Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEK TILI TARIXI. O`ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI. O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOT BOSQICHLARI
TILI TARAQQIYOT BOSQICHLARI · OLTIYEVA GAVHAR · Mahmud Kashgari "Qutadghu Bilig". (SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается история и корни узбекского языка, этапы развития узбекского литературного языка, историческая роль и бесценные труды ученых и мыслителей, внесших вклад в развитие тюркских языков. Также анализируются факты, связанные с предоставлением узбекскому языку статуса государственного языка. Ключевые слова: узбекский язык, литературный язык, тюркские языки, лексика древнетюркских языков, тюркский лексический слой, исконно тюркские слова, родной язык, Орхоно-Енисейские надписи, согдийская и пахлавийская письменности, поэма «Хамса» Алишера Навои, труд «Кутадгу билиг» Махмуда Кашгари. Ona tilim! Bu so`z hech kimga notanish so`z emas shubhasiz, bu so`z jaranglaganda inson ich ichidan o`z onasini suyish, ardoqlashdek tuyg`u his etgandek bo`ladi. Insoniyat paydo bo`libdiki uning o`ziga o`xshash insonlar bilan muloqot qilishi uchun Alloh Taolo tomonidan unga go`zal va murakkab mo`jiza ‘’til’’ berildi, ong berildi. SHunday ekan bugungi kungacha rivojlanib barqarorlashgan ona tilimiz O`zbek tili haqida qanday ma`lumotlarga egamiz? Biz maktab darsliklaridan qadimgi dunyo tarixi, undagi Mustaqil O`zbekistonimizning hozirgacha bosgan izlari va o`rni, har bir davlatning o`rni, tili, dini, kelishib chiqishimi xullas ozmi ko`pmi ma`lumotlarga egamiz. Til o`zi nima? Til ijtimoiy hodisa sanalib, u o`ziga oid bo`lgan xalqni hayoti bilan bog`liq holda boyiydi, taraqqiy eta boshlaydi, saqlagan imkoniyatlar doirasini kengaytiradi, jamiyatda qadr topadi. Til naqafat insonlar, davlatlar o`rtasidagi aloqa aralashuvni ta`minlash vazifasini bajaradi, yuksak estetik qimmatga ham ega sanaladi. Til kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi quroli hisoblangani bois ham u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til 64 vositasida fikrlaymiz, boshqalarga fikrimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi, boyitadi, sayqal beradi. (Qiziqarli fakt: dunyoda tillarning miqdori olimlarning hisob kitobiga ko`ra 7000ga yaqin ekan) Qayerda yashashidan qat`iy nazar o`zbek millatiga mansub barcha odamlar ishlatadigan til milliy o`zbek tili deb yuritiladi. Turkiy ya`ni o`zbek tili eng qadimiy tillardan biri bo`lib, uning tarixi Oltoy davridan boshlanib, Oltoy bobo tili dastlab ikkiga tungus-manjur va turk-mo`g`ul tillariga ajralgan. Turk-mo`g`ul tili mustaqil ikki til—turk va mo`g`ul tillari sifatida taraqqiy etgan. VI-X asrlardagi turkiy til_ qadimgi turkiy til Markaziy Osiyo, Shimoliy Mo`g`iliston, Oltoy, Xuroson, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Rossiyaning janubiy qismi, Sibirga tarqalgan butun turkiy urug`lar uchun yagona umumtil bo`lgan. Mazkur davrga oid juda ko`plab turkiy-runiy (O`rxun- Enasoy) va turkiy- uyg`ur bitiklar mavjud. O`rta Osiyo, Qozog`iston, Oltoy, Janubiy Sibir, Uraloldi hududlari aholisi bronza davrining 3-2-mingyilliklaridan boshlab turkiy tilda so`zlashgan. Eski Oʻzbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari XV asrga toʻgʻri keladi. Hozirgi oʻzbek adabiy tili, eski oʻzbek adabiy tilining davomi sifatida XX asrning birinchi choragida qarluq-chigil lahzasining Toshkent-Fargʻona shevalari bazasida shakllandi. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan Oʻrxun-Enasoy tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari boʻlgan Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit at-turk", Yusuf Xos Xojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning " Hibatub Haqoyiq", hamda barchamizning xotiramizda oʻchmas iz qoldirgan, oʻzbek tili boyishiga xizmati buyuk olim va mutafakkir Alisher Navoiyning "Xamsa" dostonlarning oʻrni beqiyos va takrorlanmasdir. Turkiy til qadimda Oʻrxun-Enasoy nomi bilan bogʻliq. Oʻrxun-Enasoy yozuvi kelib chiqishiga koʻra Sugʻd va Pahlaviy yozuvlari orqali Oromiy yozuviga borib taqaladi. Ushbu yozuv dastlab arab yozuvi singari oʻngdan chapga qarab oʻqilgan hamda yozilgan, 38 belgi yaʼni harflardan iborat boʻlgan, tinish belgilar ishlatilmagan. Hozirda turkiy tillar adabiy tiliga oid soʻzlar qadimgi turkiy soʻzlar, qadimgi turkiy leksika, turkiy leksika, turkiy leksik qatlam, umum-turkiy leksika, tub turkiy soʻzlar, asl turkiy soʻzlar kabi ilmiy atamalar bilan atalib kelinadi. Eski turkiy adabiy til davri quyidagi davrlarni oʻzida mujassamlashtiradi: 1. Qoraxoniylar davri tili (Qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili) 2. "Chigʻatoy turkiysi" 3. Eski Xorazm turkiysi. (Oltin Oʻrda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til) 4. Eski qipchoq tili. (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lugʻatlar hamda gʻarbiy turk oʻlkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili) 5. Eski anatoʻli turkchasi. (Bu XIII-XV asrlarda oʻgʻuz turklari qoʻllagan yozma shakli) Yuqorida sanab oʻtilgan oʻzbek tili boyishiga katta hissa qoʻshgan XV- XVI asrlar buyuk mutafakkir "soʻz mulkining sultoni" deya ulugʻlangan buyuk shoir Alisher Navoiy oʻzbek tilining asoschisi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, oʻzbek (turkiy) tiliga yangi lugʻat soʻzlar boyligini kengaytirishga xizmat qilgan bir qancha asarlar yozib qoldirdi. Undan tashqari oʻzbek tilining shakllanishida Yugnakiy, Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, tib
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается история и корни узбекского языка, этапы развития узбекского литературного языка, историческая роль и бесценные труды ученых и мыслителей, внесших вклад в развитие тюркских языков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается история и корни узбекского языка, этапы развития узбекского литературного языка, историческая роль и бесценные труды ученых и мыслителей, внесших вклад в развитие тюркских языков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek language, literary language, Turkic languages, vocabulary of ancient, Alisher Navoiyning ‘’Xamsa ‘’ dostoni, o`zbek tili, tub turkiy so`zlar, turkiy leksik qatlam, O`rxun Enasoy yozuvlari, adabiy til, asl turkiy so`zlar, qadimgi turkiy tillar leksikasi, Mahmud Qoshg`ariyning ‘’Qutadg`u bilig’’ asarlari., Sug`d va Pahlaviy yozuvlari, ona tili, Turkiy tillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024