К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASIGA CHET TILLARDAN KIRIB KELAYOTGAN BA’ZI TERMIN VA NEOLOGIZMLAR TASNIFI

Ibadullayeva Mumtozbegim Islom qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada hozirda va o‘tgan asrdagi turli yangi sohalar xususan iqtisod,fan,texnika rivoji tufayli o‘zbek tili leksikologiyasiga kirib kelgan va iste’molda ishlatilayotgan ba’zi yangi terminlar va neologizmlar tahlili keltiriladi. Shuningdek,ushbu maqola neologizmlar va o‘zlashma so‘zlar, termin tushunchalari izoh va misollar bilan ifodalanib o‘zbek tili leksikologiyasiga boshqa tilar ta’sirini ham o‘rganishga bag‘ishlangan. Kalit so‘z va iboralar: Termin, neologizm, o‘zlashma so‘zlar, so‘zlar o‘zlashuvi, terminologiya, neologiya,o‘zbek leksiklogiyasi,baynalminal so‘zlar. Fan va texnologiya va jamiyatdagi turli sohalar zamonaviy dunyoda rivojlanib bormoqda.Shu bilan birgalikda dunyodagi millatlararo,davlatlararo aloqalarining kengayishi turli tillar o‘rtasidagi o‘zaro so‘zlar almashinuvi va tillarning leksik jihatdan neologizm va yangi o‘zlashma so‘zlar bilan boyishiga xizmat qilmoqda.Ayniqsa,XX asr 90-yillaridan so‘ng dunyoda texnika, fan va iqtisod sohalariga oid baynalminal so‘zlarning global darajada yoyilishi tillar o‘rtasida yangi so‘zlarning o‘zlashuviga turtki bo‘ldi. O‘zlashma so‘zlar tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan va kundalik hayotda ham faol ishlatilinadigan so‘zlar hisoblanadi. Masalan;Kompyuter, fayl, prezident. Neologizmlar( grekcha neos-yangi,logos-so‘z) esa tilga chetdan o‘zlashgan bo‘lgan yangi so‘zlar bo‘lib, yangi narsa va hodisani ifodalashda,fikrni aniqroq yetkazishda ishlatiladi. Masalan ; Radar, plagiat,miting,brifing Neologizmlar va o‘zlashma so‘zlar bir biridan farq qladi.Ya’ni o‘zlashma so‘zlar tilimizga singib ketgan lug‘atlardan joy olgan so‘zlar bo‘lsa neologizmlar esa hali keng yoyilmagan va vaqt o‘tishi bilan o‘zlashma so‘zlarga aylana oladigan so‘zlardir.Neologizmlarni o‘rganish bilan Neologiya fani shug‘ullanadi. Temin (lotincha terminus -chegara,chek,chegara belgisi) -ishlatilish sohasi ma’lum fan yoki soha bilan chegaralangan va fan yoki sohaga oid tushunchani ifodalaydign so‘z yoki so‘z birikmasdir.Terminologiya fani esa terminlarni o‘rganish,terminlar muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadigan fandir. ~ 96 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Masalan; Pedagog- (yun.— παιδαγωγός bolayetaklovchi) pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs. Aksioner- aksionerlik jamiyatining aksiyalariga egalik qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Assotsiatsiya - to'planma, uyushma; biron maqsadga erishish uchun (xo'jahk, siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. O‘zbek tili lug‘at tarkibida ham arab,tojik,fors tillaridan ko‘pgina so‘zlar o‘zlashgan bo‘lib,bu hodisa o‘zbek tiliga Rossiya mustamlakasi ta’sirida yanada jadallashdi.Rus tili orqali o‘zbek tiliga lotincha,grekcha,fransuscha,nemischa so‘zlar va terminlar ham kirib keldi va hozirda faol tilimizda ishlatilmoqda. Masalan: Arab tilidan; “aladabu” (ب دلاا) adabiyot, “muallimun” (ملعم) muallim, “kursiyyun” (يسرك) kursi, Fors tilidan; Abzal-(fors. – asbob, ish quroli), Andaza (fors. – oʻlchov, qolip) – namuna, nusxa, Abgor [f. راگفا – yaralangan, majruh; toliqqan] Nochor holatli Rus tili orqali Grek tilidan; logogramma (logos-so‘z,gramma-yozuv belgisi),termografiya (therme-issiq va grapho-yozaman),paragraf (paragraphos-yonidan yozman) Lotin tildan; referat (refero-xabar beraman),seriya (series-qator),kodeks (codex-kitob). Fransus tilidan; tiraj (tirage-nusxalash,bosish),buklet (bouclette-bejirim uzuk,halqa),jurnal (journal-gazeta kundalik). Xulosa qilib aytganda o‘zlashma so‘z va neologizmlar tillar boyishida katta ahamiyat kasb etadi va ilm-fan,turli ijtimoiy maishiy sohalar rivojlangani sari yangilanib ko‘payib boraveradi.Shunday ekan yangi neologizmlarni o‘rganish,tahlil qilish so‘zlar qo‘llashda va lug‘at tarkibini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.”Tilshunoslik asoslari”I.Yo‘ldoshev,R.Majidova,S.Muhamedova,O‘.Sharipova 2.”Tilshunoslik asoslari” I.Yo‘ldoshev,O‘.Sharipova T-2007 3.”Tilshunoslikka kirish”M.T.Irisqulov.T-2009 4.O‘zbek tilining izohli lug‘ati.Birinchi jild T-2006 5. Rahmatullayeva, Y. (2024, June 4). Arab tilidan o'zbek tilga o'zlashgan ayrim so'zlar haqida. https://doi.org/10.5281/zenodo.11467542 6.https://www.researchgate.net/publication/363799103_O%27zbek_tiliga_xoriji y_tillardan_kirib_kelgan_iqtisodiy_va_biznes_sohadagi_neologizmlar?enrichId=rgre ~ 97 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman q-f5cf1bfbf0c6b4b8959f6f8841bd32f3- XXX&enrichSource=Y292ZXJQYWdlOzM2Mzc5OTEwMztBUzoxMTQzMTI4MT A4NTk2Nzg4NkAxNjYzOTk0NDM0ODcz&el=1_x_3&_esc=publicationCoverPdf 7.”Iqtisodiy atamalarning izohli lug‘ati” Toshkent-2019 8.”Tilshunoslik nazariyasiga kirish”A.A.Abduazizov T-2010 9.D.M.Kholikova. The notion of internationalisms and interlingua // Образование и наука в ХХI веке. – Россия, 2021. - S. 1194-1198. ~ 98 ~

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirda va o‘tgan asrdagi turli yangi sohalar xususan iqtisod,fan,texnika rivoji tufayli o‘zbek tili leksikologiyasiga kirib kelgan va iste’molda ishlatilayotgan ba’zi yangi terminlar va neologizmlar ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirda va o‘tgan asrdagi turli yangi sohalar xususan iqtisod,fan,texnika rivoji tufayli o‘zbek tili leksikologiyasiga kirib kelgan va iste’molda ishlatilayotgan ba’zi yangi terminlar va neologizmlar ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neologizm, baynalminal so‘zlar., terminologiya, o‘zbek leksiklogiyasi, so‘zlar o‘zlashuvi, neologiya, Termin, o‘zlashma so‘zlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники