К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KOMPYUTER VA MATEMATIK LINGVISTIKA: INTEGRATSIYA VA ISTIQBOLLAR

Ilhomova Nozima Erkin qizi · ASOSIY QISM

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda matematik va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tilni matematik modellashtirish, formal grammatikalar va algoritmik yondashuvlar bilan bir qatorda, kompyuter lingvistikasi doirasidagi tabiiy tilni qayta ishlash, mashina tarjimasi va sun’iy intellekt texnologiyalari haqida ma’lumot beriladi. Tezisda ushbu yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi, zamonaviy tilshunoslik, sun’iy intellekt, algoritmik yondashuv. ASOSIY QISM Bugungi kunda tilshunoslik fani yangi texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar bilan boyib bormoqda. Ayniqsa, matematik va kompyuter lingvistikasining rivojlanishi tilni o‘rganish va uni avtomatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tilning tuzilishi, grammatikasi va ma’nosi ustida matematik modellardan foydalanish, shuningdek, kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu esa tilshunoslikni faqat nazariy emas, balki amaliy sohaga ham aylantirib, sun’iy intellekt, mashina tarjimasi va tabiiy tilni qayta ishlash kabi yo‘nalishining taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Matematik lingvistika – bu tilni ilmiy asosda, aniq va formal metodlar bilan o‘rganishga yo‘naltirilgan tilshunoslik sohasi bo‘lib, zamonaviy davrda u tilni tushunish va uni texnologik tizimlarga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalish tilning ichki tuzilishini, grammatik tizimlarini va sintaktik birliklarini matematik modellar asosida tahlil qilishni maqsad qiladi. Bugungi kunda tilshunoslikning ko‘plab yo‘nalishlari, ayniqsa, kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt, mashina o‘rganish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi sohalar aynan matematik lingvistikaning tamoyillariga asoslanadi. Til qoidalarini aniq formulalar, algoritmlar va statistik modellar orqali ifodalash esa turli texnologik ilovalar – masalan, Google Translate, ovozli yordamchilar, chatbotlar va grammatik analizatorlar uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda[1]. Matematik asoslar: • To‘plamlar nazariyasi: Til elementlarini guruhlash va ularni tahlil qilish uchun. ~ 109 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman • Formal mantiq: Tilning mantiqiy tuzilishini ifodalash uchun. • Algebra: Til tuzilmalarini algebraik modellar orqali ifodalash uchun. • Statistika: Til elementlarining ehtimollik asosidagi tahlili uchun [6]. Jo‘rabek G‘ulomovning “Formal tilda grammatik qoidalarni modellash” nomli maqolasida til tizimini matematik yondashuvlar orqali tahlil qilish bo‘yicha muhim fikrlar ilgari suriladi. Uning fikricha: “Til hodisalarini matematik model asosida tahlil qilish, avvalo, lingvistik birliklar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi. Bu esa, nafaqat tildagi grammatik jarayonlarni chuqur o‘rganish, balki uni avtomatlashtirilgan vositalar yordamida qayta ishlashga ham xizmat qiladi” (G‘ulomov, 2018). Ushbu yondashuv, ayniqsa, o‘zbek tilining formal grammatikasini yaratish, sintaktik strukturalarni tizimlashtirish, va sun’iy intellekt tizimlariga tilni integratsiyalash kabi sohalarda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi [2]. Kompyuter lingvistika – bu til va nutqni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, tushunish va yaratish bilan shug‘ullanuvchi fan sohasidir. U matematik lingvistika, informatika va tilshunoslikning tutash nuqtasida paydo bo‘lgan va tez rivojlanayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Bundan tashqari, kompyuter tilshunosligi korpus tilshunosligi uchun vositalarni yaratadi. Masalan, korpus tilshunoslari korpusda so‘zlarni avtomatik tarzda belgilash uchun maxsus vositalarga muhtoj. Agar yuz milliondan ortiq foydalanadigan matn birligi mavjud bo‘lib, har bir so‘z uchun nutqning bir qismini belgilash kerak bo‘lsa, bu jarayonni to‘laligicha qo‘lda amalga oshirib bo‘lmaydi, shu bois tizimli dasturiy ta’minot talab qilinadi. Unga ko‘ra so‘zlarni tasnifiy belgilariga ko‘ra belgilash avtomatik ravishda amalga oshiriladi [1]. 1. Tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP): matn yoki nutqni kompyuter orqali tahlil qilish va unga javob yaratish. 2. Mashinali tarjima tizimlari (Google Translate, DeepL): ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasida avtomatik tarjima qilish. 3. Nutqni tanish va sintez qilish: ovoz orqali berilgan matnni yozuvga aylantirish yoki aksincha. 4. Matnni tahlil qilish va avtomatik tushunish: matndan asosiy fikr, mavzu, yoki hissiy ohangni aniqlash. 5. Chat-bot va sun’iy suhbatdoshlar (masalan, Siri, ChatGPT): inson bilan tabiiy tilda muloqot qila oladigan algoritmlar [3]. Azamat Rahimovning "Kompyuter lingvistikasi asoslari" asari (2011) — o‘zbek tilida kompyuter lingvistikasining nazariy asoslarini yoritgan ilk muhim qo‘llanmalardan biridir. Ushbu asarda tabiiy tilni qayta ishlash, til modellari, sintaktik va semantik tahlil ko‘rib chiqiladi. Asar, ayniqsa, kompyuter texnologiyalarining lingvistik tadqiqotlarga qo‘shgan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda matematik va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda matematik va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
algoritmik yondashuv., matematik lingvistika, zamonaviy tilshunoslik, sun’iy intellekt, kompyuter lingvistikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники