К содержанию
РецензированоUZ2026

ASOSIY VA TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SABZAVOT MAKKAJO‘XORI NAV VA DURAGAYLARIDA O’SIMLIK YER OSTKI VA USTKI QISMLARINING SHAKLLANISHI

Nurillayev I. X.

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

The article presents the results of a study of the formation of aboveground and underground parts of plants when growing vegetable corn varieties and hybrids as a main and repeated crop. Keywords: vegetable (sweet) corn, variety, hybrid, main crop, repeat crop, planting date, growing season, leaf level, yield. Kirish. Shirin makkajo‘xorini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirish eng avvalo ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Bahorda ekish tuproq urug‘ ko‘miladigan qatlamda 10- 120C qiziganda boshlanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, juda ertagi ekilganda urug‘lar chirib ketadi, kech ekilganda begona o‘tlar bosishi mumkin. Takroriy ekin sifatida esa Respublika turli hududlarida 5-20 iyungacha ekish tavsiya etiladi [3]. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shirin makkajo‘xoridan yuqori va sifatli don hosili olish uning moslanuvchan nav-duragaylarini to‘g‘ri tanlashga, ekin biologiyasining hisobga olgan holda asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirish uchun qulay ekish muddatlarini aniqlashga bog‘liq. Shuni hisobga olib, biz moslanuvchan shirin makkajo‘xori nav-duragaylarini turli muddatlarda takroriy ekin sifatida o‘rganish maqsadida dala tajribasi o‘tkazdik. Dala tajribalari Qarshi tumani Turdiyeva Gulzoda fermer xo‘jaligi qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida olib borildi. Material va uslublar. Shirin (sabzavot) makkajoʻxori oʻrganilgan nav va duragaylar toʻplamini asosiy va takroriy ekinlar sifatida oʻstirib, yer ustki va ostki qismlarinining massasini aniqlash maqsadida modul oʻsimliklar ajratilib olindi. Modul oʻsimliklarni rivojlanish davrlari boʻyicha, ya’ni 5-6, 10-12 chinbarglik, roʻvaklash, soʻtalash, sut pishish, mum pishish va toʻla pishish davrlarida yigʻishtirib olinib, yer ustki va ostki hoʻl massa vazni alohida-alohida tortildi. Olingan ma’lumotlarning koʻrsatishicha, sabzavot makkajoʻxori nav va duragaylari asosiy va takroriy ekin sifatida oʻstirilganda, yer ustki va ostki qismlari vazni boʻyicha oʻsuv davri davomida sezilarli oʻzgarishi aniqlandi. 11 Barcha agrotexnik tadbirlar, kuztish, o‘lchash, hisoblash va tahlillar umumqabul qilingan uslublar, meyoriy-huquqiy hujjatlar va tavsiyalar asosida olib borildi [1,2,4,5]. Tadqiqot natijalari va uning muhakamasi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, Asosiy ekin sifatida shirin makkajoʻxori nav va duragaylari oʻstirilganda, oʻsuv davri boshida, ya’ni 5-6 chinbarglik davrida yer ostki qismi 10,1-12,9 g, yer ustki qismi 49,9-72,3 g, 10-12 chinbarglik davrida yer ostki qismi 115,3-149,5 g, yer ustki qismi – 726,2-756,8 g, roʻvaklash davrida, mos ravishda 136,5-165,8 va 989,2-1024,5 g, soʻtalash davrida 151,9-178,9 va 1159,5-1195,3 g, sut pishish davrida 152,2-185,2 va 1187,9-1235,9 g, mum pishish davrida 161,6-189,6 va 1209,1- 1267,8 g, toʻla pishish davrida esa 156,1-184,1 va 1198,8-1259,3 g ekanligi aniqlandi. Takroriy ekin sifatida sabzavot makkajoʻxori nav-duragaylari oʻstirilganda ham asosiy ekin singari qonuniyatlar takrorlanadi. Lekin, koʻrsatkichlar bir oz kichikligi bilan farqlandi. O’simlik yer ostki va ustki qismlarining jadal oʻsishi soʻtalash davrigacha kuzatilib, soʻngra susaygan ham asosiy, ham takroriy ekinlar sifatida oʻstirilganda qayd etildi. Asosiy ekin sifatida turli nav va duragaylar oʻstirilganda yer ostki va ustki qismlarining baquvvat va jadal oʻsishi dastlabki oʻlchashdayoq qayd etilib, oʻsuv davri 5-6 chinbarglikdayoq farqlanib, yuqori darajada oʻsish (11,2-12,9 g yer ostki, 64,2-72,3 g – yer ustki) Sherzod, Zamin, Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton F , Bonus F , Gold F , Sentinel F nav-duragaylarda 1 1 1 1 kuzatildi. Ushbu ustunlik oʻsuv davri davomida saqlanib, eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari (mos ravishda, 163,5-178,9 va 1175,2-1195,3 g) soʻtalash davrida aniqlandi. Keyingi rivojlanish davrida oʻsimlik yer ostki va ustki qismlarining oʻsishi sezilarli oʻzgarmadi. Xuddi shunga oʻxshash qonuniyat oʻrganilgan nav va duragaylar takroriy ekin sifatida oʻstirilganda ham takrorlandi. O’rganilgan shirin makkajoʻxori nav va duragaylari asosiy va takroriy ekinlar sifatida oʻstirilganda baquvvat ildiz tizimli va yashil massali oʻsimlik yer ustki qismi butun oʻsuv davri davomida (shu jumladan soʻtalash davrida 160,3-175,7 g yer ostki, 1168,4-1188,7 g – yer ustki massa) Sherzod, Zamin, Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton F , Bonus F , Gold F , Sentinel F 1 1 1 1 nav-duragaylarda, eng past yer ostki (148,7-155,3 g) va yer ustki massa (1152,3-1162,3 g) Evrika, Driver F , Trophy F nav-duragaylarda kuzatildi. 1 1 Xulosa. Demak, shirin makkajoʻxori Sherzod, Zamin, Zamon, Yangi hayot, Mazza, Megaton F , Bonus F , Gold F , Sentinel F nav-duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida oʻstirish 1 1 1 1 orqali baquvvat ildiz tizimi va yashil massali (poya va bargli) oʻsimlik shakllanishiga zamin yaratadi. Bu esa oʻsimlikning mahsuldorlik koʻrsatkichlarida oʻz ifodasini topadi. Shirin (sabzavot) makkajoʻxori nav va duragaylarini aossiy hamda takroriy ekinlar sifatida oʻstirilganda oʻs

Доказательный фрагмент

«The article presents the results of a study of the formation of aboveground and underground parts of plants when growing vegetable corn varieties and hybrids as a main and repeated crop.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents the results of a study of the formation of aboveground and underground parts of plants when growing vegetable corn varieties and hybrids as a main and repeated crop. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vegetable (sweet) corn, variety, hybrid, main crop, repeat crop, planting date, nav, takroriy ekin, asosiy ekin, sabzavot (shirin) makkajo‘xori, o‘suv davri, duragay, hosildorlik., ekish muddati, barg sathi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники