К содержанию
РецензированоRU2026

TILSHUNOSLIKNING GRAMMATIK DAVRI

Qobilova Marjona Erkinjon qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается письмо и его значение в обществе, этапы его развития, конкретные виды и основные принципы. Также обсуждается, что использовалось вместо письма в древности, каким образом люди общались с помощью жестов и как передавалась информация. Как известно, письмо сопровождает нас с детства, и его происхождение и создатели всегда вызывали интерес. Поэтому в статье исследуется возникновение письменности и её эволюция до наших дней. Ключевые слова: письмо, пиктографическое письмо, идеографическое письмо, иероглифическое письмо, фонографическое письмо, транскрипция, транслитерация ASOSIY QISM ~ 211 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Yozuv-muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuvning opaydo bo‘lganiga 4-5 ming yillar bo‘lgan. Eng daqimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan “eslatuvchi” belgilardan bir-birlariga har qanday ma’lumotni yetkazish uchun foydalanishgan. Masalan, biron xabarni uzoq masofaga yuborish uchun gulxan, tutun, baraban ovozlaridan foydalanishgan. Yozuvning rivojlanish bosqichlari: Piktografik yozuv – bu qadimgi yozuv tizimlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlar yoki tushunchalar tasvirlar(piktogrammalar) orqali ifodalanadi. Misr iyerogliflari yoki Mesopatamiya rasmlarida uchraydi. Har bir belgi yoki rasm ma’lum bir narsani, hodisani, fikrni anglatadi. Masalan, quyosh rasmi – quyoshni yoki kunni bildiradi. Ideografik yozuv – buni piktografik yozuvdan farqi shundaki, piktografik yozuvda belgilar aniq bir narsaning rasmini ifodalasa, ideografik yozuvda ular mavhumroq tushunchalarni bildiradi. Ideografik yozuvlar odatda tilga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni turli xalqlar bir xil belgini bir xil ma’noda tushunishlari mumkin. Zamonaviy hayotda ham ko‘plab ideogrammalar mavjud, masalan, yo‘l belgilarida, grafik interfeyslarda (kompyuter belgilarida) va h.k. Iyeroglifik yozuv — bu qadimgi yozuv tizimi bo‘lib, unda so‘zlar yoki tovushlar murakkab belgilar orqali ifodalanadi. Har bir iyeroglif — bu rasmga o‘xshash, lekin ko‘pincha so‘z, tovush yoki g‘oyani bildiradigan belgi. Eng mashhur iyeroglifik yozuv — Qadimgi Misr iyerogliflari. Unda: Ba’zi belgilar so‘zlarni bildiradi (logogramma), Ba’zilari tovushlarni (fonogramma), Yana boshqalari grammatik funksiyalarni bajaradi. Misol: Qush rasmi — “qush” so‘zini bildiradi yoki ba’zan “A” tovushini anglatadi. Ko‘tarilgan qo‘l rasmi — “ibodat”, “duo” degan ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Iyerogliflar piktografik va ideografik yozuvlarning rivojlangan shakli hisoblanadi. Bugungi kunda ham iyerogliflar ishlatiladi — xitoycha va yaponcha yozuv tizimlarida. Fonografik yozuv — bu yozuv tizimi bo‘lib, unda harflar yoki belgilar til tovushlarini (fonemalarni) ifodalaydi. Ya’ni, nima eshitilsa, shunga yaqin yoziladi. Bu tizimda yozuv talaffuzga asoslanadi — har bir tovush alohida harf yoki harflar guruhi bilan ifodalanadi. Qisqacha taqqoslash: Piktografik — rasmga asoslangan Ideografik — g‘oyaga asoslangan Fonografik — tovushga asoslangan ~ 212 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Transliteratsiya — bu bir yozuv tizimidagi so‘zlarni boshqa yozuv tizimi harflari bilan aniq talaffuziga emas, yozilishiga yaqin holda yozish jarayonidir. Misol: Rus tilidagi “Москва” so‘zi transliteratsiya qilinsa, "Moskva" bo‘ladi. (bu talaffuzi “Maskva”, lekin transliteratsiyada yozilishi saqlanadi) Arabcha “ملاس” — "salam" (transliteratsiya), lekin bu “salom” deb talaffuz qilinadi. Transliteratsiya: ilmiy ishlar,pasportdagi ism-familiyalar,lug‘atlar, kompyuter tizimlarida matnlar bilan ishlashda keng qo‘llaniladi. Talaffuzga asoslangan usul esa — transkripsiya deb ataladi. Transkripsiya — bu so‘zning talaffuzini aniq ko‘rsatish uchun yozilishidir. Ya'ni, qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Transkripsiya harflar orqali emas, tovushlar orqali amalga oshiriladi, ko‘pincha maxsus belgilar (fonetik alifbo) bilan yoziladi. Misol: Inglizcha “book” so‘zi transkripsiyada [bʊk] tarzida yoziladi. Bu talaffuzni ko‘rsatadi. Transkripsiya tilda to‘g‘ri talaffuz qilishda juda foydali, ayniqsa chet tillarini o‘rganishda. XULOSA Yozuvning rivojlanishi insoniyat tarixida muhim bosqichlarni tashkil etadi va uning madaniy, ilmiy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.Yozuvning rivojlanishi nafaqat kommunikatsiya vositalarining takomillashuvi, balki bilimlar va madaniyatning saqlanishi, o‘rganilishi va tarqalishida katta rol o‘ynadi. Har bir bosqichda yozuv tizimlari nafaqat tilni, balki insoniyatning aqliy va madaniy rivojlanishini ham aks ettiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Ilmiy adabiyotlar: 1. Robinson, A. (2009). The Story of Writing. Thames & Hudson. 2. Fischer, S. R. (2004). A History of Writing. Reaktion Books. 3. Diringer, D. (1968). The Development of Writing Systems. Dover Publications. 4. Sproat, R. (2000). The Evolution of Writing. Cambridge Un

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается письмо и его значение в обществе, этапы его развития, конкретные виды и основные принципы.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается письмо и его значение в обществе, этапы его развития, конкретные виды и основные принципы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
writing, pictographic writing, ideographic writing, hieroglyphic, fonologiya, grammatika, tilshunoslik tarixiy davri, tilshunoslik, sintaksis.., grammatikaning turlari, til tizimi, til rivojlanishi, morfologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники