Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
SUN’IY INTELEKT VA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH: TIL VA INSON MIYASINING O‘ZARO ALOQASI
MIYASINING O‘ZARO ALOQASI · Hotamova Dilnura O‘tkir qizi · Ilmiy rahbar: O.K. Xakimbayeva
Interpretation and researches · 1950
Аннотация
Mazkur maqolada sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) sohalarining inson miyasi va til faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq qilinadi. Tilni tushunish va ishlab chiqish borasida SI va inson miyasi qanday ishlaydi? Ular bir-biriga nechog‘li o‘xshash yoki farqli tomonlari keng yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: NLP, broka zonasi, SI, Vernike zonasi, TTQI, Alan Turning, semantic bog‘lanish, RNN, fonologik bog‘lanish, kognitiv lingvistika, psixolingvistika, embedding texnologiyasi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) ijtimoiy hayotimizning turli jabhalarida, xususan, tilni tushunish va ishlab chiqishda muhim o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, til bilan bog‘liq texnologiyalar – ovozli yordamchilar, tarjimon dasturlar, chatbotlar – kundalik muloqotimizga ta’sir qilmoqda. Bularning barchasi tabiiy tilni qayta ishlash NLP4 nomi bilan mashhur soha orqali amalga oshiriladi. Tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) — bu sun’iy intellektning inson tilini o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan sohasi bo‘lib, hozirgi kunda mashhur GPT, BERT kabi modellar bilan bog‘liq. Dastlab, TTQI ning tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, ilk bor Alan Turing5 1950-yilda mashhur maqolasi “Computing Machinery and Intelligence”da kompyuterlar inson kabi fikrlay oladimi, degan savolni o‘rtaga qo‘ydi va Turing testini taklif etdi. Bu testning maqsadi — mashina inson darajasida til va mantiqiy muloqot qila oladimi, degan savolga javob topish edi. TTQI tizimlarining qanday ishlashi inson miyasi tomonidan til qanday qayta ishlanishi bilan bevosita bog‘liq. TTQI modellarining inson miyasi faoliyatiga o‘xshashligi, neyropsixologik va kognitiv jihatlari bilan bo‘g‘liq. Inson miyasida til bilan bog‘liq asosiy ikki hudud mavjud: Broka zonasi (so‘z ishlab chiqarish uchun mas’ul) va Vernike zonasi (so‘z ma’nosini tushunish uchun javobgar). Ushbu 4 Natural Language Processing 5 Alan Turing (1912–1954) — ingliz matematigi, mantiqshunos, kriptograf va zamonaviy kompyuter fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning ilmiy ishlari sun’iy intellekt, algoritmlar va kompyuterlar rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. ~ 93 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hududlar miya po‘stining chap yarim shari sohalarida joylashgan bo‘lib, ular orqali so‘zlashuv, eshitish, tushunish va yozuv jarayonlari amalga oshadi. Miya tilni qayta ishlashda murakkab tarmoqlar orqali ishlaydi — bu semantik, sintaktik va fonologik bog‘lanishlarning faol o‘zaro ta’siridir. Sun'iy intellekt (SI), tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) va inson miyasi o‘rtasidagi munosabat biryoqlama emas, balki o‘zaro ta’sirga asoslangan. Bir tomondan, SI va TTQI sohalaridagi taraqqiyot inson tafakkuri va tilni qayta ishlash mexanizmlari haqidagi bilimlarga tayangan. Inson miyasining neyron faoliyatidan ilhomlangan texnikalar inson tilini anglashga urinuvchi murakkab algoritmlarning yaratilishiga olib keldi. Masalan, qayta aloqa neyron tarmoqlari (RNN6) va transformer arxitekturalari inson miyasidagi neyron yo‘llarini eslatadi va bu tizimlarga tilda ketma-ketlikka asoslangan ishlov berish imkonini beradi — xuddi inson miyasi kabi. Inson miyasi va TTQI tizimlarining o‘xshashliklari. Semantik tarmoqlar: Inson miyasi singari, MIT tadqiqotchisi Jean-Philippe Bernard7 o‘z tadqiqotida quyidagicha yozadi: “Transformers singari sun’iy modellar tilni qayta ishlashda inson miyasining prefrontal korteksidagi faoliyatga o‘xshash tarzda ishlaydi. Ular ham ma’lumotni kontekstda saqlaydi, vaqtinchalik xotira bilan ishlaydi va ehtimollik asosida keyingi so‘zni taxmin qiladi”. Bu esa sun’iy modellar va inson miyasining arxitekturaviy jihatdan o‘xshashligini isbotlaydi. TTQI modellarida ham so‘zlar va ularning ma’nolari o‘zaro tarmoqlarda bog‘langan. Bunda “embedding” texnologiyasi ishlatiladi, ya’ni har bir so‘z raqamli vektorga aylantiriladi va u o‘xshash ma’no bilan yaqin joylashadi. Kontekstga asoslangan tushunish: Inson tilni doimiy kontekstda tushunadi — aynan shunday imkoniyat GPT, BERT kabi modellar orqali sun’iy tizimlarga ham joriy etilgan. Prognozlash (bashorat): Inson miyasi gapning keyingi qismini taxmin qila oladi; TTQI modellarida ham “next-word prediction” mavjud bo‘lib, bu jarayon bilan bog‘liqdir. Neyron tarmoqlarning strukturalariga o‘xshashlik: Sun’iy neyron tarmoqlari biologik neyronlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil bo‘lmasa-da, ular orasida ma’lumot uzatish, faollashuv va qatlamli tahlil jihatlari o‘xshash. Farqlari va cheklovlar. Sun’iy intellekt (SI) va tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) sohalaridagi davom etayotgan taraqqiyotlar inson tilini qayta ishlash mexanizmlarini tushunishga yordam beradi. Sun’iy intellekt tizimlari inson tilini faqat grammatik darajada emas, balki ma’no darajasida ham tushunishi lozim. Christopher Man8ning bu borada shunday deydi: “Tilni to‘g‘ri ishlov berish — bu kontekst asosida mantiqiy bog‘lanishlarni anglash va shunga mos javob shakllantirishdir. 6 Recurre
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) sohalarining inson miyasi va til faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) sohalarining inson miyasi va til faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- embedding texnologiyasi., semantic bog‘lanish, broka zonasi, SI, TTQI, Alan Turning, psixolingvistika, RNN, NLP, fonologik bog‘lanish, kognitiv lingvistika, Vernike zonasi
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021