К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU ALI IBN SINONING ANTROPOLOGIK VA GNOSEOLOGIK QARASHLARI

Nurova Shoxida Naimovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning hayoti yo’li ilm yo’lida chekkan zahmatlari ,insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini yoqishga, ilm yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgo‘y vijdonli bo‘lishga-xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini o‘zida aks ettirib, mujassamlantirishga, inson degan ulug‘ nomni yanada yuqori ko’tarishga chaqirilganligi tahlil etilgan. Kalit so`zlar: Abu Ali ibn Sino, Shayx ur rais, ma`naviyat, ma`rifat, ma’rifatparvar, inson, ta’lim- tarbiya, ma`naviy yetuklik. Shayx ur rais-donishmandlar ustozi nomi bilan shuhrat qozongan tabib, shoir, qomusiy bilim egasi Abu Ali Husayn ibni Abdulloh ibni Hasan ibni Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘iladi. Otasi Abdullo asli balxlik bo‘lib, Somoniy hukmdorlar mahkamasida xizmatchi bo‘lgan, onasi Sitora esa Afshonalik edi. Ibn Sino 5 yoshga kirgach , bolani o‘qitish uchun oila Buxoroga ko‘chib boradi. Avval xususiy muallimdan-Abu Abdullo Notiliy va Ismoil Zohidlardan mantiq asoslarini, riyoziyot, falsafa, fiqh-dinshunoslikni mukammal o‘rganadi, keyin madrasada ta’lim olgan Ibn Sino o‘tkir zehni, favqulodda qobiliyati bilan alohida ajralib turadi. U qunt bilan mustaqil mutolaaga beriladi. Ibn Sino o‘z qo‘li bilan yozgan tarjimai holida ilm o‘rganish borasida chekkan zahmatlarini quyidagicha bayon etadi: “Keyin yana bir yarim yil ilm va mutolaaga berildim. Mantiq va falsafaning barcha qismlarini qaytadan o‘qib chiqsim. O‘sha kezlarda men kechalari kam uxlab, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim. Agar bir oz uyquga ketsam tushimda ham o‘ngimdagi o‘sha masalalarni ko‘rardim, ko‘p masalalar yechimi tushimda ayon bo‘lardi. Ana shu zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallab oldim va ulardan inson imkoniyati darajasida xabardor bo‘ldim”. U haqiqiy ma’rifatparvar sifatida inson ahl-zakovatining har tomonlama rivojlanishga, tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga ishongan edi. Ana shuning uchun ham olim odamlarni bir-biri bilan do‘st-inoq bo‘lib yashashga chaqiradi. Insonlar bir-biri bilan sofdil, samimiy bo‘lsa, bir yoqadan bosh chiqarsa har qanday mushkulliklar osonlashishiga, qiyinchiliklarga barham berishga chaqiradi. Ibn Sino chin ma’rifatparvar edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini yoqishga, ilm yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgo‘y vijdonli bo‘lishga-xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini o‘zida aks ettirib, mujassamlantirishga, inson degan ulug‘ nomni yanada yuqori kutarishga chaqiradi. “Johilligi va ahmoqligi tufayli o‘zini dunyoda dono deb biladigan bu ikki uch nodonlar bilan munosabatda bo‘lganingda, sen o‘zingni eshak deb hisobla, chunki dunyoda yashayotgan har bir kishi o‘zini eshak deb hisoblamasa, eshakligi haddidan oshib ketgan bu gurung uni kofirga chiqaradi1 . Ibn Sino mustaqil mutolaa bilan shug‘ullanib, matematikani, astronomiyani, fizikani, arab va fors tillarini puxta bilib oladi. Mashhur tabib Abu Mansur Kamariydan ilmi tibni o‘rganadi. O‘n yetti yasharligida Ibn Sino atoqli olim va tabib sifatida dong chiqaradi. Qo‘shnisi 46 ` Abulhasan Aruztoga turli bilimlarni o‘rgatishga yordam beradigan “al-Majmu” (“To‘plam”) risolasini, Abu Bakr Baraqiyga yigirma jild keladigan “Saxovat va jinoyat haqida kitob” qo‘llanmalarini yozib beradi. Buxoro amiri Nuh ibni Mansurning oshqozon kasalini davolashga muvaffaq bo‘ladi. Afsuski, yuqoridagi kitoblarning dastxati o‘sha odamlar qo‘lida qolib, yo‘qolib ketgan yoki hali topilmagan. Abu Ali ibn Sino oilasiz edi . Uning butun hayoti kitoblar bilan o‘tdi, insonni kasalliklardan qutultirish haqida o‘yladi va mehnat qildi, shogirdlar yetishtirdi. Juzjoniydan tashqari, uning shogirdlaridan Abu Nasr Isfahoniy-matematik va muzikashunos (1057 yilda vafot etgan), Abulqosim Abdurahmon-tabib, faylasuf (1068 yilda vafot etgan), Abul-Husayn Ahmad-olim, shoir va boshqalarning nomi mashhurdir. Manbalarning guvohlik berishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Vazirlik Ibn Sinoning ko‘p vaqtini olgan bo‘lsa-da, u to‘xtovsiz ijod etar va nihoyatda tez yozar edi. U kitoblar, manbalarga ko‘pincha murojaat qiloolar edi, undagi xotira shunchalik kuchli ediki, qachonlardir mutolaa qilgan kitoblarini yoddan to‘la bilar edi. Kechalari uxlamay o‘zining ilmiy qarashlarini bayon etar, shogirdlarp, olimlar bilan suhbatlar, bahslar o‘tkazar edi. Juzjoniyning xabar berishicha, Gurgonda Abu Muhammad ash- Sheroziy degan kishi ilmlarni juda sevar edi va u Ibn Sino uchun qo‘shnisining uyini sotib olib, uni o‘sha yerga joylashtirgan. “Men, - deydi Juzjoniy, - har kuni ustozning oldiga borib turardim va “al-Majastiy” kitobini o‘qir edim. Men u kishidan mantiqni aytib tursangiz, men qog‘ozga tushirsam degan edim, u kishi “al-Muxtasaral-avsat fi1l-mantiq” (“O‘rtacha qisqa mantiq”)ni aytib turdi, men yozib oldim. Abu Ali ibn Sino 1014 yili Ray viloyatiga borib, shu viloyat hokimasi Sayida saroyida t

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning hayoti yo’li ilm yo’lida chekkan zahmatlari ,insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini yoqishga, ilm yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning hayoti yo’li ilm yo’lida chekkan zahmatlari ,insonlarni fan va madaniyat, bilim va ma’rifat o‘chog‘ini yoqishga, ilm yo‘lida og‘ishmay kamolot hosil qilishga, har bir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson, Abu Ali ibn Sino, ta’lim- tarbiya, ma’rifatparvar, ma`naviy yetuklik., ma`rifat, ma`naviyat, Shayx ur rais
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники