К содержанию
РецензированоUZ2026

KICHIK MAKTAB YOSHI OʻQUVCHILARIDA XOTIRANING RIVOJLANGANLIK DARAJASINI OʻQUV FAOLIYATIGA TAʼSIRINI OʻRGANISH

Yusuvaliyeva A.Y. · Mardonova M.Q. · Mirzo Ulug’bek nomidagi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Xotira — bilimlarni eslab qolish, saqlash va qayta tiklash jarayonlarining asosiy omillaridan biri sifatida oʻquv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning xotira turlari (qisqa muddatli, uzoq muddatli, ko‘rish va eshitish xotirasi) oʻrganilib, ularning bilimlarni oʻzlashtirish darajasiga ta’siri amaliy misollar va kuzatuvlar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: xotira, Aristotel, Farobiy, J. Piaje, L.P. Vigotskiy, G.Ebbingauz, eslab qolish, kichik maktab yoshi o‘quvchilari, unutish, yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi, unutish egri chizig‘i nazariyasi, saqlash. Xotira — inson psixikasining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi, qayta ishlashi va uni eslab qolish jarayonlarini boshqaradi. Bu yoshdagi o‘quvchilarda xotiraning rivojlanish darajasi nafaqat ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini belgilaydi, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham asos yaratadi. Shu sababli, xotiraning rivojlanganlik darajasini o‘rganish va uni o‘quv faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha samarali uslubiyotni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) asarlarida uchraydi. Xususan, Farobiy xotira bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan. Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo‘lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotiralarni shakllantirish biologiya va tibbiyot sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miyadagi rivojlanish uzoq muddatli xotirani saqlash uchun zarurdir va uyqu “xotiralarni mustahkamlashda” muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, dam olish vaqtida miya nafaqat o‘tmishdagi voqealar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi, balki kelajak uchun bashorat qilishlari ham ma’lum bo‘ldi. Kichik maktab 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshdagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlarining mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga qaratilmay balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. 142 Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotirani o‘rganish bilan ko‘plab olimlar shug‘ullangan. Bular: Jan Piaje bolalar psixologiyasi va rivojlanish psixologiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. U xotiraning rivojlanishini kognitiv rivojlanishning bosqichlari bilan bog‘lagan. J. Piajening fikricha, kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira o‘yin va tajriba orqali faol rivojlanadi. L.P. Vigotskiy xotira va tafakkurni ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘lagan. Uning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi bolalarning yangi ma’lumotlarni eslab qolish va o‘rganish imkoniyatlariga ta’sir qiladi. G.Ebbingauz xotira va eslab qolish jarayonlarini birinchi bo‘lib ilmiy o‘rgangan olimlardan biridir. Uning “unutish egri chizig‘i” nazariyasi bolalarda ma’lumotlarni qanday yo‘qotishlarini tushunishda qo‘llaniladi. Bolalarda xotira strategiyalarini shakllantirish muhimligini ta’kidlagan. U bolalarda tushunchalar va mantiqiy fikrlash shakllanishini o‘rgangan. Bu olimlarning ishlari bugungi kunda ham bolalarda xotira va o‘qitish usullarini takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar tafakkurining rivojlanishini yirik psixolog L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning oʻsishi bilan uzviy bogʻliq holda oʻrgangan. Shuning uchun u ajnabiy psixologlarning birinchi navbatda J.Piajening egosentrik konsepsiyasini qattiq tanqid qilib, tafakkurni genetik metod yordamida oʻrganishni tavsiya qiladi. L.S.Vigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining “Eng yaqin taroqqiyot zonasi” deb nomlangan tushunchalarni olib kiradi. Uning birinchisi oʻqituvchining mustaqil faoliyatida namoyon boʻladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kichik maktab yoshi o‘quvchilari, L.P. Vigotskiy, J. Piaje, Farobiy, xotira, eslab qolish, unutish egri chizig‘i nazariyasi, saqlash., Aristotel, G.Ebbingauz, yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi, unutish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники