К содержанию
РецензированоUZ2026

SOTSIOLINGVISTIKA

TILSHUNOSLIKNING GRAMMATIK DAVRI · Qarshiboyev Ikromjon

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tilshunoslikning grammatika davri, uning tarixiy rivojlanishi, asosiy tarmoqlari, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Grammatika tilshunoslikda tilning tuzilishini va uning struktural prinsiplarini o‘rganadigan sohadir. Tezistagi tahlil grammatikaning morfologiya, sintaksis, fonologiya va semantika kabi asosiy qismlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, grammatikaning ilmiy yondashuvlari va metodologiyasi, xususan, strukturalizm, generativ grammatika va kognitiv lingvistika kabi yondashuvlar bilan bog‘liq asosiy tamoyillar tahlil qilinadi. Ushbu ishda grammatikaning rivojlanish tarixidagi o‘zgarishlar, yangi ilmiy tizimlar va metodlar, shuningdek, tilshunoslarning ilmiy faoliyatidagi izlanishlari ham tahlil qilinadi. Ushbu maqolada grammatikaning qanday paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi kundagi holatigacha ko‘rib chiqamiz. Kalit soʻzlar: tilshunoslik, grammatika, til tizimi, til rivojlanishi, tilshunoslik tarixiy davri, grammatikaning turlari, fonologiya, morfologiya, sintaksis.. Annotation: This article analyzes the grammatical period of linguistics, its historical development, key branches, and its role in modern linguistics. Grammar is the field within linguistics that studies the structure and principles of language. The analysis in this thesis covers the main components of grammar, including morphology, syntax, phonology, and semantics. Additionally, the scientific approaches and methodologies of grammar, specifically the principles related to structuralism, generative grammar, and cognitive linguistics, are examined. The article also explores the changes in the history of grammar's development, new scientific systems and methods, as well as the research activities of linguists. This paper discusses the emergence of grammar and traces its evolution up to its present- day form. Keywords: linguistics, grammar, language system, language development, historical period of linguistics, types of grammar, phonology, morphology, syntax. ASOSIY QISM Tilshunoslik fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri — bu grammatikadir, negaki shu paytgacha tilshunoslarni eng ko‘p qiziqtirgan savollardan bittasi ham bu — grammatika. U qanday, qachon, qayerda va nima uchun paydo bo‘ldi? Grammatikaning paydo bo‘lishi qadimgi Yunoniston va Rimga borib taqaladi. Dastlab, yunon tilshunoslari tilni tizimli ravishda o‘rganishga harakat qilishgan, eng ~ 208 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilk ilmiy grammatik ishlanmalar miloddan avvalgi 4-3 asrlarga oid. Yunon olimi Dionysius Thraxning miloddan avvalgi 2-asrda yozgan “Grammatika” asari esa ilmiy grammatikaning boshlanishi hisoblanadi. Umuman olganda, grammatikaning paydo bo‘lishi tilshunoslik fanining rivojlanishi uchun muhim bosqich bo‘lib, u nafaqat so‘zlar va jumlalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganish, balki insonlar o‘rtasidagi fikr almashish va muloqotda aniq ifodalanish imkoniyatlarini yaratgan. Grammatikaning asosiy qismlari morfologiya, sintaksis, fonologiya va semantikani o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning tarkibiy qismlarini, ya’ni morfemalar bilan ishlashni o‘rganadi. Sintaksis so‘zlarning jumlalar ichidagi aloqalarini tahlil qiladi. Fonologiya tovush tizimini o‘rganadi, semantika esa so‘zlarning ma’nosi bilan shug‘ullanadi. Grammatikaning rivojlanishi tarixiy jihatdan turli bosqichlardan o‘tgan. Dastlab, yunon va rim olimlari grammatikaning asosiy qoidalarini yaratishga harakat qilishgan. XIX asrda esa strukturalizmning rivojlanishi va keyinroq generativ grammatika singari yangi yondashuvlar paydo bo‘ldi. XX asrda grammatikaning sintaktik tuzilmalari, uning inson ongida qanday shakllanishi va tilning psixologik jihatlari kognitiv lingvistika orqali o‘rganila boshlandi. Grammatika tadqiqotlari ko‘plab ilmiy metodologiyalarga tayanadi. Strukturalizm yondashuvi tilning tuzilishiga alohida e’tibor beradi. Generativ grammatika esa tilni sintaktik tizim sifatida o‘rganishga asoslangan. Hozirgi kunda, kognitiv lingvistika va pragmatik yondashuvlar grammatikaning tilni kontekstdagi ishlatilishiga, inson ongida qanday shakllanishiga katta ahamiyat qaratadi. Zamonaviy grammatika tadqiqotlari, ayniqsa, sun'iy intellekt va kompyuter lingvistikasidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Kompyuter texnologiyalari yordamida grammatikaning yangi yondashuvlari, tilning sintaktik va semantik tuzilmalari yanada chuqurroq tahlil qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, tilni o‘rganishning yangi uslublarini rivojlantirishga imkon yaratmoqda. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak grammatika tilshunoslikning asosiy bo‘limi va uning asosi negizi demakdir. Shuning uchun ham tilshunoslikda grammatikaning tuzilishini va uning funksiyasini tushunish uchun juda muhim. Ushbu tezisda grammatikaning rivojlanishi va uning turli davrlardagi o‘zgarishlari tahlil qilindi. Shuningdek, grammatikaning zamonaviy yondashuvlari, yangi metodologiyalar va ilmiy yondashuvlar tilshunoslikda yangi imkoniyatlarni ochish imkonini bera

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tilshunoslikning grammatika davri, uning tarixiy rivojlanishi, asosiy tarmoqlari, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tilshunoslikning grammatika davri, uning tarixiy rivojlanishi, asosiy tarmoqlari, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguistics, grammar, language system, language development, Sotsiolingvistika, ijtimoiy guruhlar va til xususiyatlari, sotsiologiya, tilda sotsiologik metodlar., obyekti, dialektologiya, til diskriminatsiyasi, multilingualizm (ko‘p tillilik), hududiy lahja va dialektlar, til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, til o‘zgarishi, til va jamiyat, til va ijtimoiy muhitning o‘zaro ta’siri, predmeti, ijtimoiy kelib chiqish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники