Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
KOMMUNIKATIV TILSHUNOSLIK ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING BIR TARMOG'I SIFATIDA KO‘RINISHI
Pulatova Shahzoda Muzaffar qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu tezis asosida “Kommunikativ tilshunoslik” ning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni xususida turli fikrlar, izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, kommunikativ tilshunoslikning turli tarkibiy qismlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Tilshunoslik fanining insonlar hayotida qanday muhim ahamiyat kasb etishi va bugungi kunda tilshunoslik orqali hayotimizdagi “muloqot” bilan bog‘liq turli muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Kommunikativ tilshunoslik, muloqot, kontekst ma’no, pragmatika, sotsiolingvistika, shaxslararo muloqot, og‘zaki bo‘lmagan muloqot, madaniy omil. Biz insonlar muloqot bilan ajralmas strukturamiz, ya’ni muloqotsiz yashay olmaymiz. Ushbu fikr ilm-fanda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Insonlar o‘rtasida aynan muloqot jarayoni bo‘lmasa ularning umri uzoqqa bormasligi ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan aniqlangan. “Robinson Krusoning hayoti va g‘alati sarguzashtlari” filmini diqqat bilan ko‘rgan bo‘lsangiz yoki kitobini o‘qigan bo‘sangiz, yirtqich hayvonlarga yem bo‘lishdan ko‘ra muloqot qilmasdan yashash qanchalar og‘ir va achinarli ekanini anglab yetgansiz. Haqiqatan ham, biz kundalik hayotimizda eng kamida o‘nta odam bilan muloqotga kirishamiz. Umuman olganda, “muloqot” atamasi fikr almashish, g‘oya va ma’lumot (lotincha communicatio, communico – men umumiy qilaman, muloqot qilaman) degan ma’noni anglatadi. Bir gap bilan aytganda, “muloqot” shaxs bo‘lishning eng muhim mexanizmi hisoblanadi. “Muloqot” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini va hayotimizda muhim rolga egaligini tushundik. Endigi navbatda “Kommunikativ Tilshunoslik” to‘grisida to‘xtalsak, Kommunikativ tilshunoslik tilning muloqotda qo‘llanish usullariga e’tibor qaratuvchi tilshunoslikning kichik va zamonaviy tilshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etuvchi sohasidir. U odamlarning ma’no, niyat va his-tuyg‘ularini ifodalashda og‘zaki, yozma va imzolangan til orqali qanday yetkazishini o‘rganadi. Kommunikativ tilshunoslikka qiziqishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Kontekst ma’nosi – kontekst til talqiniga qanday ta’sir qilishini tushunish; ~ 201 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2. Shaxslararo muloqot – suhbatda odamlarning qanday munosabatda bo‘lishini va ma’noni muhokama qilishini o‘rganish; 3. Og'zaki bo'lmagan muloqot – og‘zaki nutqni to'ldiradigan imo- ishoralar, yuz ifodalari va og'zaki bo'lmagan ishoralarning boshqa shakllarini o'rganish; 4. Madaniy omillar – madaniy muhitning muloqot uslublari va amaliyotlariga qanday ta'sir qilishini tahlil qilish. Umuman olganda, kommunikativ tilshunoslik nafaqat tilning tuzilishini, balki uning hayotiy munosabatlarda qanday ishlashini ham tushunishga intiladi. Bundan tashqari, XX asr tilshunosligi (zamonaviy tilshunoslik) tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan shug‘ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilning rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganishni yetakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo‘ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo‘lgan kommunikativ tilshunoslik o‘z ichiga quyidagi sohalarni oladi: 1. Matn tilshunosligi. 2. Sotsiolingvistika 3. Psixolingvistika. 4. Lingvistik pragmatika. Matn tilshunosligi tilshunoslikning kommunikativ kontekstda kengaytirilgan matnlarni (og'zaki yoki yozma) tavsiflash va tahlil qilish bilan shug'ullanadigan bo'limidir. Ba'zan bir so'z sifatida yoziladi, matn tilshunosligi (nemis Textlinguistik so'zidan keyin). Tilshunos P.Gironing fikricha, matn o‘zaro bog‘langan birliklar butunligi bo‘lib, bu butunlikni tashkil etuvchi belgilar, ishoralar uslubiy taassurotni ifodalash maqsadida bir-biri bilan munosabatga kirishib yagona sistemani tashkil etadi. Sotsiolingvistika – tilning sotsiologik tomonlarini oʻrganuvchi fan. Intizom jamiyatdagi ijtimoiy rollarni saqlab qolishda tilning roli bilan bog'liq. Ijtimoiy lingvistlar muayyan vaziyatlarda qo'llaniladigan va ishtirokchilar o'rtasidagi turli xil ijtimoiy munosabatlarni va vaziyatning muhim elementlarini belgilaydigan lingvistik xususiyatlarni ajratib olishga harakat qilishadi. Mening fikrimcha, Sotsiolingvistika bu inson va jamiyat o‘rtasida bo‘ladigan muloqotlar, insonning jamiyatda qanday tartibda gapirishi, o‘z nutqini ommaga qay tarzda yetkizib berishi bilan shug‘ullanadigan tilshunoslik sohasi. Psixolingvistika: (a.k.a til psixologiyasi) kognitiv fan sohasiga kiruvchi akademik intizom. Intizom psixologiya va tilshunoslikka tayanadi va tilni qayta ~ 202 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishlash mexanizmlari, ya'ni miyaning tilni qanday qayta ishlashi, tushunishi va ishlab chiqarishi bilan qizi
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezis asosida “Kommunikativ tilshunoslik” ning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni xususida turli fikrlar, izlanishlar olib borilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezis asosida “Kommunikativ tilshunoslik” ning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni xususida turli fikrlar, izlanishlar olib borilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kontekst ma’no, Kommunikativ tilshunoslik, muloqot, pragmatika, madaniy omil., shaxslararo muloqot, og‘zaki bo‘lmagan muloqot, sotsiolingvistika
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026