Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
AMALIY TILSHUNOSLIK DOIRASIDA TERMINOLOGIYANING SHAKLLANISHI VA QO‘LLANILISHI
SHAKLLANISHI VA QO‘LLANILISHI · S.F. Kamolova · O.K. Xakimbayeva
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Mazkur maqola so‘nggi paytlarda olib borilayotgan terminlar bo‘yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Ma’lumki terminologiya tilshunoslikning eng ahamiyatli bo‘limi hisoblanadi. Terminologiyaning til lug‘at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g‘oyaga ko‘ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlariga tenglashtiriladi. Kalit so‘zlar: termin, terminologiya, fan tili, o‘zbek tili, tilshunoslik, leksik birlik, ilmiy atama, atama, milliy termin, o‘zlashgan so‘z, semantika. Zamonaviy davrda fan va texnika rivojlanish sur’atlarining keskin oshishi terminologiya tizimining ham jadal takomillashuviga sabab bo‘lmoqda. Ilm-fan, texnika va texnologiya sohalaridagi taraqqiyot natijasida yangi ilmiy tushunchalar vujudga kelib, ularni ifodalovchi terminlar va atamalar o‘rtasida uzviy bog‘liqlik shakllanmoqda. Bunday aloqadorlik, asosan, konseptual asosda tashkil etiladi. Terminologik birliklarni tahlil qilish jarayonida lingvistik, kognitiv, ontologik va diskursiv yondashuvlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Har qanday tilning leksik boyligi ikki asosiy manba orqali — umumxalq lug‘aviy zaxirasi va maxsus terminologik tizimlar bilan o‘rganiladi. Maxsus lug‘aviy qatlam esa o‘z ichida uchta asosiy guruhga bo`linadi: terminlar, nomenklatura birliklari va professionalizmlar. Terminologiya — ilmiy tafakkurning mahsuli sifatida yangi tushunchalarni nomlash va ularni tizimlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Terminologik birliklarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni bir nechta omillar bilan belgilanadi, jumladan, fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat ehtiyojlari, madaniy va ijtimoiy omillar. Har bir yangi atama yoki termin mavjud konseptual doiraga muvofiq tarzda singdiriladi va unga tegishli semantik yuklama beriladi. “Termin” so‘zi lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, chegara degan ma’noni anglatadi. Terminlar fan, texnika, san’at, sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki biron-bir kasbga oid ma’lum bir tushunchani beradigan ilmiy so‘zlarga nisbatan ishlatiladi. ~ 133 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Ba’zi manbalarda terminlar va atamalar bir xil ma’noga ega degan qarashlar ham mavjud, lekin atama so‘zi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan so‘ng tilshunoslikda qo‘llanila boshlangan. Atamalar ilmiy muloqotdan jonli nutqqa o‘tganda yoki vaqt o‘tishi bilan jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, hamda keng foydalaniladigan oddiy so‘zlarga aylanadi. Atamalar tilshunoslik fanida ilmiy matnni tashkil etuvchi asosiy birliklar sifatida xizmat qiladi. Bunga misol sifatida xorijiy olimlardan A. Reformatskiy esa quyidagicha ta’rif beradi, “Termin bu so‘z, uni alohida ajratish mumkin emas va atama maxsus xususiyatlarga egadir; bu bitta, fan sohalariga tegishli bo‘lgan aniq so‘zlar jamlanmasidir, unga texnologiya, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiyaga oid bo‘lgan so‘zlar kirishi mumkin”. Shuningdek, atamalar adabiy tilning leksik tizimining ajralmas qismidir. So‘zlar o‘z ichiga juda ko‘p axborot oladi, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ilmiy (texnik) ma’no beruvchi so‘zlar ilmiy tushunchaning ta'rifini beradi. Misol uchun “kodlash algoritmi”, “sun’iy intellekt”, “ma’lumotlar bazasi”, “kiberxavfsizlik protokoli” kabi atamalar axborot texnologiyalari va kompyuter fanlari sohasida muhim rol o‘ynaydi. Umumiy qilib aytganda Terminologiya tilshunoslikning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, ba’zi manbalarda terminosistema deb ham ataladi. Terminosistema - inson bilimlari yoki faoliyatining har qanday maxsus sohasi belgilari tizimi, uning tushunchalari tizimiga nisbatan izomorfik, uning kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi. Bunga hujjatlashtirish va foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida kontekstdagi atamalarni o‘rganish va tahlil qilish orqali erishiladi hamda bir yoki bir nechta tillar bilan cheklanishi mumkin. Tilshunoslikda terminologiya muhim ahamiyat kasb etishi sababli, uning o‘ziga xos asosiy xususiyatlari mavjud: ulardan biri maxsus atamalar to‘plamidir. Ikkinchisi esa tartibga solish bo‘lib bunda atamalarning mazmunini aniq belgilash terminologiyaning eng buyuk ustuvor xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu ilmiy tadqiqotlarda yoki hujjatlarda aniq ma’lumot olishni taminlashda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda, terminologiya ilmiy va texnik sohalarda aniq tushunchalar yaratish, tizimlashtirish va ularni samarali ishlatish uchun muhim rol o‘ynaydi. Yangi atamalar va terminlarning shakllanishi va ularning tizimli qo‘llanilishi ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv jarayonlari va ijtimoiy kommunikatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdullayeva, N. (2017). Leksikografiya va terminologiya. Toshkent: Iqtisodiyot va Xususiylashtirish nashriyoti. 2. Raxmonov, M. (2008). O‘zb
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola so‘nggi paytlarda olib borilayotgan terminlar bo‘yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola so‘nggi paytlarda olib borilayotgan terminlar bo‘yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zlashgan so‘z, atama, terminologiya, tilshunoslik, ilmiy atama, milliy termin, leksik birlik, termin, fan tili, semantika., o‘zbek tili
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025