К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻSMIRLARDA OʻZ-OʻZINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yusuvaliyeva A.Y. · Yusupova M.F. · Mirzo Ulug’bek nomidagi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’smirlarda o‘z-o‘zini baholash psixologik xususiyatlari ilmiy tadqiqot usullarida o‘rganilishi masalasi muhokama etilgan. Olingan xulosalar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: O‘z-o‘zini baholash, xarakter, baxt, shaxsiyat, Sog‘liq, o‘qish, fe'l-atvor, o‘smirlar, kontent, shaxs. Zamonaviy psixologiya o‘zini o‘zi baholashni turli nazariy yondashuvlar orqali tahlil qiladi. Masalan, Zigmunt Freyd bu jarayonni insonning ichki ziddiyatlari bilan izohlasa, Karl Rojers o‘zini o‘zi baholashni shaxsning o‘zini qabul qilishi va o‘z qadrini his qilish jarayoni deb talqin qiladi. Albert Bandura esa bu jarayonni insonning o‘z qobiliyatlariga ishonchi bilan bog‘laydi. Bu yondashuvlarning har biri o‘zini o‘zi baholashning murakkab va ko‘p qirrali jarayon ekanligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi baholashning shakllanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Ichki omillar orasida shaxsning xarakteri, hissiyoti va motivatsiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. Tashqi omillar esa oila muhiti, tengdoshlar ta’siri va jamiyatdagi o‘ringa bog‘liqdir. O‘smirlik davri esa bu jarayonda eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Chunki bu davrda shaxsning o‘ziga nisbatan munosabati shakllanib, kelgusida uning ruhiy va ijtimoiy barqarorligiga zamin yaratadi. Ko‘pchilik psixolog olimlar I. I. Chesnokova, V. S. Merlin, tomonidan o‘z-o‘zini anglashning uch komponentli tuzilishi o‘z-o‘zini anglashni uch tomonning birligi deb biladi: o‘z-o‘zini bilish, o‘ziga nisbatan hissiy- emotsional munosabati va o‘zini o‘zi boshqarish. Insonning o‘zi haqidagi bilimlari uning tarkibida xilma-xil bo‘lib, o‘z-o‘zini ifoda etish bu o‘z-o‘zini anglashning psixologik mexanizmi vazifasini bajaradi. Insonning o’z-o‘zini baholashi va bilishi natijasida o‘z-o‘zini anglash tushunchasi paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish jarayonida bosqichma-bosqich, ya'ni vaqt davrlariga bo‘linishi xarakterlidir. Ular ichida miqdoriy belgilar to‘planib, asta-sekin o‘z-o‘zini anglashda sifatli yangi xususiyatlarni rivojlanishiga olib keladi.[1] O‘z-o‘zini anglashning har bir tomoni hayot tarzi, yetakchi faoliyatidagi aloqa, shaxs psixikasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida o‘zini jamiyat, guruh a'zosi sifatida tan oladi: yoshi, jinsi, kasbi, oila va boshqalar uning ijtimoiy mavqei, rollari, boshqa odamlar bilan ijtimoiy aloqalaridir. Tadqiqotchilar o‘zini o‘zi baholashning darajasini past, o‘rtacha va yuqori sifatida tasniflaydi. Past darajadagi o‘zini o‘zi baholash insonni qo‘rquv va muvaffaqiyatsizlik hissi bilan band qiladi, yuqori darajadagi baholash esa shaxsning o‘ziga haddan tashqari ishonch ko‘rsatishi yoki real hayotda o‘z qobiliyatlarini ortiqcha baholashiga olib kelishi mumkin. O‘rtacha, muvozanatli daraja esa shaxsning o‘zini ob’ektiv va realistik baholay olishini ta’minlaydi, bu esa ruhiy barqarorlikning asosi hisoblanadi. O‘smirlik davri inson hayotining o‘ta muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda shaxsiy rivojlanish jarayonlari o‘zining o‘ziga xos dinamikasini namoyon qiladi. Shu munosabat bilan mazkur bitiruv malakaviy ishning obyekti va predmeti quyidagicha belgilanadi: 144 Tadqiqotning obyekti sifatida o‘smirlik yoshidagi shaxslarning o‘zini o‘zi baholash jarayonlari olinadi. Ushbu yoshdagi o‘smirlarning psixologik rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash va baholash kabi jarayonlari tadqiqotning asosiy qamrov doirasini tashkil etadi. Ayniqsa, ularning oila, tengdoshlar va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqalarida namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatlari diqqat markazida bo‘ladi.[2] O‘zini o‘zi baholashning turlari haqida gapiradigan bo‘lsak, uni ijobiy va salbiy ko‘rinishda kuzatish mumkin. Ijobiy o‘zini o‘zi baholash shaxsning o‘z imkoniyatlariga ishonchi yuqori ekanini, o‘z qadrini his qila olishini anglatadi. Bunday insonlar o‘z faoliyatlaridan qoniqish hosil qiladi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi va atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, salbiy o‘zini o‘zi baholash – insonning o‘z imkoniyatlarini yetarli darajada anglay olmasligi yoki past baholashi natijasida shakllanadi. Shuningdek, o‘zini o‘zi baholashning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqasi o‘ta muhimdir. Oila tarbiyasi, tengdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar va maktabdagi muvaffaqiyatlar o‘zini o‘zi baholashni shakllantirishda hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Misol uchun, o‘zini ijtimoiy jihatdan qabul qilingan va qadrlangan deb bilgan o‘smirlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lsa, aksincha, ijtimoiy rad etilgan yoki muammoli muhitda o‘sgan o‘smirlar past o‘zini o‘zi baholashni namoyon qiladi.[3] O‘zini o‘zi baholash shunchaki psixologik jarayon emas, balki shaxsning umumiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omildir. Ushbu jarayonni boshqarish va rivojlantirish nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatlar uchun, balki jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, o‘zini o‘zi baholashni shakllantirishda ijtimoiy ta’sirlarni anglash va shaxsning ichki dunyosiga hurmat bilan yondashish har bir ped

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’smirlarda o‘z-o‘zini baholash psixologik xususiyatlari ilmiy tadqiqot usullarida o‘rganilishi masalasi muhokama etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’smirlarda o‘z-o‘zini baholash psixologik xususiyatlari ilmiy tadqiqot usullarida o‘rganilishi masalasi muhokama etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sog‘liq, xarakter, baxt, shaxs., o‘smirlar, o‘qish, kontent, O‘z-o‘zini baholash, shaxsiyat, fe'l-atvor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники