Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
NEYROLINGVISTIKA VA UNDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR
Nazarova Dilnoza Boymurod qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada neyrolingvistika fanining shakllanishi,kelib chiqishi,tarixi,obyekti,predmeti va maqsadi to`liq yoritiladi.Uning oqibatida yuzaga keluvchi kasalliklar, mutaxassislar tomonidan o`rganiladi.Bir qancha izlanishlar va tadqiqotlar natijasida bu kasalliklarga oydinlik kiritiladi. Kalit so`zlar va iboralar: Neyrolingvistik tadqiqotlar,afaziya,Pol Broka,Karl Vernike,til strukturasi,otopsiya,nutqiy faoliyat,bosh miya. Neyrolingvistika o`zi nima? U qanday shakllangan va qanday omillar bunga ta`sir o`tkazgan? Neyrolingvistika-bu(lot.neuron-nerv va lingua-til),ya`ni til va miya o`rtasidagi bog`liqlikni o`rganadi.Uning fan sifatida vujudga kelishiga neyropsixologiya,lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi tayanch vazifani bajargan. Neyrolingvistika inson miyasidagi nerv hujayralarining-neyronlarning tilni- so`zlarni hosil qilishdagi vazifasini o`rganishi bilan boshqa sohalardan farq qiladi. Obyekti-til birliklari va miyaning ishlash jarayonidagi mexanizmlar o`rtasidagi aloqalar hisoblanadi Predmeti-nutqimizda sodir bo`ladigan jarayonlar va miyada kuzatiladigan biofiziologik hodisalarni qamrab oladi. Maqsadi:til strukturasi,uning tabiati va til birliklarining o`ziga xos jihatlarini o`rganish. Neyrolingvistikaning kelib chiqishiga nazar soladigan bo`lsak,bu o`z-o`zidan fransuz olimi Pol Broka va nemis psixiatri Karl Vernikening tadqiqotlariga borib taqaladi.1861-yil neyrolingvistikaning tug`ilish yili sifatida olimlar tomonidan baholanadi.Chunki aynan shu yilda fransiyalik olim Pol Broka Biketr kasalxonasida 21yil ishlash jarayonida nutq va unda yuz berayotgan falajlikni to`g`rilagan va batamom tuzatganligi ma`lum bo`lgan.Shifokorlik yillarida bir qancha bemorlar ustida tadqiqotlar o`tkazgan.Ulardan biri Lui Viktor Leborgne ismli bemor bo`lib,u Brokaning yoniga kelganda “tan” so`zidan boshqa hechqanday so`zni aytmaganligi tufayli,odamlar orasida “Tan” laqabi bilan taniladi va bir necha kundan so`ng gangrena sababli vafot etadi.Tanning vafotidan so`ng Broka jismoniy tushuntirish topish maqsadida Leborgneni otopsiya (kesib ko`rish) qiladi.Buning natijasida peshona chap egri yarimsharining shikastlanganligi aniq bo`ladi.Ya`ni inson gapirish qobiliyatini deyarli yo`qotadi ammo o`zga insonlarning gapirgan gaplarini to`liq ~ 169 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tushunadi.Tandan keyin yana o`n ikkita bemorni otopsiya qiladi va ularning natijasini 1865-yilda yozilgan “Chapning uchinchi konvolyutsiyasida nutqning lokalizatsiyasi” nomli maqolasida e`lon qiladi. Karl Vernike Fransiyaning Parij shahridan, xususan Pol Brokadan kelgan tadqiqotlarni ko`rib chiqadi va til va muloqot bo`yicha bir qancha qiziqishlari ortadi.Bundan tashqari Brokaning vosita afazi bo`yicha tayyorlagan ishlari Vernikening psixofiziologiya ya`ni til bilan bog`liq afaziyalarga o`zining ta`sirini ko`rsatadi.Vernike izlanishlar natijasida bu sohada juda uzoq vaqt tadqiqot olib boradi.1874-yilda Meynert bilan o`qib yurgan kezlarida “Der Aphasische Symptomencomplex”ni nashr qiladi.Bu kitobda hozirgi kunda Vernikning afazi deb nomlanuvchi sensorli afaziya Broka afaziyasidan tubdan farq qiladi. Chunki Brokaning afaziyasida bemor tushuna oladi lekin gapirish faoliyati ishdan chiqqanligi ma`lum bo`lsa,Vernike afaziyasida esa buning aksini ko`rishimiz mumkin.Inson gapira oladi, ma`noli so`zlarni ishlatadi va osongina bir-biriga bog`laydi,biroq bog`langan so`zlarda hechqanday ma`no yo`qligiga guvoh bo`lishingiz mumkin. Vernike lokalizatsiya nazariyasini taklif qildi va miyaning turli aniqlanadigan hududlari turli xil xatti-harakatlarni nazorat qilishini aniqladi.Broka va Vernikening olib borgan tadqiqotlari, boshqalarga miyaning lokalizatsiyalangan(to`xtab qolishi) joylarini o`rganishga va ilmiy izlanishi uchun yo`l ochib berdi.Miyaning har bir hududi shikastlanganda,uning natijasida yuzaga kelgan kasalliklar bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin Xulosa qilib shuni aytib o`tishim mumkinki,neyrolingvistika bizning nutqiy faoliyatimizni boshqarib turuvchi mexanizm hisoblanadi.Bundan tashqari,bizning har bir xatti-harakatlarimiz ongimiz orqali sintez qilinib,gapirish holatiga keltriladi,bundan so`ngra, biz ularni tilimiz orqali yoritib beramiz.Miyaga qilingan har bir jarohat,tuzatib bo`lmas kasalliklarni chiqarib qo`yishi mumkin.Bugungi kunnning eng dolzarb, murakkab va yosh fani neyrolingvistika bo`lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Majidova R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent,2021 2. Androutsos G, Diamantis A (2007).Bolqon onkologiya ittifoqi jurnali.12(4):557-64 3. Alajouanine T,Signoret JL (1980).”Pol Broka va afazi”. 4. Cowie SE (2000).Tergov jarrohlik jurnali.13(6) :297-8 doi: 5. Finger,Stenli (2000).Oksford universiteti matbuoti. 6. Nurmonov A,.Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik.-T., 2007 7. D.M.Kholikova. The notion of internationalisms and interlingua // Образование и наука в ХХI веке. – Россия, 2021. - S. 1194-1198. ~ 170 ~
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada neyrolingvistika fanining shakllanishi,kelib chiqishi,tarixi,obyekti,predmeti va maqsadi to`liq yoritiladi.Uning oqibatida yuzaga keluvchi kasalliklar, mutaxassislar tomonidan o`rganiladi.Bir qancha iz…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada neyrolingvistika fanining shakllanishi,kelib chiqishi,tarixi,obyekti,predmeti va maqsadi to`liq yoritiladi.Uning oqibatida yuzaga keluvchi kasalliklar, mutaxassislar tomonidan o`rganiladi.Bir qancha iz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pol Broka, nutqiy faoliyat, bosh miya., afaziya, Neyrolingvistik tadqiqotlar, til strukturasi, Karl Vernike, otopsiya
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025