonaviy ta’limda keng qo‘llanilayotgan ba’zi pedagogik texnologiyalar turlari keltirilgan: 1. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim (AKT) Bu texnologiya kompyuterlar, multimedia, internet resurslari, interaktiv doskalar orqali o‘quv jarayonini tashkil etadi. O‘quvchilar mustaqil izlanish, tezkor muloqot va vizual idrok vositalari yordamida bilim oladi. 2. Modulli o‘qitish texnologiyas

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется понятие современных педагогических технологий, их основные виды и их влияние на образовательный процесс.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется понятие современных педагогических технологий, их основные виды и их влияние на образовательный процесс. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar, zamonaviy pedagogik, pedagogik texnologiya, tashkil etish, педагогических технологий, academic modern, modern science
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники