К содержанию
РецензированоUZ2026

INDIVIDUAL TA'LIM YONDASHUVI ASOSIDA GEOGRAFIYA OʻQITISH METODIKASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turgʻunova Robiya Fazliddin qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Baxtiyorova Noila Baxodir qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Jumaniyazova Zulfiya Aitbayevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya fanlar tizimini oʻqitish mobaynida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Individual tartibda o'qitish mobaynida metodlarni toʻgʻri tanlash. Individual ta'lim yondashuvi asosida Geografiyada individual tartibda o'qitishning toʻgaraklar va ustoz -shogird an'anasining samarali va oʻziga xos jihatlari haqidagi bilimlarga ega boʻlish mumkin. Kalit soʻzlar: Individual ta'lim, bilim, koʻnikma, Geografiya, toʻgarak, rivojlantirish, ustoz- shogird, oʻqituvchi, toʻgarak. Kirish qism: Individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya oʻqitish metodikasi bu - ta ' lim jarayonida har bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olishni nazarda tutadigan metodika boʻlib, uning asosiy maqsadi o'quvchining shaxsiy rivojlanishini taʼminlash, Geografiya fanini samarali o'rgatishdan iborat. Oʻz navbatida bunday individual (yakka) tartibda o'qitishning samaradorligi yuqori darajada boʻladi. Bu kabi individual ta'lim yondashuvi asosida oʻqitish metodikasiga toʻgaraklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Toʻgarakda har bir oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda shaxsiy qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek yangi faoliyatni oʻrganish imkonini beradi. Toʻgarak davomida oʻquvchilar ijtimoiy va kommunikativ koʻnikmalari rivojlanadi, muloqot qilish va jamoa bilan ishlash liderlik va ma'siliyatni his qilish kabilar tarkib topadi. Toʻgarak davomida oʻzlarini ijodiy jihatdan koʻrsatishlari, yangi gʻoya va loyihalarni yaratishi mumkin. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi, bilimlarini yanada rivojlantirishi va toʻgʻri qoʻllay olishni amaliy jihatdan oʻrganadi. Individual ta'lim yondashuvi asosida o'qitishning samarali jihatlari eng avvalo oʻquvchi fikrlashi bilan birgalikda taxlil qila olish qobiliyatinii tarkib topishiga yordam beradi. Oʻqituvchi talabaning shaxsiy qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiy motivatsiyani oshirish uchun individual yondashuvlarni qoʻllashi lozim. Har bir oʻquvchi oʻzining oʻqish tezligiga ya' ni ilmni qay darajada puxta va tez oʻzlashtira olishi turlicha boʻladi va shu sababli ham o'qituvchi bularni ham hisobga olishi lozim. Toʻgarak davomida har bir o'quvchining yutuqlari yoki xato kamchiliklari toʻgʻrisida fikr mulohazalar taqdim etishi va bu orqali oʻquvchilar oʻz bilimlarini tahlil qilish va kamchiliklarini bartaraf etish imkonini yaratadi. Ta'limni yuqori darajada sifatli tashkil etish uchun oʻqituvchilar koʻproq oʻz metodikalarini yangilab turishi zarur. Asosiy qism; Individual ya'ni shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimda har bir talabaning intelektual salohiyatiga mos ravishda ya'ni uning ehtiyojlari, qiziqishlarini, oʻziga xos xususiyatlarini, hisobga olgan holda ta'lim berish sanaladi. Geografiya fanini o'qitish mobaynida oʻquvchilar oʻz bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga, mavzuni shaxsiy tajribalari bilan bogʻlash imkoniga ega boʻlishi kerak. Har bir talabaning bilim darajasiga qarab mavzuni va metodlarni oʻzgartirish talab etiladi. Geografiya fanini oʻqitish mobaynida oʻquvchini 151 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ragʻbatlantirish faolligini yanada oshirishga o'quvchini oʻz ustida ishlashga motivatsiya beradi. Shuningdek darsning qiziqarli o'tishi uchun qiziqarli va hayotiy maʼlumotlar koʻproq taqdim etish kerak. Masalan; iqlimga oid maʼlumotlar, turli xil tabiiy ofatlar, ekologik muammolar va hokazo. Talabalar oʻz ustida ishlashlari uchun topshiriqlar, loyihalar va labaratoriya ishlari orqali mustaqil izlanishlari talab etiladi. Darslarni an'anaviy darslardan farqli ravishda tashkil etish, turli xildagi metodlardan foydalanish kerak. Darslarni interfaol metodlar orqali tashkil etish muhim sanaladi. Bularga; Interaktiv xaritalar, GAT (Geografik Axborot tizimi), simulyatsiylar, onlayn resurslar (koʻrgazmalar), va tashqi makonda oʻtkaziladigan darslar va boshqalarni misol qilish mumkin. Ana shunday individual ta'lim yondashuvi asosida oʻqitish jarayoniga toʻgaraklarni yoki ustoz- shogird an'anasidagi darslarini misol keltirish mumkin. To'garakda har bir o'quvchiga individual ta'lim yondashuvi asosida oʻqitiladi va uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yoʻnalish tanlanadi. Toʻgarakning tadqiqot yoʻnalishlari quyidagilar tashkil etadi; Tabiiy geografiya, Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya, Geografiya oʻqitish metodikasi, atrof -muhitini muhofaza qilish va boshqalar boʻlishi mumkin. Ushbu toʻgarak davomida erishilgan yutuqlari orqali individual ta'lim yondashuvi asosida o'qitishning qanchalik samaradorligini yuqori ekanligini koʻrish mumkin. Individual ta'lim yondashuviga misol tariqasida Ustoz -Shogird an'anasini keltirib o'tish kerak. Deyarli barcha ta'lim dargohida ustoz -shogird tizimidan foydalaniladi. Shu oʻrinda Geografiya oʻqitish metodikasida ham ustoz -shogird an'anasi muhim sanaladi. Ushbu an'ana oʻqituvchi va talaba o

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya fanlar tizimini oʻqitish mobaynida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya fanlar tizimini oʻqitish mobaynida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlantirish, Geografiya, bilim, oʻqituvchi, Individual ta'lim, toʻgarak., koʻnikma, toʻgarak, ustoz- shogird
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники