К содержанию
РецензированоUZ2025

ARTERIAL GIPEREMIYA: PATOLOGIK ANATOMIYA VA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR TAHLILI

Asilbek Isroilov (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti Patologiya va sud-tibbiyot asoslari kafedrasi assistenti, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekiston) · Dildora Valixonova (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabasi, O‘zbekiston, Farg‘ona, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 48-51 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada arterial giperemiya – to‘qimalarda arterial qon oqimining ortishi bilan kechuvchi patologik jarayon sifatida yoritilgan. Maqola patologik anatomiya faniga asoslangan bo‘lib, arterial giperemiyaning etiologiyasi, patogenezi, morfologik belgilariga chuqur tahlil berilgan. Ma’lumki, arterial giperemiya ko‘pincha yallig‘lanish jarayonining boshlanish bosqichida yoki fiziologik sharoitlarda kuzatiladi. Ammo patologik sharoitda uning rivojlanishi qator kasalliklar, xususan, infeksiyalar, travmalar, o‘sma jarayonlari va autoimmun holatlarning klinik belgilari bilan bog‘liq. Morfologik jihatdan bu holat kapillyar va arteriolalarning kengayishi, to‘qimalarning qizarganligi, haroratning ko‘tarilishi, endotelial shish va eritrotsitlar to‘planishi bilan xarakterlanadi. Klinik amaliyotda arterial giperemiyani to‘g‘ri aniqlash yallig‘lanish, regeneratsiya va neoplastik jarayonlarni erta bosqichda tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada arterial va venoz giperemiyalar o‘rtasidagi farqlar ham keltirilib, ushbu holatlarni differensial diagnostika qilish mezonlari bayon qilingan. Ushbu tahliliy maqola talabalarga, shifokorlarga va patolog-anatomiya sohasi vakillariga arterial giperemiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglashda yordam beradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada arterial giperemiya – to‘qimalarda arterial qon oqimining ortishi bilan kechuvchi patologik jarayon sifatida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada arterial giperemiya – to‘qimalarda arterial qon oqimining ortishi bilan kechuvchi patologik jarayon sifatida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
arterial giperemiya, patologik anatomiya, yallig‘lanish, kapillyar kengayish, to‘qima qon ta’minoti, morfologik belgilar, patogenez, differensial tashxis.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники