Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
NOAN’ANVIY TA’LIM SHAKLLARINING ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI
TIZIMIDAGI O‘RNI · Imomova Subhida Salohiddin qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ta’limning noan’anaviy shakllari haqida so‘z yuritiladi va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida muhokama qilinadi.Masofaviy ta’lim, o‘yinlashtirilgan ta’lim, MOOK ta’lim kabi usullarning afzalliklari va shular bilan bir qatorda yuzaga kelish mumkin bo‘lgan kamchiliklari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Noan’anaviy ta’lim, masofaviy ta’lim, o‘yinlashtiilgan ta’lim, gamification, individual, MOOK ta’lim, flipped classroom, teskari ta’lim, mustaqil ta’lim. Tobora zamonaviylashib borayotgan ta’lim tizimida ham sifatga, ham natijaga e’tibor qaratish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Albatta, yuqorida keltirib o‘tilgan xususiyatlar bilan bir qatorda qulaylikni ham eng muhim omillardan biri hisoblashimiz mumkin. Bunday bir paytda yoshlarning ta’lim olish jarayoni davomida nafaqat an'anaviy ta’lim tizmiga shu bilan bir qatorda tamoman yangicha, innovatsion va moshlashuvchan ta’lim tizimiga ham e’tibor kuchaymoqda.Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asrida masofaviy o‘qitish tizimi, online ta’lim dasturlari va shu kabi yangicha ta’lim shakllari yanada rivojlandi va o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga erishib kelmoqda. Bilamizki, noan’anaviy ta’lim tizimlari an’anaviy, odatiy o‘qitish tizimidan tubdan farq qilgan holda o‘quvchining individual shug‘ullanishiga, ularda paydo bo‘lgan ma’lum bir sohadagi bo‘shliqni to‘ldirishga va shu bilan birga ularning kreativ yondashuvini kuchaytirishga katta e’tibor qaratadi.Bugungi kunda ko‘p uchraydigan odatiy bo‘lmagan ta’lim shakllari quydagilar: • Masofaviy (online) ta’lim – hozirgi kundagi eng ko‘p tarqalgan ta’lim shakli. Internet orqali istalgan hududdan, istalgan vaqt oralig‘ida ta’lim olishga imkon beruvchi tizim hisoblanib unga hech qanday geografik cheklovlar to‘siqinlik qila olmaydi. Nafaqat O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida online o‘qishning mumkinligi, balki O‘zbekistonda yashayotgan holda boshqa bir davlat universitetlarida ta’lim olish, malaka oshirish kabi bir qator qulayliklar ushbu ta’limga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda. • O‘yinlashtirilgan ta’lim (gamification) – o‘quvchilar va talabalar uchun eng kerakli ta’lim shakllaridan biri.Gamification (ingl. o‘yin, o‘yin orqali, o‘yinga ~ 115 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman asoslangan) hozirgi kundagi eng zamonaviy usul bo‘lib, u o‘zida turli xil afzalliklarni namoyon qilishi bilan ajralib turadi. Asosan, o‘yinlar bilan ishlash talaba va o‘quvchilarda ichki qo‘rquvni kamaytirish, jamoaga qo‘shilish va birgalikda ishlashga qulay muhit yaratadi. Umumiy qilib aytganda bu ta’lim tizimining eng muhim jihati shundaki, ushbu shakl orqali talabalarni o‘qishga qiziqtirish anchagina oson va qulay hisoblanadi. • MOOC (Massive Open Online Courses) – masofaviy, ommaviy va albatta bepul zamonaviy tizim bo‘lib, bu tizim online kurslarni o‘z ichiga qamrab qoladi. 2011 – yil Stanford universiteti professori tomonidan sun’iy intellektga oid bepul online kursini nashr etadi va shundan boshlab masofaviy kurslar ommalashib ketadi. Afzalliklari; bepul online ta’lim olish, zamonaviy mutaxxasisliklar, dunyoning eng yaxshi o‘qituvchilari, erkin dars jadvali, interfaollik va boshqalar. Dunyoning Oxford, Harvard, Princeton singari yetakchi universitetlari tomonidan turli saytlarga joylashtirilgan videoroliklar, turli xildagi viktorinalarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni bu istalgan bir sohada ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan izlanuvchilar uchun ulkan ochiq platforma demakdir. • Flipped classroom (teskari ta’lim) – talabalar va o‘quvchilar uchun har bir mavzu ustida o‘zlari izlanish olib borishlariga va o‘sha mavzudagi bilimlarini darsda ya’ni amaliyot paytida mustahkamlashga imkoniyat yaratadigan ta’lim shakli. Teskari sinf modelida o‘qituvchi va professorlar tomonidan barcha qo‘llanmalar va o‘quv materiallari o‘quv semester boshida talabalarning o‘z platformalariga barcha uchun ochiq holatda joylashtiriladi. Talabalar ushbu o‘quv qo‘llanmalarini o‘zlari mustaqil holatda o‘rganib chiqadilar va sinfda turli o‘yinlar va faol metodlar yordamida qanchalik darajada o‘zlashtirganlilarini namoyon qiladilar. Shubhasiz, yuqoridagi yangicha shakllar yoshlarga anchagina qulaylik yaratadi, xususan, ularning istalgan resurslar orqali ta’lim olishida yoki yangicha interaktiv metodlardan foydlanishida. Ammo, shu narsani unutmaslik lozimki, bu ta’lim shakklari orqali ba’zi bir ko‘z ilg‘amas muammolar yuzaga kelmoqda. Masalan, elektron jihozlarga bog‘lanib qolish, topshiriqlarni to‘liq nazorat qilishning cheklanganligi, o‘quv materiallarini mustaqil va yakka holda o‘rganish va shu sabablar samaradorlikda sustlashish singari turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.Bundan tashqari shuni inobatga olish kerakki, ushbu ta’lim shakllari barcha sohalar uchun ham qulay hisoblanmaydi, ya’ni labaratoriya singari tajribalarda an’anaviy tizim eng yaxshi yechimga aylanadi Noan’anaviy ta’lim tizimlari yoshlarning o‘z ustida ishlash, mavzuni chuqur o‘rgnish, mushohada qilish,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’limning noan’anaviy shakllari haqida so‘z yuritiladi va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida muhokama qilinadi.Masofaviy ta’lim, o‘yinlashtirilgan ta’lim, MOOK ta’lim kabi usullarning afzallikla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’limning noan’anaviy shakllari haqida so‘z yuritiladi va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida muhokama qilinadi.Masofaviy ta’lim, o‘yinlashtirilgan ta’lim, MOOK ta’lim kabi usullarning afzallikla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘yinlashtiilgan ta’lim, individual, masofaviy ta’lim, Noan’anaviy ta’lim, gamification, mustaqil ta’lim., teskari ta’lim, MOOK ta’lim, flipped classroom
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025