К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA QAHHORNING “O‘TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASIDAGI SO‘ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

SO‘ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI · Avazberdiyeva Bahora Alijon qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article analyzes the lexical and linguopoetic features of words in the historical-autobiographical story "Tales of the Past" by Abdulla Qahhor, one of the great figures of Uzbek literature. Keywords: archaism, historicism, lacuna, phonetic phenomenon. Tilimizning leksik xususiyatlari uzoq vaqt mobaynida shakllangan bo‘lib, ma’lum bir vaqt o‘tishi natijasida ayrim so‘zlarda o‘z ma’no ko‘lamini kengaytirish yoki toraytirish kabi holatlar kuzatiladi. Masalan, o‘tgan asrimizning ma’lum davrida yozilgan asarlar tili oradan vaqt otishi natijasida ijtimoiy hayotning ta’siri ostida o‘zining leksik xususiyatlarini o‘zgartirgan, buni biz ayrim so‘zlar misolida ko‘rishimiz mumkin: partiya, sekretar kabi. “Istorizmlar tarixga oid (hozirgi kunda yo‘q) narsalarni bildiruvchi so‘zlardir. Ma’lum davrlarda bo‘lgan, ayrim narsa hodisalar jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yo‘q bo‘lishi, o‘tmish hodisasiga aylanishi mumkin”1. Bundan tashqari tarixiy so‘zlarning qo‘llanish doirasi tor bo‘lib, ular ko‘pincha bugungi kun kishisi uchun notanish bo‘ladi. Lekin bunday so‘zlarning stilistik ahamiyati juda yuqori bo‘lib, matnda badiiy kolorit hamda o‘sha davr turmush-tarzini ochib berish uchun ishlatiladi. Tarixiy ko‘lam, ayniqsa, istorizmlar bilan kengaytirib yozilgan asarning syujeti tushunarliroq va o‘sha davr muhitiga yaqinroq bo‘ladi. Ayniqsa, bunday mahoratni o‘zbek atoqli ijodkorlaridan biri Abdulla Qahhor qalamiga mansub “O‘tmishdan ertaklar” tarixiy-avtobiografik qissasida ko‘rishimiz mumkin, mazkur asar o‘zbek kitobxoniga Abdulla Qahhorning hayoti haqida to‘liqroq ma’lumot berish bilan bir qatorda tilimizdagi ayrim so‘zlarning, ayniqsa, xalqimiz o‘tmishidagi og‘ir kunlar chorizm davri hamda sobiq mustabid tuzumning boshlanish davridagi xalq og‘zaki nutqida faol bo‘lgan so‘zlarning ma’nolarini tahlil qilamiz va ularning bugungi kundagi ahamiyatini tushunishga harakat qilamiz. Maqola uchun Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasining 2023-yilda “Yoshlar matbuoti” nashriyotida chop etilgan nusxasidan foydalanildi. Qissa yozilgan davr o‘tgan asrning 60-yillarida bo‘lib, unda ijodkor o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan va bolalik sargardonliklarini boshidan kechirgan Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda sodir bolgan voqealarni betakror usulda ochib beradi va tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekanmiz, faqatgina o‘sha hudud aholisiga xos va ularda ishlatiladigan ayrim so‘zlarni 1 Shoabdurahmonov Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980. 22 ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qissada tutal so‘zi tez aytish ma’nosida qo‘llaniladi: Ertalab qarasam, dadam ham tutal mashq qilib mahsisini kiyayotibdi (97-bet). Mazkur tutal so‘zi lakunaga misol bo‘la oladi. Lakunologiya sohasida samarali ishlar olib borgan G.V.Bikova mazkur tushunchaga quyidagicha taʼrif beradi: “Lakuna – leksema shaklida moddiy mujassamlanmagan, biroq konseptning kommunikativ talabi bilan sintaktik darajada obyektiv voqelanish xususiyatiga ega virtual leksik mohiyat, sememadir”.2 Bundan tashqari xalq turmush-tarzi, o‘sha davrdagi hayotni sinchiklab kuzatgan adib asarida ko‘plab tarixiy so‘zlarga murojaat qiladi va ulardan unumli foydalanadi: ellikboshi, mingboshi, paranji, chimmat, ichki va tashqi hovli va h.k. Bu tushunchalar hozirgi kunda ahamiyatini yo‘qotgan, ya’ni iste’moldan chiqib ketganiga qaramay tarixiy koloritni tasvirlash va o‘quvchiga o‘sha davr muhitini chuqurroq his qilish imkoniyatini berish maqsadida mahorat bilan qo‘llangan. Quyida asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlarni tahlil qilamiz: Bozvon bu bozband so‘zining fonetik hodisaga uchragan shakli bo‘lib, bilakdan yuqoriga, bo‘yin yoki qo‘ltiqqa osib yuriladigan zargarlik buyumi, ya’ni ayollar bezagi3 hisoblanadi. Asardagi asosiy g‘oyalardan biri o‘sha davrdagi xotin-qizlar turmushini ko‘rsatish bo‘lganligi sababli ularning o‘sha davrdagi turmush-tarziga xos so‘zlardan unumli foydalanilganining guvohi bo‘lishimiz mumkin: Katta hovlining bir chekkasida kichkinagina, lekin katta xotinlarday uzun oq ko‘ylak kiygan, boshiga farang durra o‘ragan bir qiz chochpopuk va bozvonini jiringlatib to‘p o‘ynamoqda edi (45-bet). Chorig‘ qattiq xom teridan tikilgan, asosan, tog‘lik hududlar xalqlari o‘rtasida rasm bo‘lgan oyoq kiyimi4, asar avtobiografik ruhda bo‘lganligi sababli adibning o‘ziga tegishli buyum sifatida tasvirlangan: Chorig‘imni qulantayoq kiygan edim, temir boldirimga jaz etib yopishdi (5-bet). Piston (fr. piston – zarbdor, uruvchi, sindiruvchi) so‘zi tilimizga rus tili orqali kirib kelgan bo‘lib, patronning poroxli zaryadini yondirish uchun oz miqdorda portlovchi modda solib, o‘q tubiga o‘rnatilgan metall kosacha5, o‘tgan asrdagi chorizm tuzumidan bolshevizm tuzumiga o‘tishdagi alg‘ov-dalg‘ovlarning oqibatlari tufayli oddiy aholi vakillari o‘rtasida qurol-aslahalar ko‘p bo‘lgan va shuning uchun bu so‘z o‘z-o‘zidan tilimizning leksik boyligiga qo‘shilgan. Buning yaqqol misolini, ya’ni xalqimiz og‘zaki nutqida mazkur so‘zning keng qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin: Shunday qilib, piston kasofa

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the lexical and linguopoetic features of words in the historical-autobiographical story "Tales of the Past" by Abdulla Qahhor, one of the great figures of Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the lexical and linguopoetic features of words in the historical-autobiographical story "Tales of the Past" by Abdulla Qahhor, one of the great figures of Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
archaism, historicism, lacuna, phonetic phenomenon, arxaizm, fonetik hodisa., istorizm, lakuna
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники