Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
TIL VA SUN’IY INTELLEKT: YANGI UFQLAR
Ibotova Feruza Anvarovna · Umarov Bobir Norboyevich
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy intellekt (SI) kiradi. Ayniqsa, tilshunoslik sohasida sun’iy intellektning o‘rni tez o‘sib bormoqda, bu esa ilmiy tahlil, tarjima, matnni avtomatik qayta ishlash va tilni o‘rganish jarayonlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. SI yordamida tilshunoslar endi tahlil jarayonlarini tezlashtirishi, murakkab matnlarni tahlil qilishda avtomatlashtirishni amalga oshirishi va til o‘rganishni interaktiv va samarali qilishda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Shu bilan birga, AI texnologiyalarining tilshunoslikka kiritilishi faqat foyda emas, balki, bir qator katta-kichik muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu maqolada sun’iy intellektning tilshunoslik sohasiga ta’siri va uning amaliy jihatlari, afzalliklari, shuningdek, yuzaga kelgan muammolar tahlil qilinadi. Mashina tarjimasi, nutqni tanish, chatbotlar kabi AI asoslangan ilovalar va ularning tilshunoslikda qanday qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Maqola, shuningdek, tilshunoslik va AI o‘rtasidagi integratsiyaning kelajagi, imkoniyatlari va cheklovlari haqida fikr yuritadi. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, mashinaviy tarjima, tabiiy tilni qayta ishlash, chatbot, Grammarly, Dualingo. Avvallari tilshunoslar so‘zlardagi qoidalarni va grammatikani qo‘lda tahlil qilib, har bir kichik detalni o‘rganish uchun ko‘p vaqt sarflar edi. Hozir esa SI yaratayotgan qulayliklardan foydalangan holda bir necha daqiqalarda jarayonni amalga oshirish mumkin. Mashinalar tilni avtomatik tarzda tahlil qilib, kerakli natijalarga osonroq erishish imkoniyatini yaratadi. Biroq, bu degani, mashinalar tilni odamlardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi deganimi? Yo‘q, bunday ma’noni anglatmaydi. Sababi, tilshunoslik faqat grammatik qoidalar va lug‘atlardan iborat emas. Bu soha, aslida, til orqali insonlarning his- tuyg‘ularini, madaniyatini va o‘zaro aloqalarini tushunishga ham qaratilgan. AI bu ~ 99 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman jarayonlarda juda samarali, masalan, tilni tahlil qilishda tezlikni oshiradi, lekin ba’zi narsalarni faqat insonlar to‘g‘ri anglay olishadi. Bu maqolada sun’iy intellekt va tilshunoslikning bir-biriga qanday integratsiya qilinishi, ularning bir-birini qanday to‘ldirishi va kelajakda tilni tushunishdagi qanday o‘zgarishlarga olib kelishi haqida fikr yuritiladi. Tabiiy tilni qayta ishlash (inglizchasiga Natural Language Processing – NLP) bu mashinalarning inson tilini tushunishi, tahlil qilishi va unga javob qaytarishini o‘rganuvchi soha. NLP yordamida kompyuterlar biz yozgan yoki aytgan so‘zlarni matnga aylantiradi, tahlil qiladi, xatolarni topadi yoki tarjima qiladi. Masalan, Google Translate, Siri yoki Yandex ovozli yordamchilari aynan NLP texnologiyasi asosida ishlaydi. Tilshunoslikda bu texnologiya juda katta foyda keltiradi. Matn tahlili, grammatik qurilmalarni aniqlash, sintaktik va semantik munosabatlarni tahlil qilish NLP yordamida tezroq va aniqroq bajariladi. Statistikaga ko‘ra, NLP bozorining hajmi 2025-yilda 39 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu esa ushbu texnologiyaga qiziqish va talab tobora ortayotganini anglatadi [1]. Shuni ta’kidlash kerakki, AI faqatgina ilmiy ishlar, tahlillarda emas, kundalik hayotimizda nafaqat talabalarga, balki o‘qituvchilarga til o‘rganishda, o‘quv jarayonida ham juda qo‘l kelmoqda. Bir qancha platformalar, masalan, Canva, Edubve, Miro, Grammarly kabilar o‘qituvchilarga dars jarayonini qiziqarli va samarali qilishda eng katta yordamchi desak ham bo‘ladi. Bu dasturlar orqali prezentatsiya, video, hujjat, diagramma, matn, topshiriqlar yaratish va o‘quvchilar bajargan topshiriq, insholarni tekshirish, xatolarini aniqlash va ularni tuzatish uchun qo‘llanmalar berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi, chet tillaridagi matnlarni tahrirlash uchun bir nechta samarali onlayn resurslar mavjud. Shunday resurslardan biri — Grammarly bo‘lib, u grammatika, imlo, tinish belgilar, yozuv uslubi va gap tuzilmasidagi 150 dan ortiq xatoni aniqlab, tuzatish imkoniyatini beradi. Xatoliklar aniqlangan taqdirda, Grammarly ularni to‘g‘rilash bo‘yicha tavsiyalar beradi va bir nechta variantlarni taklif qiladi. Ushbu servis bilan ishlash talabalarni o‘z matnlarini tahlil qilishga o‘rgatadi hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ularga kelajakda kurs ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar, annotatsiyalar va boshqa yozma ishlarni yozishda asqotadi. Ta’limiy platforma Duolingo 30 dan ortiq tilni o‘rganish bo‘yicha kurslarni taklif etadi. Duolingo BirdBrain sun’iy intellekt vositasi har bir foydalanuvchining profilini o‘rganib, uning o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha prognozlar beradi va shu orqali individual yondashuvni ta’minlaydi. Tizim foydalanuvchi qaysi topshiriqlarda ~ 100 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman qiynal
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy intellekt (SI) kiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy intellekt (SI) kiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Grammarly, chatbot, Dualingo., tabiiy tilni qayta ishlash, mashinaviy tarjima, Sun’iy intellekt
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021