Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEKISTONDA QUYOSH PANELLARI: YASHIL ENERGETIKAGA O`TISH ISTIQBOLLARI
M.A. Zarifboyeva · D.O. Xudoyberganov · O.B. Xajibayev · V.M. Yakubov · M.X. Tozaboyeva · I. Kirish
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan. Kalit so`zlar: quyosh panellari, yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya, subsidiya, davlat siyosati, ekologik xavfsizlik, energiya siyosati, O‘zbekistonda energetika. I. Kirish Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillar davomida to‘plangan energiyadan foydalanib kelmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari undan maksimal darajada samaradorlik olish maqsadida takomillashib kelmoqda. Energiya insoniyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, inson o‘zining evolutsion rivojlanishining boshida faqat o‘z tanasi mushaklarining energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa olov energiyasini olishni va undan foydalanishni o‘rgandi. Insoniyat jamiyati evolutsion rivojlanishining navbatdagi bosqichi shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada suv va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, yelkanli kemalar paydo bo‘ldi. XVIII asrda o‘tin yoki ko‘mirni yoqish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi bug‘ mashinasi ixtiro qilindi. Elektromotor, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bo‘ldi. Ya’ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalar, yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish, bir turdan boshqa turga o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqildi. Shunday qilib bizni o‘rab turgan dunyo turli ko‘rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir [1]. Bugungi kunda energiyaga bo‘lgan global talabning ortib borishi, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar insoniyatni muqobil, barqaror energiya manbalarini izlashga undamoqda. An’anaviy yoqilg‘i resurslari – neft, gaz va ko‘mir zaxiralari tobora kamayib borayotgan bir paytda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh energiyasi, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Quyosh energiyasi ekologik toza, cheksiz va iqtisodiy jihatdan foydali manba hisoblanadi. 1 58 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston hududi quyosh energiyasidan foydalanish uchun tabiiy jihatdan juda qulay hisoblanadi. Respublikamizda yiliga o‘rtacha 2700–3000 soat quyoshli kunlar qayd etiladi, bu esa Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish O‘zbekiston energetika strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 2030-yilgacha mamlakatda quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasining ulushini 25 % ga yetkazish rejalashtirilgan. So‘nggi yillarda quyosh panellari texnologiyasi yurtimizda jadal rivojlanmoqda. Davlat tomonidan bu sohani rivojlantirish uchun keng ko‘lamli dasturlar ishlab chiqilgan. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham yashil energiya tarmoqlarini kengaytirish, xususan quyosh panellari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish ko‘lami oshirilishi belgilangan. Shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonda yashil energetika va energiya samaradorligini rivojlantirishga doir qator tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda . Bularning barchasi mamlakatimizning barqaror va toza energiya tizimiga o‘tish yo‘lidagi ishonchli qadami bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada aynan O‘zbekistonda quyosh panellari texnologiyasining hozirgi holati, davlat siyosati, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi[2]. II. Quyosh panellari taraqqiyoti: tarixiy bosqichlar va muhim yutuqlar. Maʼlumotlarga qaraganda, quyosh batareyalari, yaʼni yorugʻlikni elektrga aylantirish dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etilgan. 1883- yilda amerikalik ixtirochi Charlz Fritts oftob nurini elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif qildi. Selen asos boʻlgan qurilmaning usti oʻta yupqa oltin bilan qoplandi. 1984-yilda dunyoda dastlabki quyosh batareyasi Nyu-Yorkdagi binolardan birining tomiga oʻrnatildi. 1948-yilga kelib “Bell Laboratories” firmasi tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga moʻljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani eʼlon qilindi. 10 yildan soʻng, yaʼni 1958- yil 17-martda AQSHda quyosh panellaridan foydalanadigan sunʼiy yoʻldosh — “Vanguard I” fazoga koʻtarildi. 1958-yil 15-mayda sobiq ittifoq ham shunday qurilmalar bilan ishlaydigan “Sputnik-3” sunʼiy yoʻldoshini uch
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik xavfsizlik, energiya siyosati, O‘zbekistonda energetika., yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya, davlat siyosati, subsidiya, quyosh panellari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014