К содержанию
РецензированоUZ2026

BALOG‘AT DAVRIDA SHAXSNING O‘ZLIKNI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYA QILISH JARAYONLARI

QILISH JARAYONLARI · Zuxurova D.A. · Shodmonova M.O. · Mirzo Ulug’bek nomidagi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘sib kelayotgan yosh organizm psixikasi o‘zgarishga uchrab, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya vositalari orqali o‘zligini shakllantirishga intiladi. Tadqiqotda Erikson va boshqa psixologlarning nazariy yondashuvlari asosida o‘zlikni anglash bosqichlari, ularning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, o‘zlik krizisi va uni yengib o‘tish mexanizmlari yoritilgan. Amaliy jihatdan bu jarayonlar maktab, oila va tengdoshlar muhiti bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit soʻzlar: balog‘at davri, o‘zlikni anglash, identifikatsiya, o‘sish krizi, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy muhit, Erikson, identitet. Balog‘at yoshi inson hayotining eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda inson organizmi nafaqat jismoniy, balki ruhiy, emotsional va ijtimoiy jihatdan ham keskin o‘zgarishlarga uchraydi. Ayniqsa, o‘smirlik yillari shaxsning o‘zini anglash, kimligini aniqlash, o‘z “men”ini topishga bo‘lgan ehtiyoj keskin kuchayadigan davrdir. Psixologiya fanida bu jarayonlar o‘zlikni anglash va identifikatsiya qilish kabi atamalar bilan ifodalanadi. Mazkur ilmiy matnda aynan shu jarayonlarning mazmuni, kechish mexanizmlari va ularni tushuntiruvchi psixologik yondashuvlar yoritib beriladi. Balog‘at davridagi o‘zlikni anglash jarayoni shaxs rivojining markaziy elementi hisoblanadi. Bu jarayonda yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishga, shaxsiy qadriyatlarini aniqlashga, kelajak kasbini tanlashga, shuningdek o‘zini jamiyat a’zosi sifatida anglashga urinadi. Ular o‘zlariga nisbatan ko‘proq savollar bera boshlaydilar: “Men kimman?”, “Men qanday insonman?”, “Atrofdagilar meni qanday ko‘radi?” Ushbu savollarga javob izlash orqali o‘zlikni anglash jarayoni boshlanadi. Bunda yoshlar o‘z-o‘zini baholaydi, ichki qarama-qarshiliklar bilan yuzlashadi, turli rollarni sinab ko‘radi va o‘z yo‘lini tanlashga intiladi. Psixolog Erik Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, o‘smirlik davrida shaxs asosiy psixologik vazifa sifatida identitet (ya’ni shaxsiy o‘zlik)ni shakllantirishi kerak. Agar bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilsa, shaxs kuchli identitetga ega bo‘ladi va hayotda qat’iy pozitsiyani egallaydi. Aks holda esa rol chalkashligi, hayotiy yo‘nalishlar bo‘yicha noaniqlik, ichki tushkunlik va ruhiy beqarorlik yuzaga keladi. Eriksonning fikricha, identitet — bu shaxsning o‘zini ichki izchillikka ega, boshqalardan farqli va o‘ziga xos deb his qilishi, shuningdek, bu o‘ziga xoslikni vaqt davomida va turli vaziyatlarda saqlab qolish qobiliyatidir. [1] Bu nazariyani yanada chuqurlashtirgan amerikalik psixolog James Marchia identitet shakllanishining to‘rt xil holatini ajratgan: erishilgan identitet (ya’ni shaxs o‘z hayotiy yo‘nalishini mustaqil aniqlagan va bunga qat’iy ishongan holat), identitet krizisi (shaxs izlanishda, lekin hali aniq tanlov qilmagan holat), erta qabul qilingan identitet (shaxs tanlov qilgan, lekin bu qarorlar tashqi ta’sir ostida, masalan, ota-onaning bosimi bilan qabul qilingan holat), va noaniq identitet (shaxs na izlanishda, na qaror qabul qilgan). Ushbu to‘rtta holat orqali yoshlarning o‘zlikni anglash darajasini tahlil qilish va shaxsiy rivojlanishni baholash mumkin. 152 O‘zlikni anglash jarayoni faqat ichki izlanish bilan cheklanmaydi. U ko‘p hollarda ijtimoiy identifikatsiya orqali namoyon bo‘ladi. Yoshlar o‘zlarini atrofdagilar bilan solishtiradi, ayrim shaxslar bilan o‘zini tenglashtiradi, ayrimlarini esa inkor etadi. Bu jarayon identifikatsiya deb ataladi. [2] Identifikatsiya qilishda oila, maktab, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositalari va madaniy qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar, ayniqsa otaning yoki onaning shaxsiy fazilatlari, kasbi va munosabatlari yoshlar uchun muhim identifikatsiya obyekti hisoblanadi. Agar oilada sog‘lom muhit mavjud bo‘lsa, yosh shaxs o‘zini ishonchli, qadrlangan, kerakli inson sifatida his qiladi va bu uning identitetini shakllantirishiga ijobiy ta’sir qiladi. Maktab ham o‘zlikni anglashda muhim sotsial maydon bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda yoshlar o‘zini sinfdoshlar, o‘qituvchilar, baholar va maktabda tutgan o‘rni orqali baholaydi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, mashhurlar, kinofilmlar va boshqa madaniy manbalar orqali yoshlar turli ideal obrazlarni o‘zlashtirib, o‘zini ular bilan solishtiradi. Ba’zan bu jarayon konstruktiv bo‘lishi mumkin, ya’ni ijobiy namunalarni o‘zlashtirishga olib keladi, ba’zida esa noto‘g‘ri identifikatsiya — ya’ni salbiy obrazlarga ergashish bilan yakunlanadi. [3] Balog‘at yoshidagi o‘zlik krizisi — bu muhim psixologik bosqich bo‘lib, unda shaxs hayotiy maqsadlar, qadriyatlar, kasb tanlovi va ijtimoiy rollar o‘rtasida ikkilanish holatiga tushadi. Bunday vaziyatlarda o‘z-o‘zini anglash, shaxsiy tanlovga asoslangan qarorlar qabul qilish, mustaqil fikrlash va hayotiy tajriba yig‘ish imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bu jarayonni ijobiy yo‘nalishda olib bo

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
identitet., Erikson, o‘sish krizi, identifikatsiya, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy muhit, o‘zlikni anglash, balog‘at davri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники