К содержанию
РецензированоUZ2026

KOʻZI OJIZ VA ZAIF KOʻRUVCHI BOLALARNI OILAVIY QOʻSHNICHILIK MUNOSABATLARIGA MOSLASHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MUNOSABATLARIGA MOSLASHTIRISH (in-academy.uz/index.php/si) · Turgʻunboyeva Lola Tursunboy qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Xabibullayeva Goʻzal Shukrullo qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Jumaniyazova Zulfiya Aitbayevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning ijtimoiy moslashuvi, ayniqsa ularning oilaviy va qoʻshnichilik munosabatlaridagi oʻrni va ahamiyati yoritib berilgan. Bolalarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, oilaviy tarbiya jarayonida ularni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshnilar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatishdagi psixologik va pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada oilaning, qoʻshnilar va jamiyat a’zolarining nogiron bolalarga nisbatan mehr-shafqatli va tushunishli bo‘lishi, ularni faollikka undash va mustaqil hayotga tayyorlashdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: koʻzi ojiz bolalar, zaif koʻruvchi bolalar, ijtimoiy moslashuv, oilaviy tarbiya, qoʻshnichilik munosabatlari, psixologik yondashuv, inklyuziya. Bugungi kunda nogiron bolalarni, jumladan, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarni jamiyatga moslashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ular nafaqat o‘quv muassasalari, balki oila va qoʻshnichilik doirasida ham alohida e’tibor va yondashuvga muhtojdir. Oiladagi ijtimoiy-psixologik muhit, qoʻshnilar bilan bo‘lgan munosabatlar bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, insoniyat taraqqiyoti davomida barcha jamiyatlarda jismoniy yoki psixik jihatdan imkoniyati cheklangan insonlar sog‘lom a’zolar bilan yonma-yon yashab kelgan. Jamiyatning taraqqiyot bosqichlari o‘tgan sari bu toifadagi odamlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib, asta-sekin rivojlanib borgan. Masalan, antik davrda, ayniqsa qadimgi yunon (grek) madaniyatida inson siymosi mukammallik timsoli sifatida talqin qilingan. Ularning falsafiy qarashlarida “Inson xudolarga o‘xshashi kerak” degan tushuncha hukmron bo‘lib, natijada nogironligi bor insonlar jamiyatda kamsitilgan, ular ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan, ba’zan esa hatto jamiyatdan ajratib qo‘yilgan. Shu bilan birga, ba’zi tarixiy manbalarda nogiron shaxslarni parvarishlashga oid holatlarni ham uchratish mumkin. Masalan, Rim huquqiy tizimida oilaviy tuzum va oila a’zolarining majburiyatlari nogiron bolalar va qarindoshlar taqdirida muayyan rol o‘ynagan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, qanchalik cheklovlar bo‘lmasin, insonparvarlik tamoyillari ham butunlay yo‘q bo‘lmagan. Jamiyat tarixida nogironlik tushunchasiga bo‘lgan munosabat har doim davr va madaniyatga bog‘liq bo‘lib kelgan. Ba’zi xalqlarda ularning g‘amxo‘rlik va parvarish talab qiladigan shaxslar sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, boshqalarda ular “ortiqcha yuk” sifatida qabul qilingan. Ayniqsa, rivojlanish bosqichlarida jamiyat ma’naviyati va huquqiy tamoyillarining yuksalishi nogiron insonlarning huquqlarini kengaytirishga, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishga yo‘l ochgan. 154 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Bugungi kunda esa inson huquqlari umumjahon miqyosida e’tirof etilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan insonlar ham to‘laqonli ijtimoiy hayotda ishtirok etish, o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish va rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo‘lib bormoqda. Shu jihatdan, tarixiy tajribalar nogironlik masalasini tushunishda bizga muhim saboqlar beradi va bugungi inklyuziv jamiyat qurish yo‘lidagi harakatlarimizda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rish qobiliyatining zaiflanishi bolalarda turli darajada namoyon bo‘ladi. Ba’zilarida bu zaiflashish asta-sekin rivojlanib, ma’lum darajada ko‘rish imkoniyati saqlanib qoladi, boshqalarida esa, ayniqsa tug‘ma ko‘z nuqsonlari bo‘lgan hollarda, bola mutlaqo ko‘r bo‘lib qoladi. Bu kabi holatlar nafaqat bola hayot sifati, balki uning rivojlanishi, ta’lim olish jarayoni va atrofdagilar bilan munosabatlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, bunday bolalarga erta tashxis qo‘yish, maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularni mos sharoitlarga moslashtirish nihoyatda muhimdir. Koʻzi ojiz yoki zaif koʻruvchi bolalar jamiyatda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi. Ularning ijtimoiy ehtiyojlari, hissiy holati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi koʻpincha atrofdagilarning munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Oila bu yerda asosiy tayanch nuqta hisoblanadi. Oilaning qo‘llab- quvvatlovchi va tushunishli bo‘lishi bolaning ruhiy barqarorligini saqlashda muhimdir. Ota-ona bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, unga mos pedagogik yondashuvni tanlashi kerak. Masalan, koʻzi ojiz bolalar uchun tinglab tushunish, idrok qilish, tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi mashg‘ulotlar muhim. Shu bilan birga, opa-uka va boshqa yaqin qarindoshlarning mehr-shafqati bolaning ijtimoiy moslashuvida katta ahamiyatga ega.1 Ko‘plab hollarda qo‘shnilar bolalarga nisbatan beg‘araz mehr ko‘rsatishadi yoki aksincha, ularni chetlab o‘tishadi. Bu esa bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, qo‘shnilarni, ayniqsa ularning o‘g‘il-qizlarini nogiron bolalarga nisbatan to‘g‘ri yondashishga, ularni do‘stona muhitga jalb qilishga o‘rgatish lozim. Masalan, bi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning ijtimoiy moslashuvi, ayniqsa ularning oilaviy va qoʻshnichilik munosabatlaridagi oʻrni va ahamiyati yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning ijtimoiy moslashuvi, ayniqsa ularning oilaviy va qoʻshnichilik munosabatlaridagi oʻrni va ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy moslashuv, oilaviy tarbiya, koʻzi ojiz bolalar, zaif koʻruvchi bolalar, qoʻshnichilik munosabatlari, inklyuziya., psixologik yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники