К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI TA’LIMIDA AKT (INTERAKTIV DOSKA, TEST PLATFORMALARI)DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PLATFORMALARI)DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI (in-academy.uz/index.php/si) · Xo‘jayeva Surayyo Oybek qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article examines the effectiveness of using modern test platforms such as Kahoot, Quizizz, and Wordwall in mother tongue (Uzbek language) lessons. Against the backdrop of global digitalization, the role of interactive tools in increasing students' interest in lessons, reinforcing knowledge, and developing independent thinking skills is highlighted. The paper presents the results of an experiment conducted with control and experimental groups, demonstrating the positive impact of interactive platforms on educational effectiveness through practical evidence. The article concludes with methodological recommendations and a list of references. Kalit so‘zlar: ona tili, raqamli ta’lim, test platformalari, Kahoot, Quizizz, interaktiv dars, AKT, o‘quv samaradorligi, motivatsiya, zamonaviy o‘qitish Keywords: mother tongue, digital education, test platforms, Kahoot, Quizizz, interactive lesson, ICT, learning effectiveness, motivation, modern teaching XXI asrda jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, taʼlim tizimida ham raqamlashtirish jarayonlari jadal kechmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 6-noyabrdagi "Raqamli taʼlim texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4884-son qarorida ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning muhimligi alohida ta’kidlangan. Bu esa o‘qituvchilardan an’anaviy uslublar bilan bir qatorda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi. Bugungi kunda xalqaro miqyosda keng qo‘llanilayotgan Kahoot, Quizizz, Wordwall, Google Forms kabi interaktiv test platformalari o‘quvchilar bilimini samarali baholashda, dars jarayonini qiziqarli va jonli tashkil etishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu platformalar orqali o‘quvchi testga faollik bilan javob beradi, o‘z xatosini darhol ko‘ra oladi, reyting orqali o‘z bilim darajasini boshqa tengdoshlar bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ona tili fanini o‘qitishda bu kabi texnologik vositalar, ayniqsa, imlo, morfologiya, leksikologiya va matn ustida ishlash kabi mavzularni mustahkamlashda qo‘l keladi. Biroq, test platformalarining darsdagi real samaradorligi, o‘quvchilarning qiziqishiga, o‘zlashtirish darajasiga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha o‘rganishlar yetarli darajada emas. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada ona tili darslarida interaktiv test platformalaridan foydalanish samaradorligi o‘rganiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — zamonaviy raqamli vositalarning 143 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si dars jarayonidagi afzalliklarini ilmiy jihatdan asoslash, tajriba asosida ularning o‘quvchilarga ta’sirini tahlil qilish va pedagogik tavsiyalar berishdan iborat. Ona tili darslarida AKT vositalari – interaktiv doska, onlayn testlar, virtual resurslardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Shu bilan birga o‘qituvchiga darsni samarali tashkil qila olishda bir qancha imkoniyatlar beradi. Interaktiv doska — bu zamonaviy raqamli ta’lim vositasi bo‘lib, o‘qituvchining darsni vizual, qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tkazishiga imkon yaratadi. Interaktiv doskadan foydalanish dars jarayonida vizual, eshitish va kinestetik ta’lim usullarini uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Jumladan: matn tahlili vaqtida rangli ajratmalar, diagramma va sxemalar orqali tushunchalar aniqroq yoritiladi; mashq bajarishda o‘quvchilar faol ishtirok etadi; darsda jonli muhit yaratiladi. Test platformalari — bu o‘quvchilarning bilimini baholash va mustahkamlash uchun mo‘ljallangan raqamli onlayn tizimlar bo‘lib, ular darsni jonlantirish, faollikni oshirish va natijalarni tezda tahlil qilish imkonini beradi. Interaktiv test platformalari ta’limda bir qator ustunliklarga ega. Avvalo, ular darslarni qiziqarli va jonli tashkil qilishga xizmat qiladi. Masalan, Kahoot dasturida har bir test savoliga berilgan to‘g‘ri javoblar uchun ball to‘planishi, real vaqtda reyting e’lon qilinishi o‘quvchilarda sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Bu esa bilimlarni yanada faol egallashga undaydi. Quizizz platformasida esa har bir savoldan so‘ng izoh va natijani ko‘rsatish funksiyasi mavjud bo‘lib, o‘quvchi o‘z xatolarini darhol ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bu platformalar o‘qituvchiga statistik ma’lumotlar taqdim etadi: har bir savol bo‘yicha nechta o‘quvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob bergani, kimlar testni muvaffaqiyatli bajargani va qaysi bilim sohalarida muammolar borligi aniq ko‘rinadi. Bu esa o‘qituvchiga darsni individual yondashuv asosida tashkil qilishga yordam beradi. Ona tili darslariga tatbiq qilish usullari: Ona tili darslarida test platformalaridan foydalanish juda qulaydir. Imlo va punktuatsiyaga oid topshiriqlarni Kahoot orqali test ko‘rinishida taklif qilish, o‘quvchilarda bu mavzuga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ayniqsa, o‘zbek tilining murakkab bo‘g‘inli so‘zlari, qo‘shimchalar bilan bog‘liq qoidalar yoki leksik birliklar (frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar)ni mustahkamlashda inte

Доказательный фрагмент

«This article examines the effectiveness of using modern test platforms such as Kahoot, Quizizz, and Wordwall in mother tongue (Uzbek language) lessons.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the effectiveness of using modern test platforms such as Kahoot, Quizizz, and Wordwall in mother tongue (Uzbek language) lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mother tongue, digital education, test platforms, Kahoot, Quizizz, interactive, test platformalari, interaktiv dars, AKT, motivatsiya, o‘quv samaradorligi, ona tili, raqamli ta’lim, zamonaviy o‘qitish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники