К содержанию
РецензированоUZ2026

NEYROLINGVISTIKA VA PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLARNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

ZAMONAVIY TENDENSIYALARI · Keldiyorova Mohichehra Otabek qizi · Zamonaviy neyrotexnologiyalar, jumladan Magnit-Rezonans Tomografiyasi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada neyrolingvistika va psixolingvistika fanlarining asosiy mohiyati, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda zamonaviy tadqiqotlarning yo‘nalishlari yoritiladi. Neyrolingvistika tilning miyada qanday tashkil topishini tahlil qilsa, psixolingvistika til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab jarayonlarni o‘rganadi. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning bu sohalarga ta’siri va mashhur olimlarning qarashlari keltirilgan. Kalit so‘zlar. Neyrolingvistika, psixolingvistika, inson miyasi, til va tafakkur, afaziya, til o‘zlashtirish, neuroplastisitet, universal grammatika, tabiiy til ishlov berish (NLP). Insoniyat tarixida til fikr almashish vositasi bo‘lish bilan birga, tafakkur va madaniyat shakllanishining ham asosi sifatida namoyon bo‘lgan. Til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalarni o‘rganish neyrolingvistika va psixolingvistika fanlari yordamida amalga oshiriladi. Neyrolingvistika asosan tilning miyada qanday shakllanishini, qaysi miya sohalari til faoliyati uchun mas'ul ekanligini tahlil qiladi. Aleksandr Romanovich Luriya o‘zining "Higher Cortical Functions in Man" asarida: "Til va tafakkur miyaning o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatining natijasidir", deya ta’kidlagan. Uning tadqiqotlari til buzilishlari, ayniqsa afaziya kasalligi bilan bog‘liq neyrojarayonlarni tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Zamonaviy neyrotexnologiyalar, jumladan Magnit-Rezonans Tomografiyasi (MRT) va Elektroensefalografiya (EEG) vositasida, miyada til bilan bog‘liq faollikni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa neyrolingvistika fanini yangi bosqichga olib chiqdi. Psixolingvistika esa inson tafakkurining til vositasida shakllanishi, tilni o‘zlashtirish, nutq hosil qilish va anglash jarayonlarini o‘rganadi. Noam Chomsky o‘zining "Aspects of the Theory of Syntax" asarida: "Til inson miyasida tug‘ma mavjud bo‘lgan ichki qobiliyatdir", degan fikrni ilgari surdi. Steven Pinker esa "The Language Instinct" kitobida til o‘rganish insoniyatning genetik dasturiga asoslanganini ta’kidlab, evolyutsion yondashuvni ilgari suradi. Bugungi kunda neyrolingvistika va psixolingvistika sun’iy intellekt va tabiiy til ishlov berish (NLP) sohalari bilan ham chambarchas bog‘lanmoqda. Masalan, ~ 136 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mashinalarga inson tilini anglatish uchun psixolingvistik modellardan foydalanilmoqda. Ko‘p tillilik, bolalarda va kattalarda til o‘zlashtirish jarayonlari, miyaning plastisitet xususiyatlari kabi sohalar ham neyro- va psixolingvistlarning dolzarb tadqiqot mavzularidan hisoblanadi. Afaziya kabi til buzilishlari neyrolingvistik va psixolingvistik bilimlar asosida muvaffaqiyatli reabilitatsiya qilinmoqda. Xulosa Neyrolingvistika va psixolingvistika inson tafakkurining murakkab jihatlarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Bu fanlar yordamida miyaning til bilan bog‘liq funksiyalari, nutq shakllanishi va tafakkurning rivojlanish mexanizmlari chuqurroq o‘rganilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlar neyrolingvistika va psixolingvistikani yangi qirralarini ochmoqda. Ushbu fanlarning rivojlanishi natijasida nutq buzilishlarini davolash, til o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish va sun’iy intellekt tizimlarida inson tilini mukammalroq modellash imkoniyatlari kengaymoqda. Kelajakda neyro- va psixolingvistik tadqiqotlar inson miyasi va tafakkurining yanada ko‘proq sirlarini ochishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Luriya, A.R. (1966). Higher Cortical Functions in Man. 2.Chomsky, N. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. 3.Pinker, S. (1994). The Language Instinct. 4.Aitchison, J. (2000). The Seeds of Speech: Language Origin and Evolution. 5.Lenneberg, E.H. (1967). Biological Foundations of Language. 6.Friederici, A.D. (2011). The Brain Basis of Language Processing: From Structure to Function. Physiological Reviews, 91(4). 7.Pulvermüller, F. (2002). The Neuroscience of Language: On Brain Circuits of Words and Serial Order. 8.Hickok, G., & Poeppel, D. (2007). The Cortical Organization of Speech Processing. Nature Reviews Neuroscience. ~ 137 ~

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada neyrolingvistika va psixolingvistika fanlarining asosiy mohiyati, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda zamonaviy tadqiqotlarning yo‘nalishlari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada neyrolingvistika va psixolingvistika fanlarining asosiy mohiyati, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda zamonaviy tadqiqotlarning yo‘nalishlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tabiiy til ishlov berish (NLP)., psixolingvistika, universal grammatika, neuroplastisitet, Neyrolingvistika, afaziya, til o‘zlashtirish, inson miyasi, til va tafakkur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники