К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPYUTER TILSHUNOSLIGI VA SUN’IY INTELLEKTDA TILNING ROLI

Djampulatova Nigora · Yunus Rajabiy nomidagi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kompyuter tilshunosligi va sun’iy intellekt sohalarida tilning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Kompyuter tilshunosligi tilni avtomatik tarzda qayta ishlash, tahlil qilish va tushunish uchun asosiy nazariy va amaliy vositalarni taqdim etadi. Sun’iy intellekt esa til orqali insoniy fikrlash jarayonlarini modellashtirish imkonini beradi. Maqolada tilni qayta ishlash texnologiyalari, mashina tarjimasi, nutqni tanish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) kabi muhim yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tilshunoslik va sun’iy intellekt integratsiyasining zamonaviy muammolari va istiqbollari haqida so‘z boradi. Ushbu ish til va texnologiya sohasidagi tadqiqotchilar va dasturchilar uchun foydali ma’lumotlar beradi. Kalit so‘zlar: Kompyuter tilshunosligi, Sun’iy intellect, Mashina tarjimasi, Nutqni tanish, Til modeli, Avtomatik tahlil, Til va texnologiya integratsiyasi, Sun’iy intellektda til. Kirish: Bugungi kunda til insoniyatning eng muhim vositalaridan biri sifatida nafaqat insonlar orasidagi muloqot, balki axborot almashinuvi va bilim yaratishda ham markaziy rol o‘ynaydi. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida til sohasidagi ilmiy tadqiqotlar nafaqat an’anaviy lingvistik nuqtai nazardan, balki kompyuter texnologiyalari va sun’iy intellekt (SI) asosida ham olib borilmoqda. Bu yangi yondashuvlar tilni avtomatik tarzda qayta ishlash, uni mashinalar tomonidan tushunish va amaliy vazifalarda qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter tilshunosligi tilni tushunish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va texnologiyalar to‘plamidir. U tilning fonetik, morfologik, sintaktik va semantik qatlamlarini modellashtirish orqali kompyuterlarning til bilan ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, sun’iy intellekt tillarning murakkabligini o‘rganib, ularni inson miyasining fikrlash jarayonlariga yaqinlashtirishga harakat qiladi. Tilni kompyuter yordamida qayta ishlash sohasida rivojlangan texnologiyalar – tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP), nutqni tanish, mashina tarjimasi, til modellari yaratish kabi yo‘nalishlar bugungi kunda ko‘plab sohalarda – avtomatik tarjima, chatbotlar, ovozli yordamchilar, matnlarni tahlil qilish va boshqalarda keng qo‘llanilmoqda. Maqolaning asosiy maqsadi kompyuter tilshunosligi va sun’iy intellektda tilning ahamiyatini, asosiy yo‘nalishlarini va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishdir. Shu orqali tilshunoslik va texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalarni chuqurroq anglash, shuningdek, ushbu sohalarning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatish maqsad qilingan. Asosiy qism: Bugungi zamon texnologiyalari tilshunoslik va sun’iy intellekt sohalarining birlashishi orqali yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Til insoniyat uchun muloqot vositasi bo‘lib, uni kompyuter yordamida qayta ishlash, tushunish va amaliyotda qo‘llash hozirgi kunda ilm- fan va texnologiya uchun eng dolzarb vazifalardan biridir. Kompyuter tilshunosligi — tilni avtomatik tarzda tahlil qilish va qayta ishlashni o‘rganadigan fan bo‘lib, u inson tilining murakkab qatlamlarini raqamli shaklda modellashtirishga qaratilgan. Bu soha tilning fonetik, morfologik, sintaktik va semantik 9 jihatlarini kompyuter dasturlari yordamida aniqlash va tahlil qilish imkonini beradi. Misol uchun, so‘zlarning shakllanishi va grammatik qoidalari, gaplar tuzilishi va ma’no qatlamlari shu yo‘nalishda o‘rganiladi. Sun’iy intellekt (SI) esa kompyuter tizimlariga insoniy fikrlash, o‘rganish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini berishga intiladi. SI va tilshunoslikning tutashishi inson tilining murakkabligini tushunishga va uni mashinalar orqali qayta ishlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt yordamida tilga oid vazifalar — masalan, nutqni tanish, matnni avtomatik tarjima qilish, chatbotlar bilan muloqot qilish kabi amaliyotlar yanada samarali amalga oshirilmoqda. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) — kompyuter tilshunosligining eng rivojlangan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u inson tilini mashina uchun tushunarli ko‘rinishga keltirish, ma’nolarni ajratish va kontekst asosida ishlash imkonini beradi. NLP algoritmlari yordamida matnni tahlil qilish, nutqni tanish, so‘zlarni aniqlash va ularning vazifalarini belgilash, hamda matnlarni mavzular bo‘yicha guruhlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Bugungi kunda NLP va SI texnologiyalari ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Masalan, ovozli yordamchilar (Siri, Alexa), avtomatik tarjima tizimlari (Google Translate), chatbotlar va boshqa interaktiv tizimlar tilni inson tiliga yaqin darajada tushunish va ularga javob berish imkonini yaratmoqda. Bu esa inson-mashina muloqotini osonlashtiradi va ko‘plab ish jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beradi. Shunga qaramay, tilni qayta ishlash sohasida ko‘plab muammolar mavjud. Tabiiy tillarning murakkabligi, sinonimlar, homonimlar, kontekstga bog‘liq ma’nolarni aniqlash kabi qiyinchiliklar algoritmlarning to‘liq samaradorligini cheklaydi. Bundan tashqari, tillarning xilma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kompyuter tilshunosligi va sun’iy intellekt sohalarida tilning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kompyuter tilshunosligi va sun’iy intellekt sohalarida tilning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nutqni tanish, Mashina tarjimasi, Til va texnologiya integratsiyasi, Sun’iy intellect, Kompyuter tilshunosligi, Til modeli, Avtomatik tahlil, Sun’iy intellektda til.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники