К содержанию
РецензированоUZ2026

TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILADIGANPEDAGOGIK TALABLAR

Usmanova Saodat Erkinovna · Ollomova Dilnura (Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikrmulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi. Kalit so’zlari: Pedagogning imidji, nutq madaniyati, fiziologik nafas, fonasion nafasda ko'krak nafas, diafragmal nafas, diafragmal-qorin, diapazon, tembr, energetik tizim, rezonator tizim, anafora, Ritmik, gradatsiya, invesiya, intinatsiya. Аннотatsiя: В статье культура речи должна служить формированию и развитию навыков творчества, самостоятельного мышления,правильного и беглого выражения продукта творческой мысли в устной и письменной формах в соответствии с условиями речи, воспитанию языковой интуиции. Исходя из этого, культура речи: средства выражения своего мнения в разных условиях в соответствии с условиями речи, способы придания смысла в разных формах, изучение художественных, научных, общественных произведений, осмысление их, личное представляет собой культура умения правильно выражать свое отношение в устной и письменной формах. Ключевые слова: образ учителя, культура речи, физиологическое дыхание, грудное дыхание при фонatsiи, диафрагмальное дыхание, диафрагмально-брюшное, диапазон, тембр, энергетическая система, резонаторная система, анафора, ритмика, градatsiя, инверсия, интонatsiя. Annotation: In the article, speech culture should serve to form and develop the skills of creativity, independent thinking, correct and fluentexpression of the product of creative thought in oral and written forms in accordance with the conditions of speech, and education of language intuition. Based on this, the culture of speech: the means of expressing one's opinion in different conditions in accordance with the conditions of speech, the ways of giving meaning in different forms, studying artistic, scientific, social works, thinking about them, personal represents the culture of being able to correctly express the attitude in oral and written forms. Key words: Teacher's image, speech culture, physiological breath, chest breath in phonation breath, diaphragmatic breath, diaphragmatic abdomen, range, timbre, energetic system, resonator system, anaphora, rhythmic, gradation, inversion, intonation. Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir. Chunki, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining izohli lug’atida “til – fikr 10 ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar grammatik vositalar sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati, mahorati” yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi. Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. Kaykovus hamma hunarlar ichida so'z hunari - notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so'z hunari yaxshi».Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo'lishini ta'kidlaydi.Muallif notiqlikni egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va o'rganish deb uqtiradi.Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan,tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qiladi.Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq. Til millatning noyob xazinasi bo'lib, doimo og'zaki va yozma holda namoyon bo'lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq, u kim bo'lishidan qat'iy nazar, inson nuri hisoblangan. Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo'lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga nimani, qachon, qaerda va qanday so'zlashigacha bo'lgan barcha nutqiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash yo'llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va ri

Доказательный фрагмент

«Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlanti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlanti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Teacher's image, speech culture, physiological breath, chest breath in phonation, tembr, invesiya, nutq madaniyati, rezonator tizim, energetik tizim, gradatsiya, fonasion nafasda ko'krak nafas, intinatsiya., diafragmal nafas, diafragmal-qorin, fiziologik nafas, Pedagogning imidji, anafora, diapazon, Ritmik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники